9. SOTISH JARAYONINING HISOBI.
Mashulot ishlab chiqarish texnollogiyasida nazarda tutilgan barcha ishlov
operatsiyalaridan о‘tgan, tasdiqlangan standart va texnikaviy shartlarning
talablariga javob beradigan hamda texnik nazorat bо‘limi yoki byurtmachilar
tomonidan qabul qilingan mashulotlarga tayyor mashulotlar deb aytiladi.
363
Mashulot, ishlar va xizmatlarni sotish korxonalarning faoliyatiga baho
beruvchi eng muhim kо‘rsatkichlarning biri bо‘lib hisoblanadi. Mavjud qoidalarga
binoan mashulotlarni sotish ularni yetkazib berish topshiriqlari va majburiyatlarini
bajarish bо‘yicha asosiy kо‘rsatkich bо‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham
mashulot sotish kо‘rsatkichi sotilgan mashulotning miqdorini, sifatini, shuningdek,
haridorlar bilan tuzilgan shartnomalarni assortimenti va jо‘natish muddatlari
bо‘yicha reja bajarilishini tavsiflashi lozim. Mashulotning sotilishi uning qiymati
va sifati kabi belgilariga kо‘ra iste’molchilarining talablariga javob berganligidan
dalolat beradi. Mashulotning sifati qanchalik yaxshi bо‘lsa, u bozorda tez
raqobatga kiradi va sotiladi hamda pirovardida xо‘jalik subyektlari kо‘zlangan
maqsadga yeta oladi.
Sotish jarayonining buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilar
bо‘lib hisoblanadi:
1.
Marketing va moliya-reja bо‘limlari bilan hamkorlikda hisobot davri
uchun korxonaning mashulot sotish rejasini tayyorlash.
2.
Xaridorlar bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki birjalar orqali mashulotlarni
yetkazib berish bо‘yicha tuzilgan shartnomalarni tо‘g‘riligini va
bajarilishini nazorat qilish.
3.
Xaridorlarga yuklab jо‘natilgan mashulotlarni о‘z vaqtida hujjatlashtirish.
4.
Mashulotlarni sotish bilan bog‘liq bо‘lgan haqiqiy xarajatlarni о‘z
vaqtida va aniq hujjatlashtirish.
5.
Sotilayotgan mashulotlarni haqiqiy tannarxlarini aniq topish.
6.
Mashulotlarni sotishdan kelib tushadigan pul mablag‘lari ustidan operativ
nazorat о‘rnatish.
7.
Sotishni hisobini tashkil qilish.
8.
Sotilgan mashulotlar haqiqiy tannarxini topish.
9.
Sotish natijalarini aniqlash.
Mashulotning sotilishi xо‘jalik subyekti mablag‘larining aylanishining
yakunlovchi jarayondir. Bu jarayon xо‘jalik subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan
mashulotning halq xо‘jaligi iste’molida о‘z о‘rnini topganligini anglatadi. Hozirgi
364
paytda xо‘jalik subyekti ishini baholashda mashulotning sotilishi asosiy
kо‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Korxonada tayyorlangan mashulotlarning sotilishiga qarab ularning
rivojlanish imkoniyatlariga baho berish tamoyili xо‘jalik subyekti rahbarlarini
mashulot sotish va moliyaviy faoliyat masalalariga kо‘proq e’tibor berishga
chaqiradi. Shuningdek, xо‘jalik subyektning bir maromda ishlashiga va yuqori
sifatli mashulot ishlab chiqarishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Bular esa о‘z navbatida
korxonadagi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirishga imkon
beradi.
Tayyor mashulotlarni xaridorlarga yetkazib berish ya’ni sotish jarayonida bir
qancha xarajatlar qilinadi. Bularga quyidagi xarajatlarni kiritish mumkin:
1.
Tayyor mashulotlarni omborlarda saqlash xarajatlari,
2.
Tayyor mashulotlarni idishlash xarajatlari,
3.
Tayyor mashulotlarni jо‘natish xarajatlari,
4.
Tayyor mashulotlarni omborlarda tabiiy kamayishi,
5.
Tayyor mashulotlarni tashish xarajatlari.
Tayyor mashulotning ishlab chiqarish tannarxiga sotish xarajatlarni qо‘shib
sotilgan mashulotlarning tо‘la tannarxi aniqlanadi. Tо‘la tannarx ishlab chiqarilgan
mashulotlar mulk egasiga qanchaga tо‘g‘ri kelishini bilishi uchun xizmat qiladi.
Sotish hajmi ko‘rsatkichi xo‘jalik subyektlarining faoliyatini tavsiflab
beruvchi “fokus” bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ham tayyor mashulotlar,
bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik
momilalarini buxgalteriya hisobida o’z vaqtida, to’g’ri aks ettirish sotish
natijalarini to’g’ri topishni va korxona daromadlari va foydasini to’g’ri
shakillanishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Tayyor mashulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotish bilan
bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalar qo’ydagi schyotlarda hisobga olinadi:
1.
2800 – “Tayyor mashulotlarni hisobga oluvchi schyotlar”.
2.
4000 – “Olinadigan schyotlar”
3.
5000 –“Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar”
365
4.
5100 – “Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi
schyotlar”
5.
6410 - “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar (turlari bo’yicha)”
6.
9000 – “Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi
schyotlar”
7.
9100 – “Sotilgan mashulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga
oluvchi schyotlar”
8.
9900 – “Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar”
9.
6400 - “Byudjet bilan hisob-kitoblar”
Tayyor mashulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bilan bog’liq
bo’lgan xo’jalik momilalari buxgalteriya hisobida qo’ydagi pravodkalar bilan
rasmiylashtiriladi:
1. Tayyor mashulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun
haridorlarga hisob - kitob hujjatlarini taqdim etganda, tayyor
mashulotlarning sotish bahosiga
D-t - 4000 -“Olinadigan schyotlar”
K-t – 9000 “Asosiy (operatsiyali) faoliyatdan olinadigan daromadlarni
hisobga oluvchi schyotlar”
2. Sotilgan mashulotlarning tannarxiga:
D-t - 9100 – “Sotilgan mashulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini
hisobga oluvchi schyotlar”
K-t – 2800 - “Tayyor mashulotlarni hisobga oluvchi schyotlar”
3. Tayyor mashulotlarni, tovarlarni sotishda, ishlarni bajarish va xizmatlarni
ko’rsatishda QQS va aktsiz summasi hisoblanganda
D-t – 4000 – “Olinadigan schyotlar”
K-t – 6400 - “Byudjet bilan hisob-kitoblar”
4. Tayyor mashulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun
haridorlargan hisob kitob schyotiga pul kelib tushganda:
D-t - 5000 -“Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar”
366
D-t - 5100 - “Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini hisobga
oluvchi schyotlar”
K-t - 4000 -“Olinadigan schyotlar
5. Hisobot davrining oxirida sotilgan tayyor mashulotlar, bajarilgan ishlar va
ko‘rsatilgan xizmatlar bo’yicha daromadni yakuniy moliyaviy natijaga olib
borilganda:
D-t - 9000 “Asosiy (operatsiyali) faoliyatdan olinadigan daromadlarni
hisobga oluvchi schyotlar”
K-t – 9900 “Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar”
6. Hisobot davrining oxirida sotilgan tayyor mashulotlar, bajarilgan ishlar va
ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxini yakuniy moliyaviy natijaga olib
borilganda
D-t - 9900 – “Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar”
K-t - 9100 – “Sotilgan mashulot (tovar, ish, xizmat)larning
tannarxini hisobga oluvchi schyotlar”
Mashulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar Mashulot (ishlar, xizmatlar)ni
ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomga muvofiq “Davr xarajatlari” schyotida
hisobga olinadi.
Yuklab jо‘natilgan mashulotlar uchun shartnomada kо‘rsatilgan baholarda haq
olinadi. Haridorlar tomonidan tо‘langan pul, mol yetkazib beruvchi korxonaning
hisob-kitob schyotiga kelib tushadi. Pulning hisob-kitob schyotiga kelib tushishi
mashulotning sotilganidan dalolat beradi. Agar haridorlar tomonidan pul
tо‘langanu, ammo tayyor mashulot ularga jо‘natilmagan bо‘lsa, bunda uning
qiymati sotilgan mashulotlar qiymati miqdoriga qо‘shilmaydi, ya’ni sotilgan deb
hisoblanmaydi.
Sotish jarayonining analitik hisobi “Сотилган маҳсeлот (товар, иsh,
хизмат)ларнинг таннархини ҳисобга олeвчи счётлар” schyotida aks ettirilgan
va sotilgan mashulotlar, tovarlar, ish va xizmatlar ichida ularning turi bо‘yicha
yuritiladi va sotilayotgan mashulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tarkibiy
367
tuzilishi, ya’ni ularning har birining umumiy sotish summasidagi rentabellik
darajasi va boshqa ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladi.
Xо‘jalik subyektlari ba’zi ishlarni maxsus buyurtmalar asosida bajarishlari
mumkin. Agar, bunday buyurtmalarga davlat tomonidan ulgurji narx
belgilanmagan bо‘lsa, u holda ular shartnomada kelishilgan narxda sotilаdи.
Bozor iqtisodiyotiga о‘tish bilan bevosita xо‘jalik aloqalari rivojlanib borgan
sari shartnoma narxlaridan foydalanish tobora kengayib boraveradi.
Dostları ilə paylaş: |