Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Ishning bajarilishi: 
Yog’sizlantirilgan buyum oynasida har xil mikroorganizmlardan 3 
ta mazok tayyorlanadi: o’rtada – tekshiriladigan kulturaning mazogi, chapda va o’ngda 
kontrol mazoklar (masalan, Bacillus subtilis ning musbat bo’yaluvchi hujayralari va 
Escherichia coli ning bo’yalmaydigan hujayralari). Aniqlash uchun faqat yosh, asosan bir 
kunlik kulturalardan foydalaniladi. Mazok yupqa qilib tayyorlanadi, hujayralar oyna 
yuzasiga bir tekis yoyiladi, keyin quritilib, gorelka alangasiga tutib fiksirlanadi. 
1 usul. Fiksirlangan mazok ustiga filtr qog’oz orqali karbolli gentsian violet bo’yog’i 
quyiladi va 1-2 minut davomida bo’yaladi. Keyin filtr qog’oz olib tashlanadi va bo’yoq 
moddani to’kib olib, preparatni suv bilan yuvmasdan, to qorayguncha 1-2 minut 
davomida Lyugol eritmasi bilan ishlov beriladi. Shundan so’ng uni rangsizlantirish 
uchun 0,5-1,0 minut davomida 96% li etil spirt bilan yana ishlov beriladi. Bunda oynani 
sekin qimirlatib turib spirt quyiladi va u bir necha marta almashtiriladi. Hujayralar juda 
ham rangsizlanib ketmasligi uchun spirtga yod qo’shiladi (100 ml etanolga yodning 10% 
li spirtli eritmasidan 2 ml qo’shiladi). Keyin preparatni suv bilan yuvib, yana 1-2 minut 
davomida suvli fuksinda qo’shimcha bo’yaladi. So’ngra bo’yovchi eritmani to’kib olib, 
preparat suv bilan yana yuviladi, quritiladi va mikroskopning immersion sistemasida 
ko’riladi. Agar to’g’ri bo’yalgan bo’lsa, grammusbat bakteriyalar ko’k-binafsha rangga, 
grammanfiy bakteriyalar qizil rangga kiradi. 
2-usul (Xuker modifikatsiyasi). Bunda mazoklar 1 minut davomida kristal holdagi fiolet 
bo’yog’i bilan (1-ilova) tez, 3-4 sekund davomida bo’yaladi. Keyin bo’yovchi eritmani 
to’kib, preparat yuviladi, suvning ortiqchasi chiqarib yuboriladi, so’ngra 1 minut 
davomida Lyugol eritmasi bilan ishlov beriladi. Shundan keyin Lyugol eritmasini yuvib 
tashlab, preparat suv bilan yaxshilab yuviladi va xuddi 1 usuldagi kabi, taxminan 30 
sekund davomida 96% li spirt bilan rangsizlantiriladi. Bunda to rangi yo’qolguncha 
spirtni sekin asta tomizib turiladi. Keyin spirtni suv bilan yuvib, preparatga 30 sekund 
davomida safranin bilan ishlov beriladi. So’ngra bo’yovchi eritmani to’kib, preparat suv 
bilan yuviladi, quritiladi va mikroskopning immersion sistemasida ko’riladi. To’g’ri 
bo’yalgan bo’lsa, grammusbat bakteriyalar ko’k, grammanfiy bakteriyalar qizil rangga 
kiradi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin