Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Antiseptika
Antiseptika infeksiya (mikrob)ning yaraga tushishiga va uning rivojlanishiga qarshi 
o‘tkaziladigan kompleks kurash va oldini olish usullarini qo‘llashdir. Antiseptika 
mexanik fizik, ximik, biologik aralash turlaridan iborat:
a) kimo`viy antiseptika antiseptik, dezinfeksiyalovchi va kimyoterapevtik 
preparatlar guruhlariga bo‘linadi. Shu maqsadda xloramin eritmasi bilan yiringli yarani 
tozalashda 0.5-1% li, metalmas asboblar uchun 0.5% li, asboblar va xonani tozalash 
uchun 3% li eritma ishlatiladi. Yodning 5%li spirtdagi eritmasi, lyugol, spirt, vodorod 



peroksid 3% li, kaliy permanganat eritmasi, kseroform 3-10% (maz) surtma, poroshoklar 
va hokazolar ishlatiladi;
b) mexanik antiseptika yarani antiseptik eritmalar bilan yuvish, yot jismlarni olib 
tashlash, yashash qobiliyatini yo‘qotgan to‘qimalarni kesib tashlashdan iborat.
v) fizik antiseptika yaralarda mikrobning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan fizik 
usullar bo‘lib, ochiq va o`piq drenajlar hamda so‘rovchi vaakumlardan foydalanishdir.
g) biologik antiseptika mikroblarni o‘ldirish orqali inson organizmining 
immunobiologik holatini oshirishni ta’minlash maqsadini ko‘zlaydi.
Biologik antiseptik moddalar qatoriga antibiotiklar, enzimalar, zardoblar kiradi. 
Antibiotiklarga olitetrin, streptimitsin, tetrotsiklin, ferment preparatlariga trepsin
ximotrepsin, ximopsin, zardob preparatlariga esa antitoksinlar va anatoksinlar kiradi.
Mashg‘ulotni o‘tkazishdan maqsad
: Mikroskopda ishlash qoidalarini va quruq va 
immersion ob’ekt tayyorlashni o‘rganish. 
“Biolam” seriyali mikroskopning 3x, 5x, 8x, 9x li ob’ektivlari asosan ob’ektni 
birlamchi kuzatish, 2x, 4x li ob’ektivlar esa katta hujayrali mikroorganizmlar, masalan, 
zamburug‘larni ko‘rish uchun ishlatiladi. Bu ob’ektivlar quruq ob’ektivlar deyiladi. 
Chunki ob’ektivning frontal linzasi va ob’ekt orasida havo bo‘ladi. Bunda havoning 
yorug‘lik sindirish ko‘rsatkichidan(n=1,0)buyum oynasining yorug‘lik sindirish 
ko‘rsatkichidan(n=1,52) pastrok bo‘ladi. Natijada havo bo‘shlig‘i orqali o‘tgan 
yorug‘likning bir kisim obektivga bormasdan atrofga tarqaladi.Yorug‘likning bir qismi 
yuqalishi natijasida ob’ekt ham yaxshi ko‘rinmaydi. 
Mikroorganizmlarni quruq ob’ektdan ko‘rib, kerakli natijaga erishish qiyin. 
Ularning immersion yoki moyli 
obektda
ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Immersion 
ob’ektivlarga 85x, 90x, 120x li ob’ektivlar kiradi. Kuzatilayotgan obektga kedr yoki 
kastorka moyi tomiziladi. So‘ngra moy tomchisiga ob’ektivni uchi botiriladi. Kondensor 
yuqoriga surilib oxirigacha ko‘tariladi. Bu vaqtda kondensorga to‘plangan yorug‘likning 
hammasi moy tomchisi orqali o‘tib, muhitga tarqalmasdan immersion ob’ektivga 
yo‘naladi. Natijada, tekshirilayotgan obekt juda aniq va ravshan ko‘rinadi. Bunda 
moyning yorug‘likni sindirish ko‘rsatkichi ( n= 1, 515) bilan buyum oynasining 
yorug‘likni sindirish ko‘rsatkichi ( n= 1, 52) bir-biriga yaqin bo‘lishi yorug‘likning 
muhitga tarkalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Yorug‘likning hammasi ob’ektivga o‘tadi. 
Ob’ektivdagi raqam ko‘tarilgansari, kodensor ham yuqoriroqqa ko‘tarila boriladi.
Immersion ob’ektivlar ishlatilib bo‘lguncha moyni avval filtr qog‘oz bilan so‘ngra 
spirt yoki benzin shimdirilgan mayin doka bilan artib olinadi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin