43
2
Multimediadan maqsadli foydalanish
Avtomatlashgan:
taqdimotni
ko‘rayotgan odamdan
biror
narsani bosish
talab etilmaydigan,
barchasi avtomatik
tarzda
amalga
oshiriladigan
taqdimot
Kalit so‘z
Agar siz o‘zingizga ma’qul keladigan slayd o‘tish effekti va davomiyligini tanlasangiz, uni barcha
slaydlar
uchun
Apply To All
tugmachasini bosish orqali tezda qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Taqdimotni namoyish etayotgan shaxs yoki uni ko‘rayotgan auditoriya sichqonchani bosish orqali
keyingi slaydga o‘tadigan qilib yoki
avtomatlashgan
holda sozlashingiz mumkin.
Buning uchun
taqdimot avtomatik ravishda keyingi slaydga oʻtguncha slaydni qancha vaqt namoyish etish
kerakligini belgilashingiz lozim.
Siz ushbu har ikki variantni taqdimotingizni yaratayotganingizda sozlashingiz mumkin (qoʻlda
boshqarish yoki avtomatlashgan). Taqdimotni maʼlum bir vaqtdan so‘ng keyingi slaydga
avtomatik oʻtkazish yoki auditoriya ekran tugmachasini bosish
va vaqt tugamasdan keyingi
slaydga oʻtishga imkon berish uchun sozlanishi mumkin.
Bir slayddan ikkinchisiga oʻtish sozlamasi
Advance Slide
deb nomlanadi. Sichqoncha yoki
ekranni bosish orqali keyingi slaydga oʻtish uchun (agar siz
sensor ekranli kompyuterdan
foydalansangiz)
On Mouse Click
maydonidan foydalaniladi. Agar siz ushbu parametrga ruxsat
berishni xohlasangiz, shu maydonchada belgi qoʻyishingiz kerak.