Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Kerakli jihozlar va reaktivlar: 
MBR-1 mikroskop, okulyar, ob’ektiv, immersion moy, 
buyum va qoplagich oyna, bakteriologik halqa, mikrobiologik ob’ekt, pichan ivitmasi, 
tomoqdan surtma, dezinfiktsiyalovchi modda.
Laboratoriya ishini bajarishda rioya qilinadigan texnika xavfsizlik 
qoidalari:
Laboratoriya mashg’ulotlarini bajaruvchi hamma talabalar texnika xavfsizligi 
bo’yicha yo’riqnoma talablari bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim. Mazkur ishni 
bajarishda talaba asosan
 
sharsimon bakteriyalarning
 
turlari bo’yicha ma’lumotlarga
 
ega 
bo’lishlari kerak. Shuningdek talaba o’qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz turli 
moddalarni, asbob-uskunalarni o’zboshimchalik bilan ishlatishi mumkin emas.
Umumiy ma’lumot: 
Sharsimon bakteriyalar kokklar (coccus — yunoncha so‘z 
bo‘lib, “don” yoki “sharcha” degani). Kokklarning diametrlari 0,5-1 mkm atrofida 
bo‘ladi. Hujayralarning bo‘linish tekisligini qandaligiga qarab va bo‘lingandan so‘ng 
hujayralarning bir-biri bilan bog‘liqligining saqlanishi va natijada hujayralarning 
joylanishiga ko‘ra quyidagi morfologik guruhlar ajratiladi. 
Mikrokokklar hujayralari sferasimon bo‘lib, 0,5-3,5 mkm diametrga ega. Ular 
bo‘linganda bir necha tekislikda bo‘linish xususiyatiga ega. Bittadan uchraydi yoki to‘p-
to‘p bo‘lib har xil to‘plamlar hosil qiladi. Ular havoda, suvda, tuproqda, oziq-ovqatlarda 
va boshqa substratlarda yashaydi. Ularning oralarida ko‘pincha rangli, pigmentlilari 
topiladi. 
Diplokokklar (diplos — lotincha “ikkilik” degani) hujayralari bir tekislikda 
bo‘linadi, so‘ngra tarqalmaydi, natijada ikkitadan birlashgan hujayralar hosil bo‘ladi. 
Ular orasida kasal qo‘zg‘atuvchilari bor: pnevmoniya, gonoreya, meningit kabi 
kasalliklar. 
Tetrakokklar (tetra — lotincha “to‘rt” so‘zidan) to‘rt hujayradan tashkil topgan. Bu 
esa hujayralarning ikki bir-biriga perpendikular bo‘lgan tekislikda bo‘linishidan hosil 
bo‘ladi. Tetrakokklarning hamma ma’lum vakillari saprofitlardir. 
Streptokokklar (streptus — yunoncha “zanjir” degani) hujayralarning bir tekislikda 
bo‘linishidan hosil bo‘lgan hujayralar zanjiridir. Hujayralar dumaloq yoki sal cho‘zilgan 
shaklga ega bo‘lib, diametri 2 mkm chadir. Streptokokklar ichida ham saprofitlari, ham 
kasal qo‘zg‘atuvchilari (odam va hayvonlarda yiringli yara hosil qiluvchilari) bordir. 
Sarsinalar (sarcina — lotincha “birlashtiraman” degani) 8 va undan ko‘p hujayradan 
kubsimon joylashgan paketlar hosil qiladi. Uning har bir tomonida 4 tadan hujayra 
bo‘ladi. Bu shakl hujayraning uchta bir-biriga perpendikular tekislikda bo‘linishidan 
hosil bo‘ladi. Hujayralar shakllari sharsimon bo‘lib, diametrlari 1,8-3,0 mkm boladi. 
Sarsinalarning har xil turlari havoda keng tarqalgandir. Ularning hammasi saprofitlar, 
patogenlari hali uchratilmagan. 
Stafilokokklar (staphylo — yunoncha “uzum shingili” degani) hujayraning har xil 
tekislikda tartibsiz bo‘linishidan hosil bo‘ladi va uzum shingilining joylashishini eslatadi. 
Hujayra sharsimon bo‘lib, diametri 0,8-1,5 mkm ni tashkil etadi. Stafilokokklar odam va 
hayvonlarda yiringli yaralar hosil qiladi. 
Shuni eslash o‘rinli bo‘ladiki, yuqorida aytilgan sharsimon hujayralarning ayniqsa 
to‘plamlari 2-4 tadan birikkanlari to‘plamlari turg‘un bo‘lmasdan ayrim-ayrim 
hujayralarga oson ajratiladi. 


15 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin