Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Kerakli jihozlar va reaktivlar:
MBR-1 mikroskop, okulyar, ob’ektiv, immersion moy, 
buyum va qoplagich oyna, bakteriologik halqa, mikrobiologik ob’ekt, pichan 
ivitmasi,dezinfiktsiyalovchi modda, termostat.
Umumiy ma’lumot: 
Bakteriyalar uchun oziq moddalar yetishmay qolganda harorat yoki pH ning 
o‘zgarishada, modda almashinuvi mahsulotlari ko‘payib ketganda ular spora hosil 
qiladilar. 
Batsillalar va clostridiylar
spora hosil qiladi, bakteriyalarda esa bunday hol 
kuzatilmaydi. 
Hujayra spora hosil qilganida uning genetik apparati qayta quriladi. Bunda 
nukleoidning morfologiyasi o‘zgaradi. Hujayrada DNK sintezi to‘xtab qoladi. Yadro 
DNK ipsimon bo‘lib cho‘ziladi va hujayraning bir uchida to‘planadi. Hujayraning bu 
uchi sporogen zona deyiladi. Shundan so‘ng sporogen zonada tsitoplazmaning 
zichlashishi kuzatiladi va bu bo‘lim hujayraning qolgan qismida to‘siq bilan ajraladi. 
To‘siq bilan ajralgan bo‘lim ona hujayraning membrana bilan o‘ralgan bu bo‘limi 
prospora deyiladi. 
Prospora ona hujayra ichida joylashgan strukturadir. U ona hujayradan ikki – uch va 
tashqi membrana bilan ajralib turadi. Bu ikki membrana orasida kortikal qavat – korteks 
hosil bo‘ladi. Korteksning kimyoviy tarkibi vegetativ hujayra devorining kimyoviy 
tarkibi vegetativ hujayra devorining kimyoviy tarkibi bilan o‘xshash bo‘ladi. Spora ozuqa 
moddalari mavjud qulay sharoitga tushib o‘sganida korteks yosh vegetativ hujayraning 
devori hosil qiladi. Prospora yuzasida spora qoplami hosil bo‘ladi. Bu qoplamning soni, 
qalinligi, tuzilishi turli bakteriyalarda turlicha bo‘ladi. 
Bakteriyalar ikki xil harakatlanadi. Sirpanib harakatlanuvchi bakteriyalarning 
(mikrobakteriyalar, oltingugurt bakteriyalari) tulqinsimon qisqarishi natijasida hujayra 
shakli davriy o‘zgarib turadi, natijada bakteriyaning ma’lum harakati sodir bo‘ladi.. 
So‘zib harakatlanish xivchinlari bilan amalga oshadi. Masalan, spirillalar va kokkilarning 
ba’zilari. Ko‘pgina prokariotlarning ustki qavatida hujayralarni harkatlanuvchi tuzilmalar 
bor. Bular xivchinlardir. Ular bir qator tayoqchasimon bakteriyalarda, ba’zi bir 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin