38
1.1-mashg‘ulot.
Oʻqituvchingiz taqdim qilgan “Design_Specification.docx” faylini oching. Bu siz multimediya
taqdimoti uchun reja tuzishda foydalaniladigan namuna faylidir.
Endi “Design_Specification_Example.docx” faylini oching. Bu namuna faylini qanday
toʻldirish va multimedia taqdimotining dizayn rejasini namoyish etish uchun andozadir.
Maket:
slayddagi
matn va tasvirlarning
tartiblangan
ko‘rinishlari
Formatlash:
bu
matn
yoki tasvirni
oʻzgartirish.
Masalan, shrift turini
oʻzgartirish.
Kalit so‘zlar
Loyiha xususiyatlari barcha ma’lumotlarni kichik detallari bilan qamrab olgan bo‘lishi kerak.
Chunki siz taqdim qilgan maʼlumotlaringizdan foydalanib taqdimotni yaratayotgan shaxs
uni sizning yordamingizsiz ishlab chiqa olishi kerak.
Bu shriftlar formatlanishi, maket, slayd
oʻtishlari, animatsiyalar va har bir slayd orasidagi havolalar atrofidagi tafsilotlarni qamrab
oladi. Taqdimotingiz uchun loyiha xususiyatini yaratish orqali uni
puxta rejalashtirganingizni,
qanday koʻrinishda va nimalardan iborat boʻlishi kerakligini koʻrsatasiz. Aynan puxta
rejalashtirish yordamida eng yaxshi ishni amalga oshirishingiz mumkin!
Ushbu amaliy ko‘nikma boʻlimida bu elementlarning ayrimlarini qanday rejalashtirishni bilib
olasiz. Bu sizga modul davomida oʻrganayotgan yangi koʻnikmalar
doirasida elementlarni
loyiha xususiyatingizga qoʻshish imkonini beradi.
Shrift
Har bir slaydda foydalanilgan matnli axborot uchun siz qaysi shrift ishlatilishi kerakligi, shrift
oʻlchami,
rangi va uning qalin, qiya yoki tagiga chizilgan kabi ko‘rinishlarning qaysi biridan
foydalanish haqida axborot berishingiz kerak.
Maket
Taqdimotning har bir slaydida kontent ichidagi elementlar slaydning qayeriga joylanishi
kerakligi haqida axborot berishingiz kerak.
Bu elementlar matn, tasvir va tugmalarni oʻz ichiga
oladi. Shuningdek, har bir slaydda foydalaniladigan har qanday fon
rangi yoki dizayni haqida
ham axborot berishingiz kerak.
Dostları ilə paylaş: