Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Qorong‘i ko‘ruv maydonidagi mikroskopiya



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Qorong‘i ko‘ruv maydonidagi mikroskopiya. 
Qorong‘i ko‘ruv maydonida 
mikroskop ostida ko‘rish. Suyuqlikdagi juda mayda zarrachalar aralashmasini (Tindal 
effekti) yon tomonidan kuchli yoritilishi natijasida hosil bo‘ladigan yorug‘lik 
difraksiyasiga asoslangan. Bunga biologik mikroskopdagi oddiy kondensorni paraboloid 
yoki kardioid-kondensor bilan almashtirish natijasida erishiladi. Paraboloid kondensor 
o‘z markazida markaziy yorug‘lik nurlarini tutib qoladigan, qorong‘ilikka va nurlarni 
qaytarish uchun ichki ko‘zguli yuzaga ega. Kardioid-kondensorda yorug‘lik nurlari avval 
qabariq sirtdan, so‘ngra esa botiq sirtdan qaytariladi. Qorong‘i ko‘ruv maydonidagi 
kondensordan chiqadigan chetki nurlar qiyshiq yo‘nalishda o‘tib, obyektivga 
tushmaganligi sababli ko‘ruv maydoni qorong‘iligicha qoladi. Obyektivga obyektdan 
qaytarilayotgan nurlar kelib tushadi, ular preparatning qorongi fonidagi mikrob 
hujayralar va boshqa zarrachalarning konturlarida yorug‘ nurlarning o‘ziga xos tasvirini 
hosil qiladi.
 



Расм

Микобиологик амалиётда қўлланиладиган микроскоплар: 1, 2- биологик бионокуляр
микроскоп; 3-
; 4-
; 5-
; 6 
– электрон микроскоп.
1
2
3
4
5
6
Расм-6. Микробиологик амалиётда қўлланиладиган микроскоплар: 1, 2-бинокулар биологик микроскоплар;
3,4-
Лазерли конфакал микроскоп; 5- Интерференцияловчи компьютерли микроскоп; 6-Электрон микроскоп
Fazo-kontrast mikroskop ostida ko‘rish. 
Shaffof obyektlardan yorug‘lik to‘lqini 
o‘tayotganda faza o‘zgarishlarining amplituda o‘zgarishlariga aylanishiga asoslangan
buni ko‘z bilan sezsa bo‘ladi. Fazo-kontrast moslama yordamida obyektdan o‘tuvchi 
yorug‘lik to‘lqinlarining fazoviy o‘zgarishlari amplitudali va shaffof obyektlarga aylanib 
mikroskop ostida ko‘rinadigan bo‘ladi. Bunda ular yuqori kontrastli tasvirlarga ega bo‘lib 
pozitiv yoki negativ bo‘lishi mumkin. Pozitiv fazo-kontrast deb, yorug‘ ko‘rish 
maydonida obyektning qora, negativ fazo-kontrast deb, qorong‘ilikda obyektning yorug‘ 
tasviriga aytiladi. Fazo-kontrast mikroskopda ko‘rish uchun oddiy mikroskop va unga 
qo‘shimcha KF-1 yoki KF-4 moslamadan foydalaniladi. Ularning komplektiga 
quyidagilar kiradi: 
1.Fazo halqasi bo‘lgan maxsus obyektivlar bo‘lib, ular fazani o‘zgartiradi va 
yorug‘lik to‘lqinining amplitudasini kamaytiradi. Fazo obyektivlar gardishida 
qo‘shimcha «F» harfli indeks: F-10, F-20, F-40 va FOI-90 belgilangan. 
2. Har bir obyektiv uchun, maxsus halqali diafragma revolveriga ega bo‘lgan fazo-
kondensor bor. Preparatni oddiy irisli diafragma usuli bilan kuzatiladigan tirqishi «0» 
indeksi bilan belgilangan. 
3. Kam kattalashtiruvchi yordamchi mikroskop orqali yorug‘likni markazlashtirish 
protsessi kuzatilganda okulyar almashtiriladi. 
Fazo-kontrast mikroskopda OI-7 yoki OI-19 tipidagi yoritgichlardan foydalaniladi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin