Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Moliyaviy qo‘yilmalarni baholash -



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

 
4. Moliyaviy qo‘yilmalarni baholash - 
moliyaviy qo‘yilmalar 
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 12-“Moliyaviy investitsiyalarni 
hisobga olish” standartlariga muvofiq hisobga olinadi. Bunga ko’ra moliyaviy 
investitsiyalar 
xarid 
qilingan 
qiymati bo’yicha baholanadi. Moliyaviy 
investitsiyalarni xarid qiymatiga brokerlar xizmati uchun to’langan haq, bank 
xizmati uchun to’lovlar, bojlar va boshqa xarajatlar kiritiladi
68
.
 
5. Majburiyatlar 
taraflarning kelishuviga muvofiq pulda ifodalangan 
holda aks ettiriladi.Sud qarori bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli 
summada aks ettiriladi.
 
6. Shartli aktivlar va majburiyatlarni baholash 
- shartli aktivlar va 
majburiyatlar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq baxolanadi. Masalan: 
Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning qiymati, buxgalteriya 
hisobida aks ettirish maqsadida chet el valyutasida operatsiya sodir etilgan sanada 
buxgalteriya hisobining 22- “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar 
vaajburiyatlarning hisobi” nomli Milliy Ctandarti ilovasida keltirilgan sanalarda 
Markaziy bank kursi bo’yicha so’mlarga qayta hisoblanadi
69
.
7. 
Diskontlangan qiymat usuli.
Diskontlangan qiymat usulida aktivlar, 
korxonaning oldingi faoliyati davomida aktivlarni ko‘paytirishi mumkin bo‘lgan 
bo‘lg‘usi pul mablag‘lari tushumining diskontlangan qiymati bo‘lgan joriy qiymat 
bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar, kelgusida o‘tkaziladigan pul mablag‘larining 
diskontlangan qiymatidan iborat bo‘lgan, korxonaning faoliyati davomida 
68
Agar investitsiya aktsiyalarni emissiya qilish yoki boshqa qimmatli qogozlar chiqarish yo’li bilan to’laligicha yoki 
qisman olinayotgan bo’lsa - xarid qiymati chiqarilgan qimmatli qogozlarning joriy qiymatiga teng bo’ladi, ya’ni 
qimmatli qogozlarning nominal qiymatiga teng bo’lmaydi. Agar investitsiya boshqa aktivga almashtirib to’la yoki 
qisman olingan bo’lsa, u holda investitsiya qiymati topshirilgan aktivning joriy qiymatiga qarab aniqlanadi. 
69
Buxgalteriya hisobida chet el valyutasida konsignantdan kreditorlik qarzi konsignatsiya tovarlari sodir etilgan 
sanaga Markaziy bank kursi boyicha sotilish sanasida yuzaga keladi. Qarzning keyingi hisobi Buxgalteriya 
hisobining 22- “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” nomli Milliy Standarti 
muvofiq so’mlarga qayta hisoblanadi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga narxlar (tariflar)ni chet el valyutasiga 
ekvivalentlikda belgilaydigan, o’zaro hisob-kitoblarni esa milliy valyuta - so’mlarda amalga oshiradigan xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar xizmat ko’rsatish sanasidan boshlab to’lov kelib tushgan sanaga qadar davr ichida Markaziy 
bank kursining o’zgarishi munosabati bilan yuzaga keladigan kurs farqini moliyaviy faoliyatdan olingan daromad 
(xarajat) sifatida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga kiritadilar. 


335 
majburiyatlarni to‘lash uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha 
aks ettiriladi.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin