5-mashg‘ulot 18+ yosh guruhiga kiruvchi barcha oʻyinchilarni topish uchun soʻrov yarating.
6-mashg‘ulot 100 balldan koʻproq ball jamlagan barcha oʻyinchilarni topish uchun soʻrov yarating.
131 4 Ma’lumotlar bazasidan maqsadli foydalanish
4-masala Hisobot yaratish Maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotni chop etish yoki boshqa joyda foydalanish uchun hujjatga
aylantirish mumkin. Ma’lumotlarni jadvalda emas,
hisobot shaklida ko‘rish juda qulay
hisoblanadi.
1. Microsoft Access maʼlumotlar bazasini oching.
2. Create tugmasini bosing.
3. Report Wizard tugmasini bosing.
4. Ochiluvchi menyuni tanlang va maʼlumotlar olinadigan jadval yoki soʻrovni belgilang.
5. Hisobotingizga kiritmoqchi boʻlgan maydonlar ustiga bosing va ularni oʻng tomonga surish
uchun bittalik strelkani bosing.
6. Finish tugmasini bosing.
7. Hisobotingizni tahrirlash uchun
Close Print Preview tugmasini bosing.
Hisobot: maʼlumotlarni
chop etishda
foydalanuvchiga
qulay formatga solish
imkonini beruvchi
element.
Kalit so‘z
132 Endi matn maydonchalarini surish va hisobotni oʻzgartirish uchun ekranning yuqori qismidagi
tahrirlash buyruqlaridan foydalanishingiz mumkin.
Maydonchalarni belgilab orqali ularni kengroq qilish va keyin kengroq koʻrinishi uchun sariq
maydonchalarni kattalashtirishingiz mumkin.