Peritrix — hujayraning hamma tomoni xivchin bilan qoplanib, unga peritrix deyiladi. Bakteriyalarning harakati bilan tanishish uchun quyidagi preparatlar tayyorlanadi: 1. Pseudomonas-avlodining vakillarida monatrixal-yoki lofotrixal xivchinlar
kuzatiladi. Shuning uchun Pseudomonas-sp 12-18 oatli kul’turasidan “ezilgan tomchi ”
preparati tayyorlanadi. Mikroskop tagida ingichka harkatchan tayoqchalar ko‘rinishi
kerak. Ularning harakati juda tez,t parmasimon bir tomonga yo‘nalgan bo‘ladi.
Hujayralar aylanma harkat qilmaydi.
2. Xivchinlarning peritrixal joylanishida ularning harakati bir tekisda bo‘ladi va
tebranma harakatlanadi, aylanma harakatlanishi mumkin. Bunday tipdagi harakatni
Basillus subtilisdan tayyorlangan “ezilgan tomchi ” preparatida ko‘rish mumkin.
Xivchinlarning joylanish tiplari; 1 - monotrix; 2- lofotrix;3 - peritrix;4 - amfifrix.
Kapsulalarni bo‘yash. Kapsulalarni Jon, Giss va
Omelyanskiy usullari kabi bir necha xil usulda bo‘yash
mumkin, bulardan asosan Omelyanskiy usulidan ko‘proq
foydalaniladi.
Ba’zi bakteriya hujayralari shilimshiq kapsulalar
bilan o‘ralgan. Bunday kapsula bakteriyalarni qurib
qolishdan va boshqa noqulay sharoitdan saqlaydi.
Kapsulalar yorug‘lik nurlarini aksini sindiradi va preparat
maxsus usulida bo‘yalgandagina yaxshi ko‘rinadi. Negativ qilingan kapsulalar
Omelyanskiy usulida quyidagicha bo‘yaladi: buyum oynasiga yarmigacha suv qo‘shib
suyultirilgan
Sil fuksinidan bir tomchi tomizib, tekshiriladigan bakteriyalar
mikrobiologik sirtmoq bilan aralashtiriladi. 2-3 daqiqadan keyin fuksin tomchisiga suyuq
tush tomchisi qo‘shiladi va oynaga yaxshilab yoyiladi. Preparat havoda quritilib,
mikroskopda immersion obyektiv bilan tekshiriladi. Ayni vaqtda buyum oynasi tush bilan
bo‘yalib, qora tusda ko‘rinadi, bakteriyalarning hujayralari qizil bo‘lib ko‘rinadi,
kapsulalar esa rangsiz bo‘ladi.