Bacillus subtilis uchraydi. Uning o‘lchami o‘rtacha 0,6-0,7 x 3-5 mkm
teng bo‘lib, spora hosil qiluvchi tayoqchadir. PA dagi shtrix bo‘ylab o‘sganda o‘ziga xos
tashqi ko‘rinishga ega — tekis, ajinli, xira holatda bo‘ladi. Avvalo rangsiz, so‘ngra
pushti, to‘q jigarrang yoki qop-qora rangga bo‘yaladi. Qiyin emulsiya hosil qiladi.
3. Katta tayoqchalarga tuproqda keng tarqalgan batsilla
Bacillus megaterium (yunoncha so‘zlardan: mega — “katta”, teras — “hayvon”) kiradi. Bu spora hosil
qiladigan eni 1,5 mkm, uzunligi 2-5 mkm bo‘lgan tayoqchadir. PA dagi shtrixi
moysimon, yaltiroq, sal qavariq, och sariq rangli, suvda oson emulsiya hosil qiluvchidir.
4. Agar 0,5 l lik shisha stakandagi oddiy ariq suviga pishgan tovuq tuximining
oqidan solib, 7-10 kun 28-30 °C harorarda inkubatsiya qilinsa suyuqlik loyqalanadi va
ustida parda hosil bo‘ladi. U stakandagi suyuqlikda yirikligi 1,5-2 x 30-70 mkm li
buralgan
Spirillum avlodiga kiruvchi spirillalarni ko‘rish mumkin. Fiksirlangan
bo‘yalgan preparatlarda 3-4 cho‘lg‘amga (buralishga) ega donador ko‘rinishli
hujayralarni ko‘rish mumkin.
5. Buralgan, norigid shaklli tayoqchalar bilan tanishish uchun tish kiridan preparat
tayyorlanadi. Ayniqsa, kasallangan, karies tishlardan tayyorlangan preparatlarda
spiroxetalar oson ko‘rinadi. Preparatni tayyorlash uchun misvok bilan tish kiri olinadi va
surtma tayyorlanadi. Alangada yaxshilab fiksirlanadi, sovitiladi va ishqoriy fuksin bilan
filtr qog‘ozi orqali 2 minut davomida bo‘yaladi. Mikroskopda ko‘rilganda ko‘rish
maydonida og‘iz bo‘shlig‘idagi har xil mikroorganizmlar, jumladan: juda ingichka eni
0,3 mkm, uzunligi 10-15 rnkm, turli xil buralishga ega bo‘lgan tish spiroxetasini ko‘rish
mumkin. Ular Spirochaetaceae oilasining Treponema avlodiga kiradilar.
Hamma bakteriya va mikroorganizm preparatlari immersiya obyektivi orqali
ko‘riladi, albomga suratlari chiziladi, tagiga nomi yoziladi. Ish mikroskopini to‘g‘ri va
13
ohistalik bilan shkafga joylashtirish va o‘z ish joyini tartibga solish bilan tugallanadi. Bu
qoidalarga mikrobiologiya darslarida doimo amal qilinadi.