Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

Bevosita 
yoki 
mashulot 
tannarxiga 
tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri 
kiritiladiganxarajatlar
bir xil turdagi mashulotlarni ishlab chiqarishga tegishli 
bо‘lib, ularning moddiy asosini tashkil qiladi yoki tayyor holatga kelishini 
ta’minlaydi va ishlab chiqarilayotgan mashulotlarning tannarxlariga tо‘g‘ridan-
tо‘g‘ri kiritiladi. Bunday xarajatlarga, odatda, mashulot ishlab chiqarish uchun 
sarflangan moddiy qiymatliklar (xom-ashyo, asosiy materiallar, yordamchi 
materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar) va mehnat tо‘lovlariga 
tegishli bо‘lgan sarflar kiritiladi. Ular ishlab chiqarilayotgan mashulotlarning 
miqdoriga bog‘liq, shuning uchun ishlab chiqarish hajmlarining oshishi bunday 
xarajatlarni kо‘payishiga olib keladi. 
Bilvosita yoki egri xarajatlar. 
Bilvosita yoki egri xarajatlar
b
ir vaqtning 
о‘zida bir necha turdagi mashulotni ishlab chiqarishga tegishli. Ularni aniq 
mashulotning tannarxiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kiritib bо‘lmaydi. Bu 
xarajatlar 
hisobot davri (oyning) oxirida alohida mashulotlar tannarxiga korxonada qabul 


356 
qilingan taqsimlash bazasiga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlanib kiritiladi. 
Egri xarajatlarni mashulotlar tannarxiga belgilangan bazaga nisbatan mutanosib 
taqsimlab kiritish mashulotlar tannarxini har doim ham aniq hisoblash 
imkoniyatini bermaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisobini 
kal’kulyatsiya obyektlari bо‘yicha tashkillash lozim. 
Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish 
hajmiga nisbatan о‘zgaruvchan 
va о‘zgarmas xarajatlarga bо‘linadi. 
О‘zgaruvchan xarajatlar
- ishlab chiqarilayotgan mashulot miqdoriga 
bog‘liq bо‘lib, ularning kо‘payishi yoki kamayishi bunday xarajatlarni kо‘payishga 
yoki kamayishga olib keladi. Ularga xom ashyo, materiallar, texnollogik 
maqsadlarga sarflanadigan yoqilg‘i, elektr energiyasi, ishchilarning ish haqi, 
shuningdek, ulchov uskunalarni saqlash va ishlatish xarajatlari kiradi. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin