344
Sotib olingan materiallarni sotib olish haqiqiy tannarxlari bо‘yicha
umumiy
qiymati - 2350000 sо‘m.
3. Moddiy qiymatliklarni temir yо‘l bekatidan omborgacha 2504-
avtokalonaning transportida tashib keltirilgani transport tashkilotiga hisoblandi-
150.000 sо‘m.
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarx bahosi qiymati – 2500000 sо‘m.
Birinchi operatsiya yuzasidan quyidagicha buxgalteriya
yozuvlari amalga
oshiriladi:
A). Materiallarni sotib olish tannarxlaridagi umumiy qiymatiga,
Dt - “ Materiallarni xarid qilish va sotib olishni hisobga oladigan schyotlar” -
1550000 sо‘m.
Kt - “Moletkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-
kitoblar” - 1550000 cо‘m.
B). Moddiy qiymatliklarni mol yetkazib beruvchilar tomonidan tо‘langan
temir yо‘l xarajatlariga,
Dt- “ Materiallarni xarid qilish va sotiib olishni hisobga oladigan schyotlar” -
800000 sum.
Kt- “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” -
800000cо‘m.
V). Moddiy qiymatliklarni temir yо‘l bekatidan
omborgacha tashib keltirish
xarajatlariga,
Dt - “ Materiallarni xarid qilish va sotiib olishni hisobga oladigan schyotlar.” -
150000 sо‘m.
Kt - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” - 150000
cо‘m.
Materiallarni xarid qilish va sotib olishni hisobga oladigan schyotlarda ularni
haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Bir vaqtning о‘zida omborlarga qabul qilingan moddiy
qiymatliklarning haqiqiy tannarx bahosi qiymatiga quyidagi pravodka tuziladi:
Dt - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”- 2500000 sо‘m.
345
Kt - “ Materiallarni xarid qilish va sotib olishni hisobga oladigan schyotlar” –
2500000 sо‘m.
Analitik hisobida materiallarni tashib keltirish bilan bog‘liq bо‘lgan transport-
xarid xarajatlarini A va B mashulotlar orasida taqsimlab,
ularning har-birini
haqiqiy tannarxlari topiladi.
Materiallarni tashib keltirish uchun jami 950000 sо‘mlik transport-xarid
xarajatlari qilingan. Bu xarajatlarni sotib olingan materiallarning
miqdorlariga
bо‘lib, ularning bir birligiga tо‘g‘ri keladigan transport-xarid xarajatlari summasini
topib olamiz 950000 / 8000 = 118,75 tiyin. Shunday qilib, “A”-mashulotning
haqiqiy tannarxi 338,75 (220 sо‘m + 118,75 tiyin) tiyinni, “B”-mashulotning
haqiqiy tannarxi esa 268,75 (150 sо‘m + 118,75 tiyin) tiyinni tashkil qiladi.
Tovar-moddiy zahiralarni joriy hisobi haqiqiy
tannarx baholarida olib
borilganda, ularni asosiy ishlab chiqarish va boshqa maqsadlari uchun
foydalanishga berish yoki chetga sotish buxgalteriya
hisobida FIFOusuli bilan,
birinchi partiya kirim-birinchi partiya chiqim, ya’ni
dastlab birinchi partiya
bahosidagi mashulot chiqib ketadi, keyin ikkinchi, uchinchi va oxirgi partiyagacha
davom etadi. Bunda, materiallarni korxona omboridan chiqarilishi quyidagi
pravodka bilan rasmiylashtiriladi.
Dt – “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib schyotlar”
Dt - “Boshqa ma’muriy xarajatlar”
Kt - “Materiallar hisobga olinadigan schyot”
Dostları ilə paylaş: