7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari



Yüklə 38,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/115
tarix17.09.2023
ölçüsü38,76 Mb.
#144556
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115
7-sinf Informatika yangi darslik @e baza ishreja

44
3.1-mashg‘ulot
“My_Favourite_Things_v1.pptx” taqdimot faylini oching. Birinchi slaydga slayd oʻtish vaqtini 
tajriba uchun sozlab koʻring. Unga 0.5 soniyani, 1 soniyani, 1.5 soniyani kiritib ko‘ring. Qaysi 
birini yaxshi deb hisoblasangiz, shuni tanlang.
3.2-mashg‘ulot
“Design_Favourite_Things_v1.docx” nomli dizayn faylini tanlang. Slayd oʻtishlariga vaqt 
qoʻshing.
3.3-mashg‘ulot
“My_Favourite_Things_v1.pptx” nomli taqdimot faylini yana oching. Taqdimotingizdagi har 
bir slaydga oʻzingiz yaratgan slayd oʻtish effektlarini qoʻshing.
Agar siz slaydni namoyish qilish uchun vaqtni belgilashni xohlasangiz, u avtomatik ravishda 
keyingi slaydga oʻtmasdan oldin mos vaqt oraligʻini tanlashingiz kerak. Tinglovchilaringiz uchun 
har bir slayddagi tarkibni oʻqish uchun qancha vaqt kerakligini tekshirishning bir usuli – bu har bir 
slayddagi matnni oʻzingiz o‘qing va qancha vaqt kerakligini tekshiring. Keyin esa bu vaqt oraligʻini, 
masalan, 30 soniya qiymatini 
After
maydoniga kiritishingiz mumkin.
Har bir slayd oʻtishiga tovush qoʻshishingiz mumkin. Yana shuni yodda tutingki, tovush effektlari 
auditoriyani chalgʻitishi mumkin. Shuning uchun tovushni ehtiyotkorlik bilan tanlashingiz lozim. 
Har bir slayd oʻtish effekti uchun tovush qoʻshilishi maqsadga muvofiq emas, lekin ularni vaqti-
vaqti bilan ishlatish yaxshi natija berishi mumkin. Masalan, agar siz keyingi slaydda biron bir 
qiziqarli narsani namoyish qilmoqchi boʻlsangiz, barabanli rulon tovushi auditoriya eʼtiborini jalb 
qilishda juda samarali boʻlishi mumkin.
Slayd oʻtish effektiga tovushni qoʻshish uchun 
Sound
maydonining oxiridagi strelkaga bosing. 
Tanlash mumkin boʻlgan tovushlar ro‘yxati chiqadi.


45
2
Multimediadan maqsadli foydalanish

Yüklə 38,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin