2022-2023-O’QUV YILI UCHUN
~ 10 ~
fermentlar-restriktazalar bilan tezda bo‗laklarga bo‗lib yuboriladi. Hozirgi vaqtda turli xil
mikroorganizmlardan har xil restriktazalar ajratib olingan.
Restriktazalar endonukleazalarning DNKni muayyan
maxsus ketma-ketliklari
restriksiya saytlari (nuqtalari)ni tanib kesadigan, gidroliz qiladigan guruhi hisoblanadi.
Yot DNKni parchalaydigan har qanday restriktaza
fermenti
DNKni o‗ziga mos 4–6 ta nukleotid ketma-ketligini tanib kesadi, natijada to‗mtoq
yoki yopishqoq uchli bir nechta DNK bo‗laklari hosil bo‗ladi.
Yopishqoq uchli DNK bo‗laklarining qo‗sh zanjiri bir necha nukleotidga
siljigan holda
bo‗laklarga ajraladi. Xuddi shunday bo‗laklar o‗zaro komplementar juftlar hosil qilib,
birikish xususiyatiga ega. Olingan DNK bo‗lagini plazmida yoki bakteriya
virusiga kiritish
mumkin.
Restriktazalarni nomlashda ferment ajratib olingan bakteriya turning lotincha nomini
bosh harfl ari va qo‗shimcha belgilaridan foydalaniladi. Chunki bir turdagi bakteriyalardan
bir necha xil restriktazalar ajratib olingan bo‗lishi mumkin.
Shu bilan birga qo‗sh zanjir DNK molekulasini «yopishqoq» uchlar
hosil qilib kesuvchi
restriktazalar (EcoR I va BamHI), «to‗mtoq» uchlar hosil qilib, DNK qo`sh zanjirini
qaychi singari shartta ikkiga kesuvchi restriktazalar (Hpa I va HaeIII) ham mavjud.
Restriktazalar hosil qilgan «yopishqoq» uchlardan foydalanib, har xil DNK bo‗laklarini
bir-biriga bog‗lash soddalashadi.
Ana shu xususiyati tufayli bu xil restriktazalar gen muhandisligida keng qo‗llaniladi.
Restriktaza fermentlarining ochilishi DNK molekulasini bo‗laklarga bo‗lib, elektroforez
qurilmasida o‗ta aniqlik bilan bir-biridan ajratib olish imkonini berdi.
Bu usulda
ajratib olingan DNK bo‗laklaridan gen muhandisligida
foydalaniladi.
BamHI – jami 12 ta bog` uzadi: 10 ta vodorod bog`, 2 ta fosfodiefir bog`ni uzadi.
EcoR I – jami 10 ta bog` uzadi: 8 ta vodorod bog`, 2 ta fosfodiefir bog`ni uzadi.
Dostları ilə paylaş: