Rahbarlik psixologiyasi va yetakchilik faoliyatiga oid


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix17.09.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#144712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
sharq-mutafakkirlari-hamda-g-arb-olimlarining-rahbarlik-psixologiyasi-va-yetakchilik-faoliyatiga-oid-qarashlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(5), May, 2023 
175 
G’arb olimlaridan Teylor, Ford, Gilbert, Emerson, Fayol boshqaruv 
nazariyasining asoschilari hisoblanadi. Boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki 
yo’nalishi «klassik» (an’anaviy) maktab nomini olgan. Bu maktabning vujudga 
kelishida amerikalik muhandis va tadqiqotchi Frederik Teylorning xizmati katta. 
Teylor xizmat pog’onasining barcha darajalarini AQShdagi Bstelgemdagi yirik 
metallurgiya korxonasining kichik xizmatchisidan boshqaruvchisigacha bo’lgan 
lavozimlarni egallagan. U birinchilar qatorida ishlab chiqarishning ayrim 
jarayonlarini tashkil etish hamda butun korxonani boshqarishga ilmiy yondoshishni 
qo’lladi. Uning «korxonani ilmiy boshqarish asoslari», «Boshqarishni ilmiy tashkil 
etishning tamoyil va usullari», «Sanoat korxonalarini ma’muriy-texnikaviy tashkil 
etish» kabi mashxur asarlari xorijda chop etilgan ishlab chiqarishni boshqarishni 
ilmiy tashkil etish bo’yicha adabiyotlarning katta to’plamiga asos soldi. Teylor 
mehnat jarayonlarini maxsus funksional boshqarish zarurligini asoslab berdi
jismoniy mehnat bilan bir qatorda ishlab chiqarishni tashkil etishni tarkibiy 
unsurlarga ajratib ko’rsatishga harakat qilgan. Teylor kishi aql-zakovatiga katta 
e’tibor bergan. Masalan, u korxona ustasi quyidagi to’qqiz sifatga ega bo’lishi 
kerakligini ta’kidlagan:
-
aql-zakovatga; 
-
ma’lum ma’lumotga; 
-
ish tajribasiga; 
-
odobga; 
-
g’ayratga; 
-
ziyraklikka; 
-
xalollikka; 
-
to’g’ri fikr yuritishga
-
yaxshi saomatlikka
10

Shu bilan birga Teylor bu sifatlarning barchasiga ega bo’lgan kishini topish juda 
mushkul ekanligini aytgan. Ko’pchilik faqat uchta sifatga ega bo’ladi - ular oddiy ish 
haqi to’lanadigan ishga olinishi mumkin. Bu sifatlarning to’rttasiga ega bo’lgan kishi 
nisbatan ko’p haq to’lanadigan ishga olinishi kerak. Beshta sifatni o’zida jam etgan 
kishini topish ancha mushkul, olti, yetti, sakkiz sifatga ega kishini topib bo’lmaydi. 
Agar yuqorida sanab o’tilgan to’qqiz sifatga ega bo’lgan kishi topilsa, uni usta 
lavozimiga emas, boshqaruvchi lavozimiga qabul qilish lozim. Teylor ayniqsa ish 
joylarini tashkil etish, ishlashning maqbul usullarini tanlash, aniq vazifalarni 
belgilash, kishilarni to’g’ri tanlash va ishga qo’yishga alohida ahamiyat bergan. U 
10
Boymurodov N. Rahbar psixologiyasi. O’quv qo’llanma. T.2005. 149 b.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin