Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


-3 Laboratoriya ishi: Mikrobiologik tadqiqotlar uchun zarur bo’lgan asbob-



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

2-3 Laboratoriya ishi: Mikrobiologik tadqiqotlar uchun zarur bo’lgan asbob-
uskunalar bilan tanishish. Ezilgan tomchi, osilgan tomchi usullari yordamida
preparatlar tayyorlash. (2s) 
Mashg’ulotning maqsadi
: Mikrobiologik tadqiqotlar uchun zarur bo’lgan asbob-
uskunalar bilan tanishish. Ezilgan tomchi, osilgan tomchi
 
preparatlar tayyorlashni 
o‘rganish.
Kerakli jihozlar va reaktivlar:
Mikroskop, o‘rtasi chuqur buyum oynasi, 
qoplag‘ich oyna, bakterial ilmoq, spirt alangasi, vazelin, to‘xtab qolgan suv yoki tish kiri, 
filtr qog‘oz, turli xil bo‘yoqlar va etil spirti. 
Umumiy ma’lumot: 
1. Faqatgina mikrobiologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tiladigan xona. 
2. Sterillash xonasi. 
3. Idishlar yuviladigan xona. 
4. Laboratoriya idishlari taxt qilib qo‘yiladi-gan, oziq muhitlari tayyorlanadigan va 
boshqa qo‘shimcha ishlar olib boriladigan preparator xona. 
Steril sharoitni talab qiladigan ish olib borish uchun laboratoriya tarkibida dahlizli 
oynavand boks bo‘lishi va bu yerda bakteritsid lampa bo‘lishi kerak. 
Laboratoriya xonalari keng, yorug‘, derazalari shimolga yoki shimolig‘arbga 
qaragan bo‘lishi lozim, chunki ish uchun tarqoq yorug‘lik kerak bo‘ladi.
Devorlar oq rangdagi moy bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lishi, stollar plastik yoki oyna 
bilan qoplangan bo‘lishi kerak. 
Ish joyi polietilen jild bilan yopilgan mikroskop, yoritgich, bo‘yoqlar, bakteriologik 
ilmoq va nina, shpatellar, tomizgichlar, oddiy va o‘rtasi chuqur buyum oynasi, qoplag‘ich 
oyna, shtativlar, qumsoat, filtrqog‘oz, spirt yoki gazli alanga, gugurt, dezinfektsiyalovchi 
eritmali shisha idishlar, immersion moy, suvli idish va bo‘yoqni yuvishga mo‘ljallangan 
vannacha bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Laboratoriya stoli oldida qopqoqli chelak 
bo‘lib, unga ishlatib bo‘lingan materiallar tashlanadi. 
Mikrobiologiya laboratoriyasining asosiy uskunalari quyidagilardir: fermantasyon 
tanklari, avtoklavlar, ultra toza stollar, elektrotermik inkubatorlar, doimiy issiqlik va 
namlik inkubatorlari, elektr portlash o'choqlari, pipetkalar, Olympus mikroskoplari, 
muzlatgichlar, to'liq haroratli osilator, infraqizil tez fen qutisi va boshqa zamonaviy 
yuqori texnologik eksperimental uskunalar. Laboratoriya mikroorganizmlarni etishtirish, 
mikrobial metabolitlarni ishlab chiqarish va ajratish, oziq-ovqat va ichimlik suvi uchun 
mikrobial ko'rsatkichlarni aniqlash, mikroorganizmlarning skriningi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin