7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari


Animatsiya va vaqtni moslash



Yüklə 38,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/115
tarix17.09.2023
ölçüsü38,76 Mb.
#144556
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115
7-sinf Informatika yangi darslik @e baza ishreja

48
Animatsiya va vaqtni moslash
Ayrim animatsiyalarda moslashtirish amallarini bajarish uchun qoʻshimcha parametrlar bor. Siz 
ushbu menyu oynalarni 
Effect Options
tugmachasini bosish orqali topishingiz mumkin.
Masalan, agar siz 
Fly In
animatsiyasini tanlab, 
Effect Options
 
tugmachasini bossangiz, kontent 
qaysi yo‘nalishda “uchib ketishini” tanlashingiz mumkin.
Animatsiya uchun qaysi triggerlardan foydalanishni tanlashingiz kerak. Nima boʻlishini 
xohlashingizni tanlash uchun 
Start
maydonchasining oxiridagi strelkani bosishingiz mumkin. Bu 
sizga uchta variantni beradi: 
On click, With Previous
va 
After Previous
.

On click
parametri sichqoncha bilan bosilganda animatsiya boshlanishini bildiradi.
• With Previous
parametri animatsiya avtomatik ravishda avval oʻrnatilgan animatsiya bilan 
boshlanishini bildiradi.

After Previous
parametri animatsiya oldingi animatsiya ijro etilganidan keyin avtomatik 
boshlanishini bildiradi.
4.4-mashg‘ulot
Do‘stingizdan taqdimotingizga qoʻshgan animatsiyalarni koʻrib chiqishni soʻrang. Undan 
quyidagilardan qaysi biri bor-yoʻqligi haqida soʻrang:

kerakli oʻringa animatsiyalarni qoʻshilganini;

koʻp yoki kam animatsiya qoʻshilganini;

taqdimotga mos animatsiya qoʻshilgani yoki ulardan yaxshiroq koʻrinadigan boshqa 
animatsiya effektini tavsiya qilishini.
5-amaliy ko‘nikma


49
2
Multimediadan maqsadli foydalanish
Animatsiya uchun mos vaqtni tanlashingiz va belgilashingiz kerak. Agar siz uni juda tez 
bajariladigan qilsangiz, auditoriyangiz buni umuman tushunmasligi mumkin. Uni juda sekin 
bajariladigan qilsangiz, tomoshabinlar animatsiya tugashini kutib, zerikishi mumkin.
Animatsiyaning davomiyligini belgilash uchun 
Duration
maydoniga vaqtni bir necha soniyalik 
qilib kiriting. Shunga qaramay, kirish va chiqish animatsiyalari uchun mos vaqt 0.5 – 1 soniya 
orasida boʻladi. 

Yüklə 38,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin