Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Hozirgi zamon texnologiyalarini mikrobiologik amaliyotda qo‘llanilishi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Hozirgi zamon texnologiyalarini mikrobiologik amaliyotda qo‘llanilishi
1.Interferensiyalovchi kompyuterli mikroskopiya 
–hujayralarni submolekulyar 
darajada yuqori tiniqlikga ega bo‘lgan tasvirlarini olish mumkin. 
2. Lazerli konfakal mikroskopiya
- obyektlarni aniq tasvirini butun maydon 
bo‘ylab ko‘rish mumkin. Kompyuter texnologiyalarini qo‘llash orqali obyektni 
rekonstruksiya qilish ham mumkin. 
Metodik ko‘rsatmalar
Mikroskopdan to‘g‘ri foydalanish uchun, avvalo mikroskopni to‘g‘ri o‘rnatish, 
ko‘rish maydoni va preparatdagi yorug‘lik yetarli darajada bo‘lishi kerak. So‘ng 
mikroskop ostida preparatni turli obyektiv yordamida ko‘rish mumkin. Yorug‘lik tabiiy 
(kunduzgi) yoki sun’iy bo‘lishi mumkin. Buning uchun turli maxsus yorug‘lik 
manbalaridan (masalan, yoritkich OI-7 dan) foydalaniladi. 
Hozirgi mikroskoplarda yorug‘lik manbasi mavjud. Preparatni immersion obyektiv 
bilan mikroskopda ko‘rganda ma’lum tartibda ishni ketma-ket olib borishga qat’iy rioya 
qilish kerak: 
1) tayyorlangan va bo‘yalgan surtmaga immersion moyidan kichkina tomchi 
tomiziladi va preparat buyum stoliga qo‘yiladi (qisqich bilan qistirib qo‘yish shart 
emas); 
2) revolver immersion obyektivdagi 100 belgiga qadar buraladi
3) asta-sekin mikroskop tubusi immersion moyga tekkuncha tushiriladi; 
4) mikrometr vinti yordamida preparatning oxirgi fokusi aniqlanadn. 
Obyektiv preparatga tegmasligi kerak, chunki u preparatni yoki frontal linzani 
sindirishi mumkin (immersion obyektivning preparat bilan bo‘yalgan oralig‘i 0,1—1 mm 
bo‘lishi kerak). 
Ish tamom bo‘lgach, immersion obyektivdagi moyni maxsus material bilan 
yaxshilab artish va revolverni kichik, quruq 8-obyektivga aylantirib qo‘yish shart. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Mikrobiologik laboratoriya tarkibini aytib bering? 
2. Mikrobiologik laboratorida ishlash qoidalarini sanab bering? 
3. Laboratoriya ishi olib borilayotgan stolda bo‘lishi kerak bo‘lgan vositalarni sanang? 
4. Laboratoriya jarayonida navbatchining vazifalari nimalardan iborat? 
5.Mikroskopning kashf etilishi haqida nimalarni bilasiz? 
6. Mikroskop turlarini sanab bering va oddiy va maktab mikroskopi va biolam mikroskop 
tuzilishlarida gifarklarni sanang? 
7. Biolam mikroskopining tuzilishini tushuntirib bering? 
8. Kondensorning vazifasi nimadaniborat? 
9. Mikroskopning optik qismi qanday tuzilgan va uning ishlash mexanizmi to‘g‘risida 
tushuntiring? 
10. Quruq va immersion ob’ekt qanday tayyorlanadi? 




Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin