Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Kerakli jihozlar va reaktivlar: 
Mikroskop va qoplagich oynachalar, Mikrobiologik 
ilmoq yoki sirtmoq, mikroorganizmlarning sof kulturasi ekilgan probirkalar va Petri 
likobchalari. Doimiy preparatlar. Paster naychasi, spirt lampasi, Immersion moy, bo‘yoq 
eritmalari, suv, kolbalar va shtativlar.
 
Ishning bajarilishi: 
Sharsimon bakteriyalarning tashqi ko‘rinishlari bilan 
tanishish uchun “ezilgan tomchi” usulida preparat tayyorlanadi. Buning uchun buyum 
oynasiga vodoprovod suvidan bir tomchi tomiziladi. So‘ngra o‘rganilayotgan 
mikroorganizm kulturasidan ozgina olib aralashtiriladi va qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. 
Qattiq oziqa muhitida o‘stirilgan kulturani bir tomchi suvga bakteriya ilmog‘i vositasida 
solib aralashtirib preparat tayyorlansa, suyuq oziqa muhitidagi bakteriya kulturasini steril 
pipetka bilan olib buyum oynasiga tomiziladi va qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Demak, 
ikkinchi holatda bir tomchi suvni buyum oynasiga tomizish shart emas. Olingan 
tomchining hajmi shunchalik kichik bo‘lishi kerakki, qoplag‘ich oyna yopilganda 
ortiqcha suyuqlik bo‘lmagani ma’qul. Aks holda ortiqchasi filtr qog‘ozi yordamida 
yo‘qotiladi. Tayyorlangan preparatlar immersiya obyektivi yordamida mikroskopda 
ko‘riladi. 
1. Mikrokokklar preparatlarini 3-4 sutka davomida pepton agarida o‘stirilgan 
Micrococcus roseus (pushti rangdagi kokklar) kulturasidan tayyorlanadi. Preparatda 
ayrim yoki to‘p-to‘p bo‘lib, tartibsiz to‘plamlar holida joylashgan mayda sharsimon 
hujayralar ko‘rinadi. 
2. Sarsinalar preparatlarini 3 4 sutkali pepton agarida o‘stirilgan Sarcina flava (sariq 
rangli) kulturasidan tayyorlanadi. Ular 8 yoki 16 ta hujayradan iborat paketlar hosil 
qiladi. 
3. Streptokokklar bilan tanishish uchun qatiq yoki smetanadan olib tayyorlangan 
fiksirlangan, bo‘yalgan preparat ishlatiladi. Unda gomofermentativ sut kislotali bijg‘ishni 
olib boruvchi Streptococcus lactis kuzatiladi. 
Yog‘sizlantirilgan qatiqdan (prostokvasha) buyum oynasiga surtma tayyorlanadi
fiksirlangandan so‘ng ishqoriy moviy metilen bo‘yog‘i bilan 1-2 minut davomida 
bo‘yaladi, filtr qog‘ozi bilan quritiladi va immersiya tizimida ko‘k rangdagi sharsimon 
hujayralar zanjirchalari ko‘rinadi. 
4. Stafilokokklar bilan tanishish uchun tayyor fiksirlab bo‘yalgan tillasimon 
stafilokokk Staphylococcus aureus preparati ko‘riladi. Bunda sharsimon hujayralarning 
shingillarini ko‘rish mumkin. 


16 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin