7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


o‘lchamini kerakli ravishda  o‘zgartirishingiz mumkin



Yüklə 38,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/115
tarix17.09.2023
ölçüsü38,76 Mb.
#144556
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   115
7-sinf Informatika yangi darslik @e baza ishreja

o‘lchamini
kerakli ravishda 
o‘zgartirishingiz mumkin
. Ushbu jarayonni 
tasvirning 
tomonlar nisbatini
o‘zgartirmagan holda to‘g‘ri amalga oshirayotganingizga e’tibor 
qiling.
Tasvirni keraksiz qismini qirqish uchun ushbu tasvirni tanlasangiz
Format
menyu oynasi paydo 
bo‘ladi. 
Format
menyu oynasidan 
Crop
buyrug‘ini tanlang. Shunda tasvirning burchaklari va 
yonlarida qalin qora chiziqlar paydo bo‘ladi.
Kursorni ushbu chetki hoshiya chiziqlaridan biriga joylang va sichqoncha tugmachasini bosib, 
ushlab turing. Endi uni qirqish uchun kursorni tasvir boʻylab siljitish mumkin. Tasvirning qaysi 
qismi oʻchirilishini koʻrishingiz mumkin. Chunki tasvirning bu qismi to‘q rang bilan belgilangan 
bo‘ladi.
Tasvirning oʻlchamini oʻzgartirish uchun avval uni tanlang. Tasvirning burchaklari va yonlarida nuqta 
paydo boʻlganini koʻrasiz. Kursorni nuqtalardan biriga joylashtiring, soʻng sichqoncha tugmachasini 
bosib, ushlab siljiting. Endi tasvirni kattalashtirish yoki kichraytirish uchun kursorni tasvir tomonga 
yaqinlashtirishingiz yoki uzoqlashtirishingiz mumkin.
Tasvir tomonlarining nisbatini saqlab qolish uchun tasvirning oʻlchamini oʻzgartirishda tasvirning 
yon tomonidagi nuqtalardan emas, balki burchakdagi nuqtalardan birini ishlatganingizga ishonch 
hosil qiling. Agar siz tasvirning nisbatlarini saqlamasangiz, uning sifati pasayadi va xunuk koʻrinadi.
Crop:
tasvirning bir 
qismini olib tashlash.
Oʻlchamini 
oʻzgartirish:
tasvir oʻlchamini 
oʻzgartirish.
Tomonlar nisbati:
tasvirning eni va boʻyi 
oʻrtasidagi nisbat.
Kalit so‘zlar
3-amaliy ko‘nikma


13
1
Matnli hujjatdan maqsadli foydalanish

Yüklə 38,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin