Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 ISHLAB CHIQARILGAN MASHULOT (BAJARILGANISH



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

8. ISHLAB CHIQARILGAN MASHULOT (BAJARILGANISH, 
KO’RSATILGAN XIZMATI) LARNING HAQIQIY TANNARXINI 
ANIQLASH. 
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida ishlab chiqarish xarajatlarining 
sintetik hisobi 10, 10-1 jurnal orderlarida hamda 10, 12, 15 qaydnomalarda 
yuritiladi. 


361 
10 jurnal orderning eni bо‘yicha kreditlanuvchi schyotlar, “Materiallar 
hisobga olinadigan schyotlar”, “Xizmat qiluvchi xo‘jaliklar”, “Xodimlar bilan 
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”. va 
boshqa schyotlar, bo‘yida esa, debetlanuvchi schyotlar “Asosiy ishlab chiqarish”, 
“O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mashulotlarr”, “Yordamchi ishlab 
chiqarish”, “Umumishlab chiqarish xarajatlari”, “Ishlab chiqarishda yaroqsizlik”, 
“Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar” schyotlari yoziladi. Ishlab 
chiqarish xarajatlari bilan aloqador bо‘lmagan operatsiyalar 10/1 - jurnal orderida 
yozib boriladi. Hisobot oyi tamom bо‘lgandan sо‘ng 10/1-jurnal orderining 
yakuniy summalari va tsex xarajatlarining analitik hisobi yurtiladigan 12 
vedomostdan, kelgusi davr xarajatlari hamda kelajakdagi xarajatlar va tо‘lovlar 
rezervi hisobidan qilinadigan xarajatlarning hisobini yuritish uchun xizmat 
qiladigan 15-yordamchi vedomostdan foydalaniladi10-jurnal orderiga kо‘chiriladi. 
10 jurnal orderning jami summalari esa bosh kitobga о‘tkaziladi. 10-jurnal order 
ishlab chiqarish xarajatlarining elementlari va kalkulyatsiya moddalari bо‘yicha 
tegishli ma’lumotlarni olish imkonini beradi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi ishlab chiqarishdagi xarajatlar 
schyotlari о‘rtasida sodir bо‘lgan о‘zaro sarflarni umumiy chiqarish xususiyatiga 
va kalkulyatsiya qilish usuliga bog‘liq bо‘lib, ishlab chiqarish xarajatlari ishlab 
chiqarilayotgan buyumlarning bir turdagi guruhlari, mashulotning ayrim turlari, 
ayrim buyurtmalar va ishlab chiqarishning ayrim bо‘linmalari bо‘yicha hisob 
qilinishi mumkin. Mashulot ayrim turlarining ishlab chiqarishga ketadigan 
xarajatlari ba’zi korxonalarda alohida kartochkalarda yuritiladi. Ayrim korxonalar 
va Tsexlar bunday xarajatlarni maxsus daftarlarda yuritishlari mumkin. Bu 
registrlarning asosiy kо‘rsatkichlari xо‘jalik operatsiyasining qisqacha mazmuni, 
sanasi, xarajatlarning kalkulyatsiya moddalari bо‘yicha summalari va ishlab 
chiqargan mashulot miqdorida iborat. 
Ishlab chiqarilgan mashulot tannarxini aniqlash xо‘jalik subyektlaridagi 
buxgalteriya hisobining eng asosiy qismlaridan biridir. Subyektlarda mashulot 


362 
tannarxi korxona ishini belgilab beruvchi muhim sifat kо‘rsatkichlaridan biri bо‘lib 
hisoblanadi. 
Tannarx deb mashulotni tayyorlash uchun sarflangan ishlab chiqarish 
vositalari sarflarini, ishchilarning mehnat haqi yoki boshqa tashkilotlar tomonidan 
bajarilgan xizmat haqini tо‘lash hamda mashulotni sotish xarajatlari yig‘indisiga 
aytiladi. 
Mashulot tannarxida ishlab chiqarish maqsadlari uchun sarflagan moddiy 
xarajatlar, asosiy vositalarning amartizatsiya ajratmalari, ish haqi hamda ijtimoiy 
sug’urta ajratmalar о‘z ifodasini topadi. Shuning uchun tannarx mashulot ishlab 
chiqarish uchun sarflangan barcha xarajatlar qiymatining pul shaklidagi kо‘rinishi 
bо‘lib, xо‘jalik subyektlariga mashulot ishlab chiqarish necha pulga tushganligini 
kо‘rsatadi. 
Ishlab chiqarish jarayoni buxgalteriya hisobining asosiy vazifalaridan biri 
ishlab chiqarishga sarflanayotgan xarajatlarni sodir bо‘lishini nazorat qilib turish 
va ularni hisobda tо‘liq aks ettirish bо‘lib hisoblanadi. Buning uchun ishlab 
chiqarish sarflarini hisobga olish va mashulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni 
yaxshi yo’lga qо‘yish lozim. Chunki, ishlab chiqarish maqsadlari uchun sarflangan 
xarajatlarni turlari bо‘yicha aniq bilmasdan turib, korxonaning faoliyatiga samarali 
rahbarlik qilish, uning iqtisodiy faoliyatini yo’lga qо‘yish, mashulot tannarxini 
pasaytirish va foyda miqdorini oshirish mumkin emas. Ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisobga olish va ishlab chiqarilgan mashulotlarning tannarxini 
aniqlash uchun buxgalteriya hisobida tegishli schyotlar ajratilgan. Bu schyotlardan 
foydalanish ishlab chiqarilayotgan mashulotlarning turlariga, ishlab chiqarishning 
texnollogiyasiga hamda uning tashkiliy va boshqa shu kabi xususiyatlariga bog‘liq 
bо‘ladi. 

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin