Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf
Kerakli jihozlar va reaktivlar: Mikroskop va qoplagich oynachalar, Mikrobiologik
ilmoq yoki sirtmoq, mikroorganizmlarning sof kulturasi ekilgan probirkalar va Petri
likobchalari. Doimiy preparatlar. Paster naychasi, spirt lampasi, Immersion moy, bo‘yoq
eritmalari, suv, kolbalar va shtativlar.
Ishning bajarilishi: Sharsimon bakteriyalarning tashqi ko‘rinishlari bilan
tanishish uchun “ezilgan tomchi” usulida preparat tayyorlanadi. Buning uchun buyum
oynasiga vodoprovod suvidan bir tomchi tomiziladi. So‘ngra o‘rganilayotgan
mikroorganizm kulturasidan ozgina olib aralashtiriladi va qoplag‘ich oyna bilan yopiladi.
Qattiq oziqa muhitida o‘stirilgan kulturani bir tomchi suvga bakteriya ilmog‘i vositasida
solib aralashtirib preparat tayyorlansa, suyuq oziqa muhitidagi bakteriya kulturasini steril
pipetka bilan olib buyum oynasiga tomiziladi va qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Demak,
ikkinchi holatda bir tomchi suvni buyum oynasiga tomizish shart emas. Olingan
tomchining hajmi shunchalik kichik bo‘lishi kerakki, qoplag‘ich oyna yopilganda
ortiqcha suyuqlik bo‘lmagani ma’qul. Aks holda ortiqchasi filtr qog‘ozi yordamida
yo‘qotiladi. Tayyorlangan preparatlar immersiya obyektivi yordamida mikroskopda
ko‘riladi.
1. Mikrokokklar preparatlarini 3-4 sutka davomida pepton agarida o‘stirilgan
Micrococcus roseus (pushti rangdagi kokklar) kulturasidan tayyorlanadi. Preparatda
ayrim yoki to‘p-to‘p bo‘lib, tartibsiz to‘plamlar holida joylashgan mayda sharsimon
hujayralar ko‘rinadi.
2. Sarsinalar preparatlarini 3 4 sutkali pepton agarida o‘stirilgan Sarcina flava (sariq
rangli) kulturasidan tayyorlanadi. Ular 8 yoki 16 ta hujayradan iborat paketlar hosil
qiladi.
3. Streptokokklar bilan tanishish uchun qatiq yoki smetanadan olib tayyorlangan
fiksirlangan, bo‘yalgan preparat ishlatiladi. Unda gomofermentativ sut kislotali bijg‘ishni
olib boruvchi Streptococcus lactis kuzatiladi.
Yog‘sizlantirilgan qatiqdan (prostokvasha) buyum oynasiga surtma tayyorlanadi,
fiksirlangandan so‘ng ishqoriy moviy metilen bo‘yog‘i bilan 1-2 minut davomida
bo‘yaladi, filtr qog‘ozi bilan quritiladi va immersiya tizimida ko‘k rangdagi sharsimon
hujayralar zanjirchalari ko‘rinadi.
4. Stafilokokklar bilan tanishish uchun tayyor fiksirlab bo‘yalgan tillasimon
stafilokokk Staphylococcus aureus preparati ko‘riladi. Bunda sharsimon hujayralarning
shingillarini ko‘rish mumkin.