Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf
Laboratoriya ishini bajarishda rioya qilinadigan texnika xavfsizlik qoidalari: Laboratoriya mashg’ulotlarini bajaruvchi hamma talabalar texnika xavfsizligi bo’yicha
yo’riqnoma talablari bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim. Mazkur ishni bajarishda talaba
turli xonalardagi mikroflora, hamda gram usulida bo’yalish
turlari bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lishlari kerak. Shuningdek talaba o’qituvchi yoki laborantning
ruxsatisiz turli moddalarni, asbob-uskunalarni o’zboshimchalik bilan ishlatishi mumkin
emas.
Mikroblarni bo’yashning bu usulini birinchi bo’lib 1884 yilda daniyalik olim Xristian
Ioaxim Gram ta’riflagan va bu usul hozirgacha saqlanib kelgan. Gram usulida yosh
hujayralar yaxshi bo’yaladi, qarilari bunday xossaga ega emas. Bakteriyalarning Gram
usulida bo’yalishi hujayralar devorining, sitoplazmaning kimyoviy tarkibiga va muhit rN
ga bog’liq bo’ladi.
Bakteriyalarning Gram usulida bo’yalishi yoki bo’yalmasligi ularning muhim
taksonomik belgisi bo’lib,ana shunga ko’ra bakteriyalarning hammasi grammusbat va
garmmanfiy turlarga bo’linadi.
Grammusbat mikroblar tarkibida DNK ga nisbatan taxminan 8 marta ko’p RNK, 50%
gacha (massasi bo’yicha) teyxoy kislotalar bo’ladi, sitoplazmasi kislotali reaktsiyaga
kirishadi (rN 2-3). Grammanfiy mikroblarning ko’p qavatli hujayrasi devori tarkibiga
aromatik, oltingugurt tutuvchi va boshqa aminokislotalar kiradi, sitoplazmasi kuchsiz
kislotali reaktsiyaga ega (rN 5) va DNK bilan RNK taxminan bir xil miqdorda bo’ladi.
Grammusbat mikroblar hujayrasi devorida peptidglikan (murein) ko’p (hujayra quruq
massasining 80% gacha) bo’lib, etil spirt bilan ishlov berilganda uning teshiklari torayib,
gentsian fiolet bo’yog’ining yod ishtirokida hujayra komponentlari bilan o’zaro ta’siri
natijasida hosil bo’lgan kompleksning tashqariga chiqishiga to’siqlik qiladi.
Bundan tashqari, grammusbat bakteriyalarning yuqori (yuza, tashqi) qavatida ribonuklein
kislotaning magniy tuzi bo’lib, u ishqoriy muhitda yod ishtirokida asosiy bo’yovchi
moddalar (gentsianfiolet, metilfiolet) bilan mustahkam birikma hosil qiladi. Shuning
24
uchun grammusbat mikroblar bo’yoqni mustahkam tutib qoladi va binafsha rangga
bo’yaladi.
Grammanfiy bakteriyalarda esa bunday birikma hosil bo’lmaydi, shuning uchun etil spirt
ta’sirida ular tezda rangsizlanadi va bo’yovchi modda yuvilib ketadi.