47
2
Multimediadan maqsadli foydalanish
4.1-mashg‘ulot
“My_Favourite_Things_v2.pptx” nomli taqdimot faylini oching.
Taqdimot ichidan tasvir
qoʻshilgan slaydni toping.
Tasvirga “Grow/Shrink” animatsiyasini qoʻshing. Keyin esa yana boshqa ikkita animatsiyani
sinab ko‘ring va yoqqanini tanlang.
4.2-mashg‘ulot
“Design_Favourite_Things.docx” dizayn faylini oching. Taqdimotdagi
qaysi qismlarga
animatsiya qoʻshish mumkin ekanini aniqlang. Yodda tuting: hamma narsaga animatsiya
qoʻshishni xohlamaysiz, chunki bu auditoriyani juda chalgʻitadi.
Ajratib yoki farqlab
koʻrsatish kerak boʻlgan kontentga animatsiyalar qoʻshing.
4.3-mashg‘ulot
“My_Favourite_Things_v2.pptx” nomli taqdimotni oching. Endi oʻzingiz tuzgan
animatsiyalarni taqdimotga qoʻshing. Taqdimotngizni “My_Favourite_Things_v3.pptx” deb
qayta saqlang.
•
Kirish animatsiyalari kontentni slaydda paydo qilish uchun ishlatiladi.
•
Slaydda mavjud bo‘lgan kontentni yanada aniqroq qilish va unga auditoriyaning e’tiborini jalb
qilish uchun animatsiyalar ishlatiladi.
•
Slayddan kontentni g‘oyib bo‘lishi uchun chiqish animatsiyalari ishlatiladi.
Kontent bilan qanday amalni bajarishni hohlashingizga
qarab mos animatsiyani
tanlashingiz kerak.