26
qatlamlarda bular kam bo’ladi, chunki tuproq tabiiy fil’tr
vazifasini bajaradi va
bakteriyalarni yer osti suvlariga kam o’tkazadi.
Tuproqda turli-tuman fiziologik gruppalarga mansub bo’lgan aeroblar, anaeroblar,
saprofitlar, nitrifikatorlar,
azotfiksatorlar, sellyulozani parchalovchilar, oltingugurt
bakteriyalari, spora hosil qiluvchilar va spora hosil qilmaydigan vakillari keng tarqalgan.
Yil fasllariga qarab tuproqdagi mikroorganizmlar soni ham o’zgarib turadi .
Ishning bajarilishi:
Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun 5
g
tuproq olib, 250 ml
hajmli kolbaga solinadi. SHu kolbaga 50 ml
sterillangan suv
qo’shib 5 minut chayqatgandan so’ng 1-2 minut tindiriladi. So’ng buyum oynasiga eni 1
sm
va uzunligi 4 sm
keladigan kvadrat chizib, unga yuqorida tayyorlangan eritmadan
0,01 ml
olib bir tekisda yuqtiriladi. Bu mazok quritilgandan so’ng absolyut spirt eritmasi
bilan yoki spirt lampa
alangasida fiksasiyalanib, karbol kislota (fenol) da eritilgan
eritrozin bo’yog’i bilan bo’yaladi. 30 minutdan keyin bo’yoq yuvilib, preparat quritiladi
va bir tomchi kedr moyi tomizib immersion ob’ektiv orqali mikroskopda kuzatiladi. Endi
1 g
tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun quyidagi ishlar bajariladi.
1. Mikroskop orqali ko’ringan doiraning umumiy sathi aniqlanadi. Buning uchun
okulyar mikrometr yordamida doira radiusi aniqlanib, tubanda ko’rsatilgan
formula
asosida doiraning umumiy sathi topiladi:
S = p r
2
Bunda, S-istalgan doira yuzasini:
P
-3,14 (3,14159) irrasion son-doira aylanasining doira diametriga bo’lgan
nisbatini bildiradi;
r
2
-doira radiusini ifodalaydi.
Masalan, doira radiusini 0,075 yoki 0,08 nm
ga teng deb olib,
yuqoridagi
formula asosida doiraning umumiy sathi topiladi:
S =
p
r
2
; S = 3,14 x (0,08)
2
= 3,14 x 0,0064 = 0,020094.
Demak, mikroskopda ko’ringan doiraning umumiy sathi 0,020094 yoki 0,02
mm
2
ga teng deb olindi.
2. Mikroskop doirasida ko’ringan mikroorganizmlar soni sanaladi. Bu ishni
bajarish uchun ularning doira ichidagi soni aniqlanib daftarga yoziladi. So’ng
stolchani harakatlantiradigan vintlar yordamida preparatni siljitib, uning boshqa joyida
ko’ringan doira ichidagi mikroorganizmlar soni ham daftarga yozib qo’yiladi. SHunday
tarzda, preparatni harakatlantirib, 50-100 doiradagi
mikroorganizmlar soni
aniqlangach, ularning o’rtacha soni topiladi. Faraz qilaylik, kuzatilgan 50 doira ichida
1500 dona mikroorganizm bo’lsa, bitta doira ichidagilarining o’rtacha soni: 1500 :
50 = 30 dona bo’ladi. Demak, olingan tajriba dalillariga asoslanib, bitta doira ichidagi
mikroorganizmlar soni 30 dona deyish mumkin.
3. Yuqoridagi sonlarga asoslanib, tajriba o’tkazilayotgan buyum oynasining 4
sm
yuzasiga yuqtirilgan yoki 0,01 g (ml)
aralashma ichidagi
mikroorganizmlarning
umumiy sonini aniqlash uchun quyidagi tenglamadan foydalanamiz:
0.02 mm
2
– 30 bona bakteriya
4sm
2
= 400 mm
2
– x dona bakteriya x = 400 x 30 / 0,02 = 600 000 dona
1 g tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun tubandagi
tenglamadan foydalanamiz (buning uchun 0,01 ml
aralashmadagi tuproqning og’irligini
0,001 g
ga teng deb olamiz):
0,001g – 600000
1 g – x
x = 1 x 600 000 / 0,001 = 600 000 000 dona
27
Demak, tekshirilgan tuproqning bir gramida 600 000 000
dona mikroorganizm
borligi aniqlanadi.
Tuproq hosil bo’lish protsessida tirik organizmlarning: bakteriyalar, zamburug’lar,
infuzoriyalar, suvo’tlar, o’simliklarning ildizi va bir qator hayvonlarning ahamiyati
nihoyatda kattadir.
Dostları ilə paylaş: