Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 QIYMATО‘LCHOVININGMOHIYATIVAAHAMIYATI



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
5. QIYMATО‘LCHOVININGMOHIYATIVAAHAMIYATI.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ishtirok etadigan va ishlatiladigan 
mablag`lari mehnat qurollaridan, mehnat buyumlaridan va jonli mehnat sarflaridan 
iborat bo’lib, ularning tashkil topish manbalari har xil ko`rinishga ega. Masalan,
Korxona xo`jalik faoliyatida ro`y beradigan xo`jalik jarayonlari natijasida mablag` 
va ular tashkil topish manbalari ham miqdor, ham hajm jihatdan o`zgarishi ham 
tabiiy holdir. Ularning buxgalteriya hisobini yuritish uchun yagona o`lchov birligi 
foydalanish zarur bo’ladi. Shuning uchun xo‘jalik mablag‘lari va ularning 
manbaalari tarkibida qanday o‘zgarishlar bo‘lganligini bilishdan oldin, amalga 
oshirilgan xo‘jalik muomalalarini uzluksiz kuzatishlar natijasida pul qiymatida 
o‘lchash zarur. Xo‘jalik operatsiyalarini pul birligida o‘lchash uchun buxgalteriya 
hisobini baholash va kalkulyatsiya uslubidan foydalaniladi. SHunday qilib, 
baholash – xo`jalik mablag`lari, majburiyatlar va xo`jalik jarayonlarini pul o`lchov 
birligida aks ettirish uslubi bo‘lib, uning yordamida tannarx, foyda, xarajatlar kabi 
iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Korxonani ish 
faoliyatini ko‘rsatkichlarni ishonchli bo‘lishini ta’minlashda xo‘jalik mablag‘larini 
bexato baholash muhim ahamiyat kasb etadi. Xo‘jalik mablag‘larini noto‘g‘ri 
baholash, xo‘jalik subyektlari ish faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni noto‘g‘ri 
shakllanishga olib keladi. 
Xо‘jalik mablag‘larini baholash, baholashning reallik va birlik 
tamoyillariga asoslanadi. 


351 
Baholashning reallik tamoyili sarf qilingan barcha xarajatlarni pul 
birligida aniq kо‘rsatishni talab qiladi. Reallik tamoyili korxonadagi barcha 
mavjud resurslar hajmi tо‘g‘risida hamda moliyaviy natijalar haqida aniq 
ma’lumotlar olish kerakligini bildiradi. Baholashning reallik tamoyili barcha 
natural va mehnat kо‘rsatkichlarini baholash yordamida pul birligidagi 
о‘lchovga о‘tkazishni taqoza etadi. 
Mashulot ishlab chiqarish maqsadlari uchun sarflanadigan moddiy 
xarajatlarni notо‘g‘ri baholash, mehnat qurollarini eskirishini qoplash uchun 
qilingan amartizatsiya ajratmalarni mashulot tannarxiga qо‘shishda xatoliklarga 
yо‘l qо‘yish, shuningdek bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun beriladigan 
mehnat haqi tо‘lovlarni notо‘g‘ri hisoblash xо‘jalik subyektlarining faoliyat 
natijalarini real aniqlash imkoniyatini cheklab qо‘yadi. 
Baholashning birlik prinsipi barcha xо‘jalik yurituvchi subyektlarda 
mablag‘larni baholashda bir xil usuldan foydalanish kerakligini bildiradi. Bu 
tamoyil barcha xо‘jalik yurituvchi subyektlarining balansidagi bir xil nomdagi 
mablag‘lar, bir xil usul bilan baholanishini bildiradi. “Buxgalteriya hisobi 
tо‘g‘risida”gi Qonun va buxgalteriya hisobining milliy andozalarida 
mablag‘larni baholashda hamma xо‘jalik subyektlari umumiy qoidaga amal 
qilishi kо‘rsatib о‘tilgan. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin