Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Sof kulturalarni ajratib olish.
Sof kultura boyitilgan kulturalardan ajratib olinadi. Uni 
alohida qoloniyadan yoki yakka hujayradan ajratib olish mumkin. Alohida qoloniyadan 
ajratib olish usuli R. Kox tomonidan taklif etilgan. Aerob mikroorganizmlarning sof 
kulturasini ajratib olish uchun qattiq muhit yuzasiga boyitilgan kulturadan eqiladi. Ekish 
uchun Drigalskiy shpatelidan foydalaniladi. Bunda bir tomchi boyitilgan kultura dastlab 
birinchi Petri liqopchasi yuzasidagi muhitga so’ngra 2, 3, 4 chi liqopchalardagi 
muhitlarga birin - ketin shpatel yordamida surtiladi. Shu tarzda ekilganda, odatda, 
inkubatsiya davridan so’ng ohirgi liqopchalarda alohida qoloniyalar o’sib chiqadi. 
Ularning tozaligini aniqlash uchun bir qancha usullar mavjud: vizual, mikroskopik 
nazorat va oziqli muhitlarga ekish yo’llari va h.k.
Olingan bilim va malakadan kelajak ish faoliyatda foydalanish: 
Mikroorganizmlar 
hamma joyda mavjuddir. Ma’lum bir jarayonda ishtirok etuvchi mikroorganizm turini 
ajratib, uning xususiyatlarini o’rganish uchun uni ma’lum bir tarkibdagi ozuqa muhitida 
ko’paytirib olish kerak bo’ladi. Buning uchun turli namunalar turli tarkibdagi ozuqa 
muhitlariga ekilib, bakteriyalarning boyitilgan kulturalari olinadi va ularning 
xususiyatlari o’rganiladi. Olingan bilim va malakalardan mikrobiologiyaning turli 
sohalarida izlanishlar olib borilgandagi faoliyatda foydalaniladi. 
Ishni bajarish uchun ruhsat olish savollari: 
1.Boyitilgan kultura so’zining ma’nosi

2.Ozuqa muhitlarining
qanday turlari mavjud

3.
Boyitilgan kultura olishdan maqsad
nima? 
4.
Mazkur ishdan maqsad nima? 
Nazorat savollar:
1.Toza kultura deganda nima tushuniladi? 
2.Mikroorganimzlarni toza kulturalarinin
g ahamiyati nimadan iborat? 
3.Laboratoriya mashg’ulotlarida qanday ozuqa muhitlari keng qo’llaniladi? 
4.Mikroorganimzlar toza kulturalarini olishdan maqsad nimadan iborat? 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin