436
Uning asoschilaridan biri Leningrad (hozirgi Sank Peterburg) Moliya –
iqtisod
institutining professori A.S.Narinskiy bо‘lib hisoblanadi.
Jurnal-order shaklida hisob ishlarini tashkillash texnollogiyasi quyidagi chizmada
keltirilgan.
Buxgalteriya hisobining jurnal – order shaklining asosiy xususiyatlari
quyidagilar bilan belgilanadi:
1.
Xо‘jalik operatsiyalarini qayd qilish uchun schyotlarning kreditbelgilari
bо‘yicha
uchyotga
olishga
moslashtirilgan
jurnal-orderlardan
foydalanish;
2.
Jurnal oderlarda sintetik va analitik hisoblar qо‘shilib ketadiganligi
natijasida sistematik va xronologik yozuvlarni birlashtirganligi;
Buxgalteriya hisobining jurnal order shakli
3. Jurnal orderlar va boshqa hisob registrlarini
balans va moliyaviy
hisobotlarni boshqa shakllarini tuzishga moslashtirilganligi natijasida hisobotlar
Birlamchivaumumlashtiruvchihujjatlar
Kassakitobi
Jamlovchivaguruhlovchiqaydnomalar
Jurnalorder
Boshkitob
Analitikhisobregistrlari
Balansvamoliyaviyhisobotlar
Analitikschyotlaroborotqaydno
masi
437
tuzish uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlarni qо‘shimcha
guruhlash va jamlash
ishlarini bajarmasdan, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri hisob registrlaridan
olish imkoniyatini
mavjudligi;
4. Bosh kitob va jurnal-orderlarda yozuvlarni takrorlanmasligi natijasida
yozuvlar sonining kamayishi va boshqa afzalliklar.
Jurnal orderlar buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini
yozish uchun zarur
bо‘lgan bir qancha rekvizitlarga ega bо‘lgan va bosmaxonada tayyorlangan har
xil о‘lchamdagi va shakldagi varaqlardir.
Jurnal-orderlar alohida olingan yoki iqtisodiy
mazmun jihatdan bir xil
bо‘lgan sintetik schyotlar guruhiga bir oy uchun ochiladi. Har bir jurnal orderga
doimiy raqam biriktirib qо‘yiladi Quyida “Hisob-kitob raqami schyoti”
operatsiyalarini hisobga olish uchun belgilangan jurnal – order shakli keltirilgan.
Jurnal-orderlarga yozuvlar, operatsiya sodir bо‘lgan vaqtda, boshlang‘ich
yoki qо‘shimcha tuziladigan jamlovchi qaydnomalar
asosida sintetik
schyotlarning kreditbelgilari bо‘yicha amalga oshiriladi. Misol, 5000 “Kassa”
operatsiyalari uchun ochilgan jurnal-order № 1 da kassa schyoti kreditlanadigan
operatsiyalar yoziladi.“Kassa” schyoti debetlanadigan operatsiyalar “Bosh
kitob”ga yoziladi. Shu tariqa schyotlar aloqasi bо‘yicha bо‘ladigan
takroriy
yozuvlarga barham beriladi.
Dostları ilə paylaş: