17
Chin aktinomitsetlar
—
Streptomitsetlar
koloniyalarining morfologiyasi bilan
tanishish uchun suv agari oziqa muhitida (vodoprovod suvi — 1 l, agar-agar — 20 g) bir
tekis o‘sgan yoki ayrim koloniyalardan tig‘ yordamida kichik-kichik bo‘lakchalar
(mikroorganizmlarning ustki tomoni tepaga qaragan holda) kesib olinib buyum oynasiga
qo‘yiladi. Preparatni 7 sutkalik to‘g‘ri va spiralsimon sporabandlik Streptomyces sp.
kulturasidan tayyorlanadi. Avvalo quruq tizmali obyektivlar bilan 8 va 40 taliklarda
ko‘riladi, sporabandlilari rasmga solinadi. Sporalarini ko‘rish uchun yuqorida
ko‘rsatilgandek qirqib tayyorlangan aktinomitset koloniyalarga qoplag‘ich oynani pinset
yordamida koloniya ustiga ohista tekiziladi va qayta ko‘tarib olinadi. Buyum oynasiga bir
tomchi suv tomizib unga shu qoplag‘ich oynani koloniya izi tushgan tomoni bilan
yopiladi, va mikroskopning 90 obyektivida ko‘riladi. Preparatda zanjir bo‘lib yoki ayrim-
ayrim joylashgan sporalar ko‘rinadi.
Dostları ilə paylaş: