7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari



Yüklə 38,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/115
tarix17.09.2023
ölçüsü38,76 Mb.
#144556
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115
7-sinf Informatika yangi darslik @e baza ishreja

Normal
dan 
Narrow
ga 
oʻzgartiring.
Endi matn ekrandagi sahifaning chetlariga yaqinroq surilganini koʻrishingiz mumkin. Bu koʻproq 
matn yozishingiz uchun sizga biroz joy qo‘shib beradi.
Qatorlar orasidagi interval
Ayrim hollarda hujjat yaratayotganingizda, ayniqsa, maktab uchun, oʻqituvchingiz sahifadagi 
matnning qatorlari orasida qoʻshimcha joy qoldirishingizni xohlashi mumkin. Bu yozish 
texnikangizni qanday rivojlantirishingiz mumkinligi haqida oʻzining izohini yozishi uchun joydir. 
Agar matn qatorlari bir-biriga juda yaqin boʻlsa, ushbu izohlarni qo‘shish juda qiyin boʻlib qoladi.
Siz formatlash buyrug‘idan foydalangan holda qatorlar orasidagi 
interval
oralig‘ini kattalashtirish 
orqali o‘qituvchingiz izohlar qo‘shishi uchun oraliq ajratishingiz mumkin. Bu formatlash buyrug‘i 
Line Spacing 
deb ataladi.


27
1
Matnli hujjatdan maqsadli foydalanish
Hujjatdagi matnning qatorlar orasidagi intervalni oʻzgartirish
1.
Oʻzgartirmoqchi boʻlgan matningizni belgilang.
2.
Layout
menyu oynasini oching va 
Paragraph
bo‘limining o‘ng pastki qismida joylashgan 
kichik strelkani bosing. Bu formatlash buyrug‘ining turli qiymatlari keltirilgan roʻyxatni ochadi.
3.
Spacing
maydonidagi qatorlar orasidagi interval variantini 
Single
dan 
Multiple
ga oʻzgartiring.
Shuningdek, qatorlar orasidagi intervalni “1.5 lines” yoki “another value”ga oʻzgartirishingiz ham 
mumkin. “1.5 lines” sozlamasi qatorlar orasidagi yarim qator boʻshliqni hosil qiladi, “Double” 
sozlamasi esa, matndagi qatorlar orasida butun boʻsh qatorni hosil qiladi.
Sahifa hoshiyasi
Hujjatga oxirgi formatlash shtrixini qo‘shish uchun uning har bir sahifasiga hoshiya joylashingiz 
mumkin. Bu hujjatning alohida ajralib turishi va yaxshi ishlov berilganini koʻrsatishi mumkin. 
Biroq, hoshiya yaxshi tanlangan va oddiy ekaniga ishonch hosil qilishingiz kerak. Aks holda u 
hujjatning asl maqsadidan chalgʻitishi mumkin.

Yüklə 38,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin