Animatsiya
ing
Animation
Paydo bo‘lish, yo‘qolish, harakat effekti qo‘llanilgan grafik
obyekt. Obyekt shaklini o‘zgartirishi ham mumkin. Misol,
taqdimotlar bilan ishlash dasturida matnga, tasvirga, shaklga,
jadvalga SmartArt va boshqa obyektlariga animatsiya
effektlarini qo‘llash mumkin.
Dastur
ing
Application
Yoki Kompyuter dasturi, kompyuterda ishlaydigan dastur. Veb-
brauzer, elektron pochta mijozi, matn bilan ishlash dasturi,
o‘yinlar va utilitlar - barchasi dasturlardir.
o‘zbek tilida ba’zida “ilova” deb nomlanadi, biroq bu
“Application” so‘zining rus tili orqali (Приложение)
tarjimasining noto‘g‘ri ma’nosidir. Aslida “Application” -
“Apply” (Qo‘llamoq, Amallamoq) so‘zidan kelib chiqadi,
rus tilida ham “Приложение” so‘zining boshqa ma‘nosi
“Применение” - “Qo’llamoq”. O‘zbek tilidagi “Ilova”
so‘zi esa, noto‘g’ri ma‘nodan tarjima qilingan va undan
foydalanmaslik maqsadga muvofiq.
Tomonlarning nisbati
ing
Aspect ratio
Tasvirning eni va bo‘yi nisbati. Odatda tasvir ko‘rsatuvchi
qurilmalarga (monitor, ekran) nisbatan foydalaniladi. Bugungi
kunda standart nisbatlar – 4:3, 16:9.
Muallifni qo‘shib/kiritib qo‘yish
ing
Attribution
Boshqalarga tegishli bo‘lgan materialdan yoki fikrdan
foydalanilganda, uning muallifiga havola qo‘yish - muallif
ismi-sharifi yoki material olingan manba nomini, veb-
manzilini yozib qo‘yish.
Auditoriya
ing
Audience
Ma’lum kontentning maqsadli foydalanuvchilari.
Avtomatlashtirilgan
ing
Automated
Taqdimotlar bilan ishlash dasturida slaydlar almashinuvi va
animatsiyalarning inson aralashuvisiz namoyish etilishi.
Bluetooth
[blyutus]
ing
Dostları ilə paylaş: |