7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


View buyrug‘ini tanlang.  Report



Yüklə 38,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/115
tarix17.09.2023
ölçüsü38,76 Mb.
#144556
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115
7-sinf Informatika yangi darslik @e baza ishreja

View
buyrug‘ini tanlang. 
Report
koʻrinishi sizga maʼlumotlarni koʻrish imkonini beradi. 
Design
koʻrinishi esa, hisobotni tahrirlash imkonini beradi.
Yakuniy loyiha – maktab oʻyinlari uchun chiptalar 
sotish
Maktabingizda maktab oʻyinlari namoyish etilmoqda. Ular oʻquvchilarning ota-onalari, vasiylari, 
tarbiyachilari va doʻstlariga chipta sotmoqda. Chiptalarni kimlar sotib olganini hisoblab borish 
uchun maktabga maʼlumotlar bazasi kerak. Shuningdek, ular chiptalarni sotib olgan insonlarga 
e-mail orqali xabar yuborishi kerak. Har bir shaxs maksimum oʻn dona chipta sotib olishi mumkin.


134
1-mashg‘ulot
Maktab rahbariyati uchun zarur maʼlumotlar bazasini tasvirlab bering. Quyidagilarni 
aniqlang:
 
ma’lumotlar bazasining maqsadi;
 
maktab rahbariyati maʼlumotlar bazasidan nimalarni aniqlash uchun foydalanmoqchi;
 
maʼlumotlar bazasidan kimlar foydalanadi;
 
har bir shaxs maʼlumotlar bazasidan nima maqsadda foydalanadi.
2-mashg‘ulot
Maʼlumotlar bazasi talab qiluvchi maydonlar roʻyxatini tuzing. Maydonlar uchun munosib 
maʼlumot turini tanlang. Aniqlagan maydonlaringizdan foydalanib, yangi maʼlumotlar bazasi 
va jadval yarating.
Kamida bir maydonda ochiluvchi ro‘yxat boʻlsin. 
Jadvalingizga kamida bitta validatsiya qoidasini kiriting.
3-mashg‘ulot
Yangi yaratgan jadvalingiz uchun maʼlumot kiritish formasini yarating. Maʼlumotlar bazasiga 
kamida oʻn dona chipta sotuvini kiritish uchun formadan foydalaning.
Maʼlumot kiritish formasini yanada chiroyli va qiziqarli bo‘lishi uchun tahrirlang.
4-mashg‘ulot
Chiptalarni sotib olgan insonlarga xat yozish uchun matn bilan ishlash dasturidan 
foydalaning. Ularga oʻyinning vaqti va sanasi, shuningdek, sotib olgan chiptalari sonini 
eslating.
5-mashg‘ulot
Maktabga maʼlumotlar nima uchun xavfsiz saqlanishi muhimligi va ularni qanday qilib 
xavfsiz saqlash mumkinligini bildiruvchi hisobot yozing. Maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlar 
uchun avtomatlashtirilgan elektron pochta xabarini yarating.

Yüklə 38,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin