Aseptika usullari antiseptika turlari haqida. O‘tgan asrning o‘rtalarida eng yengil operatsiyadan keyin ham yaralar o‘rni
yiringlab, operatsiya qilingan bemorlarning 80%i haѐtdan ko‘z yumgan. Jarrohlar
infeksiya to‘g‘risida hech narsa bilishmagan, ularni o‘zlarining harakatlari, qilgan ishlari
bilan ko‘pincha yarani zararlantirishgan va natijada bu holat o‘limga olib kelgan.
Aseptika bir necha turlarga bo‘linadi.
1. Qaynatish.
2. Yuqori bosim ostida bo‘g‘ yordamida sterilizatsiyalash.
3. Yuqori temperaturada quruq sterilizatsiya qilish.
4. Kimyoviy sterilizatsiya qilish.
5. Yondirish orqali sterilizatsiya qilish.
Qaynatish usuli bilan shpritslar, jarohat kengaytirgichlar, pensitlar sterilizatsiya
qilinadi.
Bug‘ yordamida esa halatlar, oqliklar, choyshablar va niqoblar sterilizatsiya
qilinadi.
Kimyoviy usul bilan esa o‘tkir tig‘li asboblar (qaychilar, ignalar) rezinka
qo‘lqoplar, tikish uchun ishlatiladigan iplar sterilizatsiya qilinadi.
Paqirlar hamda tog‘oralar
yondirish orqali sterilizatsiya qilinadi.
Quruq issiqlik bilan yuqori temperaturaga chidamli yonmaydigan issiqqa bardoshli
jismlarni shishalarni, metall yoki farforni sterilizatsiya qilish mumkin.
Aseptika Aseptika fizik omillar, kimo`viy preparatlar, biologik usullarni qo‘llash bo‘yicha
o‘tkazilgan tashkiliy tadbirlar bo‘lib, yarasiga mikroblar tushushining oldini olish, ya’ni
mikrobsiz ishlash demakdir.
Aseptikaning asosiy qonuni yaraga tegadigan har bir narsa bakteriyalardan xoli
bo‘lishi, ya’ni sterillangan bo‘lishi kerak. Buni haѐtga tadbiq etish uchun yaraga
mikroblar tushushi mumkin bo‘lgan manbalarni yaxshi bilish kerak. Bu manbalar ikki xil
bo‘ladi: ekzogen va endogen.
Ekzogen infeksiya-yaraga bemor atrofidagi tashqi muhitdan havo (havo infeksiyasi),
so‘lak va boshqa suyuqliklar (tomchi infeksiyasi) tarqalishidan, yarada qoldirgan
jismlardan (ip, drenaj va boshqalar) tushadigan infeksiyalar ichak, nafas yo‘li va
boshqalardan o‘tadi. Endogen infeksiya yaraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ѐki limfa o`ki qon
tomirlar orqali tushadi. Aseptika sharoitini yaratish uchun operatsion blokda xonalar
(zonalashtirilgan) alohida-alohida bir-biridan ajratilgan holda bo‘lishi shart. Bunda
xonalar bir necha guruhlarga bo‘linadi.