Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Lyuminessent yoki flyuoressent mikroskopda ko‘rish



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Lyuminessent yoki flyuoressent mikroskopda ko‘rish. 
U fotolyumi-nessensiya 
holatiga asoslangan (rasm). 
Lyuminessentsiya (lumen — so‘zidan olingan 
bo‘lib, yorug‘likni anglatadi) —flyuoressensiya 
qiluvchi obyektlarni mikroskopiya qilib kuzatishda 
qo‘llaniladi. Lyuminessent mikroskopiyada kuchli 
manbadan tarqalgan yorug‘lik ikkita filtrdan o‘tadi. 
Birinchi filtr tekshirilayotgan namunaga yorug‘lik 
yetmasdan ushlab qoladi. Lekin namunadagi 
flyuoressensiyani aktivlashtiruvchi yorug‘likni uzun 
to‘lqinini o‘tkazadi. Ikkinchi filtr flyuoressensiya 
tarqatuvchi 
namunaning 
yorug‘lik 
to‘lqinini 
o‘tkazadi. Shunday qilib flyuoressensiya tarqatuvchi 
namuna o‘ziga bir yorug‘lik to‘lqinining uzunligi yutadi va uni boshqa yorug‘liq 
spektirida tarqatadi. Birlamchi lyuminessensiya obyekt oldindan bo‘yalmasa ham 
kuzatiladi. Ikkilamchi lyuminessensiya esa, preparatni maxsus lyuminessent bo‘yoqlar — 
flyuoroxromlar bilan bo‘yalganda hosil bo‘ladi. Ohirgi yillarda flyuoroxrom bilan 
nishonlangan immunoglobulinli diognostikumlar chiqarilmoqda. 
Lyuminessent mikroskopiya boshqa oddiy usullarga nisbatan birmuncha 
afzalliklarga ega: tirik mikroorganizmlarni tekshirish va tekshirilayotgan materialda juda 
kam miqdorda bo‘lsa ham ularni topish. Laboratoriya amaliyotida ko‘pchilik 
mikroorganizmlarni aniqlash va o‘rganish uchun lyuminessent mikroskoplardan keng 
foydalaniladi.
 
Elektron mikroskopda ko‘rish. 
Elektron 
mikroskop yordamida yorug‘lik mikroskopi 
bilan ko‘rib bo‘lmayditan (0,2 mkm) kichik 
obyektlar 
ko‘riladi. 
Elektron 
mikroskop 
viruslar, turli mikroorganizmlarning nozik 
tuzilishi, 
makromolekulyar 
birikmalar 
va 



boshqa 
submikroskopik 
obyektlarni 
o‘rganish 
uchun ko‘llaniladi. Bunday 
mikroskoplarda yorug‘lik nurlarini elektron oqimlar egallaydi. Ushbu elektron 
oqimlarning to‘lqin uzunligi ma’lum 0,005 nm bo‘lib, deyarli ko‘rinadigan yorug‘lik 
to‘lqinining uzunligidan 100 000 marta kalta. Elektron mikroskopning eng kuchli 
ko‘rsata olish imkoniyati amalda 0,1— 0,2 nm bo‘lib, umuman 1 000 000 marta katta 
qilib ko‘rsatadi «Nur tarqatuvchi» elektron asboblar bilan bir qatorda skanerlaydigan 
elektron mikroskoplardan ham foydalaniladi. Ular obyekt relefini yaxshi ko‘rsatadi. 
Ammo bu mikroskoplarning katta qilib ko‘rsatish imkoniyati «nur tarqatuvchi» elektron 
mikroskopnikidan kam. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin