Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

 
Ishning bajarilishi: 
Tirik mikroorganizimlarni o’rganish uchun preparat tayyorlanadi.
a) "
Ezilgan tomchi
" preparatini tayyorlash. Toza buyum oynasiga pepetka bilan 
toza suvdan bir tomchi tomiziladi. Keyin spirt lampasi alangasida cho‘g‘ bo‘lguncha 
qizdirilgan mikrobiologik sirtmoq bilan zarur mikroorganizmlar olinib, suv tomchisiga 
qo‘shib aralashtiriladi. Shundan keyin sirtmoq qizdirilib, undan qolgan mikroorganizmlar 
yo‘q qilinadi. Mikroorganizmlar aralashtirilgan suv tomchisi qoplag‘ich oyna bilan 
yopiladi, tomchi shu tariqa ezilib, mikroskopda o‘rtacha katta qilib qaraladi.
Qoplag‘ich oynani tomchi chetiga qirrasi bilan qo‘yib, keyin asta-sekin butun 
tomchini yopish kerak. 
“Osilgan” tomchi tayyorlash. 
Osilgan tomchi tayyorlash uchun o‘rtasida dumaloq 
chuqurchasi bo‘lgan maxsus buyum oynalaridan foydalaniladi. Chuqurchaning tashqi 
chetlariga vazelin surtiladi, so‘ngra toza qoplag‘ich oynaning o‘rtasiga mikrobiologik 
sirtmoq bilan yuqorida aytilgan usulda bakteriyalar aralashgan kichik suv tomchisi 


10 
surtiladi. Shunadan keyin qoplag‘ich oyna tomchili tomoni bilan shunday ag‘darib 
qo‘yiladiki, undagi tomchi buyum oynasidagi chuqurchaning o‘rtasi ustidan osilib turadi, 
qoplag‘ich oynaning chetlari chuqurcha chetlariga surtilgan vazelinga yopishadi. Vazelin 
surtilganligi uchun chuqurchaga havo kirmaydi va tomchi qurib qolmaydi. Ezilgan va 
osilgan tomchi preparatlari bakteriyalarning harakatini tekshirishga imkon beradi. 
Preparatlar quyidagi maqsadlar uchun fiksatsiyalanadi:
1)Preparatdagi mikroorganizmlarni nobud qilish uchun, 
2)Mikrobni buyum oynasiga mustaxkam yopishtirish uchun, 
3)Nobud bo‘lgan bakteriyalarni tezroq bo‘yalishini ta’minlash uchun. 
Preparat suyuq yoki agarli oziqa muhitida o‘stirilgan ma’lum yoshdagi bakteriya 
kulturasidan tayyorlanadi. Oziqa muhitlari tayyorlashning ko‘pdan-ko‘p retseptlari ishlab 
chiqilgan bo‘lib, ulardan ishlashga eng qulay va tayyorlashga osoni pepton oziqa muhiti 
deb shartli nomlangan oziqa muhitidir: 1 g litr vodoprovod suvida, pepton -10, saxaroza 
yoki glukoza - 2, K
2
NRO
4
- 0,5, MgS0
4
- 0,5, NaCl - 0,5. Qattiq oziqa muhiti olish uchun 
15-20 g agar-agar solinadi. Qizitib eritilgan holda bu oziqa probirkalarga quyiladi va 
sterillanadi, qiyshaytiriladi va natijada “qiyshiq agar” hosil bo‘ladi. Qiyshiq agar 
yuzasiga bakteriya kulturasi ekiladi va u o‘ziga xos sharoitda o‘stiriladi va ko‘zga 
ko‘ringan o‘sgan bakteriyadan preparat tayyorlashda ishlatiladi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin