2-3 Laboratoriya ishi: Mikrobiologik tadqiqotlar uchun zarur bo’lgan asbob- uskunalar bilan tanishish. Ezilgan tomchi, osilgan tomchi usullari yordamida preparatlar tayyorlash. (2s) Mashg’ulotning maqsadi : Mikrobiologik tadqiqotlar uchun zarur bo’lgan asbob-
uskunalar bilan tanishish. Ezilgan tomchi, osilgan tomchi
preparatlar tayyorlashni
o‘rganish.
Kerakli jihozlar va reaktivlar:: Mikroskop, o‘rtasi chuqur buyum oynasi,
qoplag‘ich oyna, bakterial ilmoq, spirt alangasi, vazelin, to‘xtab qolgan suv yoki tish kiri,
filtr qog‘oz, turli xil bo‘yoqlar va etil spirti.
Umumiy ma’lumot: 1. Faqatgina mikrobiologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tiladigan xona.
2. Sterillash xonasi.
3. Idishlar yuviladigan xona.
4. Laboratoriya idishlari taxt qilib qo‘yiladi-gan, oziq muhitlari tayyorlanadigan va
boshqa qo‘shimcha ishlar olib boriladigan preparator xona.
Steril sharoitni talab qiladigan ish olib borish uchun laboratoriya tarkibida dahlizli
oynavand boks bo‘lishi va bu yerda bakteritsid lampa bo‘lishi kerak.
Laboratoriya xonalari keng, yorug‘, derazalari shimolga yoki shimolig‘arbga
qaragan bo‘lishi lozim, chunki ish uchun tarqoq yorug‘lik kerak bo‘ladi.
Devorlar oq rangdagi moy bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lishi, stollar plastik yoki oyna
bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
Ish joyi polietilen jild bilan yopilgan mikroskop, yoritgich, bo‘yoqlar, bakteriologik
ilmoq va nina, shpatellar, tomizgichlar, oddiy va o‘rtasi chuqur buyum oynasi, qoplag‘ich
oyna, shtativlar, qumsoat, filtrqog‘oz, spirt yoki gazli alanga, gugurt, dezinfektsiyalovchi
eritmali shisha idishlar, immersion moy, suvli idish va bo‘yoqni yuvishga mo‘ljallangan
vannacha bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Laboratoriya stoli oldida qopqoqli chelak
bo‘lib, unga ishlatib bo‘lingan materiallar tashlanadi.
Mikrobiologiya laboratoriyasining asosiy uskunalari quyidagilardir: fermantasyon
tanklari, avtoklavlar, ultra toza stollar, elektrotermik inkubatorlar, doimiy issiqlik va
namlik inkubatorlari, elektr portlash o'choqlari, pipetkalar, Olympus mikroskoplari,
muzlatgichlar, to'liq haroratli osilator, infraqizil tez fen qutisi va boshqa zamonaviy
yuqori texnologik eksperimental uskunalar. Laboratoriya mikroorganizmlarni etishtirish,
mikrobial metabolitlarni ishlab chiqarish va ajratish, oziq-ovqat va ichimlik suvi uchun
mikrobial ko'rsatkichlarni aniqlash, mikroorganizmlarning skriningi.