Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga qarab



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga qarab
xarajatlar ikki guruhga 
bо‘linadi: ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan va noishlab chiqarishdagi 
xarajatlar. 
Korxonaning ishlab chiqarish jarayonidagi xarajatlariga tovar mashulotini 
ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bо‘lgan barcha xarajatlari kiradi va tayyor 
mashulotlarning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi. 
Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarga mashulotlarni sotish xarajatlari 
kiradi. Masalan, mashulotlarni ortish, jо‘natish, tushirish, joylash, saqlash transport 
xarajatlari, tabiiy kamayish me’yorlari doirasida mashulotlarning yо‘lda kam 
kelishi va sotish bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa xarajatlar. 
Mashulot tannarxini hosil qilishdagi xarateriga qarab
xarajatlar unumli 
xarajatlarga va unumsiz xarajatlarga bо‘linadi. 
Sodir bо‘lish joyiga qarab
ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi guruhlarga 
bо‘linadi: 
1.
Tsex xarajatlari 
2.
Bо‘linma xarajatlari 


358 
3.
Uchastka xarajatlari 
4.
Brigada xarajatlari 
Taqvim davriga tegishligiga qarab 
ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi 
guruhlarga bо‘linadi: 
1.
 
Joriy davr xarajatlari, 
2.
 
Kelgusi davr xarajatlari, 
3.
 
Zahiralar.
 
Xarajatlar tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq xо‘jalik subyektlarini boshqarish va 
xizmat kо‘rsatish xarajatlari “Davr xarajatlari” schyotida yuritiladi. Nizomga 
muvofiq bu xarajatlar hisobot davri oxirida moliyaviy natijalar hisobidan 
qoplanadi. 
 
 
7. ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA SINTETIK VA ANALITIK 
HISOBNI TASHKIL ETISH
Ishlab chiqarish xarajatlarini joriy hisobini olib borish uchun quyidagi sintetik 
schyotlardan foydalaniladi: “Asosiy ishlab chiqarish”, “Yordamchi ishlab 
chiqarish”, “Boshqa ishlab chiqarishlar”, “Umumishlab chiqarish sarflari”. 
“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti kalkulyatsion schyot bо‘lib, uning debet 
tomonida ishlab chiqarish maqsadlari uchun sarflangan xarajatlar haqiqiy 
baholarda, kredit tomonida esa ishlab chiqarishdan chiqarib yuborilgan tayyor 
mashulotlar ishlab chiqarish haqiqiy tannarxlari aks ettiriladi. Hisobod oy 
davomida tо‘g‘ri xarajatlar, ularni ishlab chiqarishga berish haqidagi dastlabki 
hujjatlarga asosan “Asosiy ishlab chiqarish” schyotining debetida quyidagi 
buxgalteriya pravodkalari asosida yozib boriladi: 
Dt – “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib schyotlar” 
Kt - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”. 
Kt – “Xodimlar bilan mehnatga haq tо‘lash bо‘yicha hisoblashishlarni 
hisobga oluvchi schyotlar”. 
Kt – “Ijtimoiy sug‘urta bо‘yicha tо‘lovlar”. 


359 
Sanoat ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlarda elektr energiyasi
par, issiq va sovuq suv yetkazib beradigan yordamchi tsexlar tashkil qilinadi. Bu 
tsexlar yordamchi ishlab chiqarish bо‘lib korxonaning asosiy faoliyatini elektr 
energiyasi, issiq va sovuq suv bilan ta’minlab turadi. Yordamchi ishlab chiqarish 
asosiy ishlab chiqarishni bir me’yorlarda ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi. 
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari oy davomida “Yordamchi ishlab chiqarish” 
schyotida hisobga olinadi. Uning debet tomonida sarflangan xarajatlar haqiqiy 
baholarda quyidagi buxgalteriya pravodkalari bilan rasmiylashtiriladi: 
Dt – 2310 - “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti 
Kt – 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”. 
Kt – 6700 - “Xodimlar bilan mehnatga haq tо‘lash bо‘yicha 
hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”. 
Kt – 6510 - “Sug‘urta bо‘yicha tо‘lovlar”. 
Kt – 2300 - “Yordamchi ishlab chiqarish”. 
Kt – 0200 - “Asosiy vositalarni eskirishi hisobga olinadigan schyotlar” 
Kt - “Umumishlab chiqarish xarajatlari”. 
Yordamchi ishlab chiqarish schyotihing kredit tomonida yordamchi ishlab 
chiqarish Tsexlarida bajarilgan ishlarning, xizmatlarning yoki ishlab chiqarilgan 
mashulotlarning haqiqiy tannarxlari aks ettiriladi. Oyning oxirida yordamchi ishlab 
chiqarish xо‘jaligi tomonidan bajarilgan ishlar, xizmatlar yoki ishlab chiqarilgan 
mashulotlar tayyor mashulotlar tannarxiga qо‘shib yuboriladi. Buning uchun 
yordamchi ishlab chiqarish xо‘jaligi xizmatlarini taqsimlash hisobi tuziladi. Shu 
hisobga binoan: 
Dt – 2000 - “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib boruvchi 
schyotlar” - alohida mashulot turlari bо‘yicha 
Kt – 2300 - “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti pravodkasi tuziladi. 
Ishlab chiqarishga xizmat qilish va boshqarish xarajatlarini hisobga olish 
uchun “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyotidan foydalaniladi. Bu schyot 
mazmun jihatidan tranzit schyot bо‘lib, hisobot davri davomida sarflarni vaqtincha 
hisobga olish uchun ishlatiladi va hisobot davrining oxiriga “Moliyaviy natijalar” 


360 
hisobotida aks ettiriladigan qoldig‘i bо‘lmaydi. Umumishlab chiqarish sarflari 
quyidagi pravodkalar bilan rasmiylashtiriladi: 
Dt - 2500 - “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti 
Kt - 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”. 
Kt - 6710 - “Xodimlar bilan mehnatga haq tо‘lash bо‘yicha 
hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”. 
Kt - 6510 - “Sug‘urta bо‘yicha tо‘lovlar”. 
Kt - 3100 - “Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar” 
Kt - 0200 - “Asosiy vositalarni eskirishi hisobga olinadigan schyotlar” 
Hisobot oyi tugagandan keyin umumishlab chiqarish sarflari tayyor 
mashulotlar tannarxiga qо‘shiladi. Buning uchun umumishlab chiqarish sarflarini 
tayyor mashulotlarning alohida turlari orasida taqsimlash hisobi tuziladi. Shu 
hisobga binoan: 
Dt - 2000 - “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib boruvchi 
schyotlar” 
Kt - 2510 - “Umum ishlab chiqarish xarajatlari” schyoti pravodkasi tuziladi. 
Mashulot tannarxini kalkulyatsiya qilish maqsadida ishlab chiqarish 
xarajatlari mashulot turlari, buyurtmalar, tsexlar va ishlab chiqarish bо‘linmalari 
hamda kalkulyatsiya moddalari bо‘yicha guruhlanadi. Xarajatlarni bunday 
umumlashtirish ishlab chiqarish xarajatlarining yig‘ma hisobi deb ataladi. 
Mashulotning haqiqiy tannarxini aniqlashda yig‘ma hisobni korxonadagi ishlab 
chiqarishning xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil qilish muhim ahamiyatga 
ega. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin