2022-2023-O’QUV YILI UCHUN
~ 15 ~
10-masala
DNK molekulasidagi nukleotidlar soni 154 ta boʻlib, undagi H bogʼlar soni G lar sonidan
4,5 marta koʼp boʼlsa, H bogʼlar sonini aniqlang.
A) 204 B) 198 C) 174 D) 186
Yechimi:
1-Usul: 2 nomaʼlumli
/ 2x + 2y = 154
\ 2x + 3y = 4,5y
y=44
x=33
2- Usul: 1 nomaʼlumli.
1) A --- T \
77
G --- S /
Guanin bilan Sitozinni x deb olamiz. Shunda ular orasidagi H bogʻ 3x.
A bilanT orasidagi (77-x)•2
2) (77-x)2 + 3x
----------------------- = 4,5
x
x = 44. 77-44=33
44•3+33•2=198
Javob: B) 198
11-masala.
DNK dagi a,b,c genlardan hosil bo‘lgan oqsil monomerlarining umumiy soni 315 ta, b
gendan hosil bo'lgan oqsildagi monomerlar soni a gendan hosil bo'lgan oqsil monomerlar
sonidan 10 taga ko'p, c gendan hosil bo‘lgan oqsil monomerlar sonidan esa 1,25 marta
kam. DNK ning b genidagi umumiy vodorod bog‘lar sonini aniqlang (Nukleotidlar nisbati
a genda A/G=1/3,5
b genda S/T=1/1,5
c genda A/S=2/1 ga teng)
A) 750
B) 875
C) 720
D) 300