Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

О‘zgarmas xarajatlar 
–mashulot miqdorining о‘zgarishiga deyarli bog‘liq 
bо‘lmaydi. Odatda, bunday xarajatlar shartli о‘zgarmaydigan xarajatlar deb ataladi. 
Bularga umumishlab chiqarish ya’ni ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish 
xarajatlari kiradi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari 
turiga qarab
quyidagi xarajat elementlari 
bо‘yicha guruhlanadi. Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 1995 yildan 
amalga kiritilgan hamda 1999 yilda qayta taxrir qilingan “Mashulot (ish va 
xizmatlar) ni ishlab chiqarish, mashulot (ish va xizmatlar) tannarxiga qо‘shiladigan 
xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tо‘g‘risida”gi 
Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlarini quyidagi elementlarga bо‘linadi: 
1. Moddiy xarajatlar. 
2. Mehnatga xarajatlari. 
3. Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari. 
4. Asosiy fondlar eskirishi. 
5. Boshqa xarajatlar. 
Ishlab chiqarish xarajatlari 
kalkulyatsiya moddalari bо‘yicha
quyidagi 
guruhlarga bо‘linadi: 
1. Xom-ashyo va materiallar 


357 
2. Yordamchi materiallar 
3. Yarim tayyor mashulotlar va butlovchi detallar 
4. Yoqilg‘i, elektr energiyasi va boshqa yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari 
5. Ehtiyot qismlar 
6. Ishlab chiqarish bilan band bо‘lgan ishchilarning asosiy ish haqi 
7. Ish haqidan ajratmalar 
8. Texnollogik jihozlarni, ulchov-uskunalarni saqlash va ishlatish xarajatlari 
9. Umumishlab chiqarish xarajatlari 
Ishlab chiqarish xarajatlari 
tarkibiga kо‘ra
bir elementli va kompleks 
xarajatlarga bо‘linadi. Bir elementli xarajatlar bir turdagi xarajatlardan iborat 
bо‘ladi. Masalan: xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, ish haqi, 
amartizatsiya, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar. Kompleks xarajatlar tarkibi bо‘yicha 
bir nechta turdagi xarajatdan iborat bо‘ladi. Ularga umumishlab chiqarish, 
ma’muriy va shu kabi xarajatlar kiradi. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin