Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

turlari bo’yicha ma’lumotlarga 
ega bo’lishlari kerak. 
Shuningdek talaba o’qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz turli moddalarni, asbob-
uskunalarni o’zboshimchalik bilan ishlatishi mumkin emas.
Ishning bajarilishi:
Havo turli- tuman mikroorganizmlarga boy tabiiy muhitdir. 
Ulardagi mikrooroganizmlarni aniqlash uchun har xil, oddiy va murakkab usullardan 
foydalaniladi. Oddiy usullarga Koxning “cho’kish” usuli kiradi. Bu usul bo’yicha qattiq 
oziqa muhitli Petri liqopchasi 5 minut davomida ma’lum xonada - o’quv auditoriyasida, 
koridorda, oshxonada, ochiq havoda, daraxtlarning tagida va boshqa joylarda ochiladi. 
Bu muddat ichida mikroorganizm hujayralari oziqa muhit ustiga tushadi. So’ngra Petri 
liqopchasining qopqog’i yopiladi va qopqoq ustiga kim, qachon, qaerda tajriba
o’tqazganligi yozib qo’yiladi. keyin Petri likobchasi termostatga 28-30
0
S ga qo’yib, 7 
kun mobaynida o’stirishga qo’yiladi. Qulay sharoitda oziqa muhitga tushgan hujayralar 
ko’payadi va ko’zga ko’rinuvchi to’plamlar - qoloniyalar hosil qiladi. Har bir qoloniya 
bir hujayradan hosil bo’lgan deb hisoblaniladi. Mikroorganizmlarning qoloniyalari 
shakllari, rangi, kattaligi, konsistentsiyasi, optik xususiyatiga ko’ra turli tumandir. Havo 
mikroorganizmlarini tahlil qilish vaqtida, avvalo, qoloniyalarning umumiy soni 
hisoblanadi va uning asosida havoning tarkibidagi mikroblar soni Omelyanskiy 
tenglamasi bo’yicha aniqlanadi

t
S
a
x





=
10
5
1000
100
 
Bunda: x - 1 m
3
havodagi mikroblar soni; 
a - liqopchadagi koloniyalar soni
S - liqopcha yuzi, sm
2
(78,5); 
t - vaqt, liqopcha qancha muddat ochiq turgan vaqti, min.; 
5 - Omelyanskiy hisobi bo’yicha belgilangan vaqt; 
10 -5 min davomida likobchaga o’tirib qolgan havo hajmi, l hisobida
100 - cho’kish yuz bergan yuza, sm
2
hisobida;
1000 - tekshiriladigan havo hajmi, l hisobida. 
Olingan natijalar jadval bilan solishtirib havoning tozaligi belgilanadi.
Petri idishidagi oziq muhitida bakteriyalar sonini Volfgyugel kamerasi yordamida 
aniqlash juda oson. Buning uchun kamera ichiga Petri idishi to’ntarib qo’yiladi. 
Kameraning yuqori tomonidagi oyna 1 sm
2
 
ga teng bo’lgan kataklarga bo’lingan. Petri 
idishining sathiga ro’parama-ro’para kelgan 10-20 katakchadagi koloniyalarning sonini 
sanab, 1 sm
2
sathga teng kelgan bakteriyalarning o’rtacha soni topiladi, so’ngra bu son 
idishdagi oziq muhitining umumiy sathiga ko’paytiriladi. Natija havoning mikroorganizm 


22 
bilan ifloslanganlik darajasini ko’rsatadi (22-rasm). 1 m
3
 
havo tarkibidagi 
mikroorganizmlar sonini topish uchun avval 100 sm
2
 
oziq muhitidagi mikroorganizmlar 
koloniyasini aniqlash kerak. Chunki V. S. Omelyanskiy ma’lumotiga ko’ra, 10 l
 
havo 
tarkibida bo’lgan mikroorganizmlar 5 minut ichida 100 sm
2
yuzaga o’tirar ekan. Bu 
ko’rsatkich aniqlangandan so’ng 1 m
3
,
 
ya’ni 1 000 litr havo tarkibidagi 
mikroorganizmlar sonini aniqlash juda oson bo’ladi. Masalan, Petri idishining umumiy 
sathini 70,84 sm
2
 
ga teng deb olib, tajriba natijasiga ko’ra, undagi oziq muhitida 25 dona 
bakteriya koloniyasi bor deb faraz qilaylik, u vaqtda 100 sm
2
 
yuzaga to’g’ri keladigan 
mikroorganizmlar koloniyasini aniqlash uchun quyidagicha proporsiya tuziladi: 
70,84 sm
2
–– 25 dona 100sm
2
–– X dona

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin