33
16-17– Laboratoriya ishi: Ammonifikatsiya jarayoni va bu jarayonning
mikrobiologik asoslarini o’rganish. Ammonifikatsiya jarayonini amalga oshiruvchi
mikroorganizmlar tahlili (2s
)
Mashg’ulotning maqsadi
: Ammonifikatsiya jarayoni va
ammonifikatorlarning turli-
tumanligi bilan tanishish.
Mazkur laboratoriya ishi
ammonifikatsiya jarayonida ishtirok
etuvchi
mikroorganizmlarni
o’rganishga bag’ishlangan. Laboratoriya ishini bajrishdan
maqsad turli muhitlardan ozuqa muhitlariga namunalarni ekib,
ammonifikatsiya
jarayonida ishtirok etuvchi mikroorganizmlarning morfologik tuzilishi, o’ziga
xosligi
haqida axborotga ega bo’lish.
Kerakli jihozlar va reaktivlar:
MBR-1 mikroskop, okulyar, ob’ektiv, immersion moy,
buyum va qoplagich oyna, bakteriologik halqa, mikrobiologik ob’ekt, steril ozuqa muhit,
dezinfiktsiyalovchi modda, termostat
Laboratoriya ishini bajarishda rioya qilinadigan texnika xavfsizlik
qoidalari:
Laboratoriya mashg’ulotlarini bajaruvchi hamma talabalar texnika xavfsizligi
bo’yicha yo’riqnoma talablari bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim.
Mazkur ishni
bajarishda
talabalar
ammonifikatsiya
jarayonlarida
ishtirok
etuvchi
mikroorganizmlarning morfologik tuzilishi xaqida ma’lumotlarga
ega bo’lishlari kerak.
Shuningdek talaba o’qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz turli moddalarni, asbob-
uskunalarni o’zboshimchalik bilan ishlatishi mumkin emas.
Hayvon va o’simliklar hayot faoliyati natijasida tuproq va suv havzalariga ko’p miqdorda
oqsil
moddalari tushadi, lekin ular to’planmaydi, balki mikroorganizmlar yordamida
parchalanadi.
Har xil azotli organik birikmalarning mikrobiologik jarayon ta’sirida ammiak
ajralishi bilan o’tadigan minerallashuvi ammoniylashtirish deyiladi.
Ammoniylashtirishga oqsil, nuklein kislotalar, mochevina, xitin, gumus moddalar
uchraydi. Oqsillarning ammoniylashuvi (chirishi) jarayoni
har xil chirituvchi
mikroorganizmlar- aerob va anaerob ammonifikatorlar tufayli sodir bo’ladi. Bularga
sodda hayvonlar, zamburug’lar, aktinomitsetlar va xilma-xil bakteriyalar kiradi.
Faol ammonifikatorlarga spora hosil qiluvchi va sporasiz bakteriyalar kiradi.
Oqsil moddalarning parchalanishi mikroorganizmlarning proteolitik fermentlari
yordamida quyidagi tartib bo’yicha boradi: oqsil
→
polipeptid
→
aminokislota
→
ammiak.
Aminokislotalar parchalanish
jarayonida dekarboksillanishga, dezaminirlanishga
uchraydi. Bu hollarda dezaminirlanish esa to’g’ri, gidrolitik, oksidlanuvchi va
qaytariluvchi bo’lishi mumkin.
Bunda ammiakdan tashqari turli moddalar hosil bo’ladi,
bularning orasida
gazsimon hamda yog’imsiz hidli moddalar hosil bo’ladi. Masalan, oltingugurt tutuvchi
aminokislotalar (metionin va sistein) parchalanganda sulfid vodorod hosil bo’ladi, siklik
aminokislota triptofan parchalanganda - yoqimsiz najaz hidiga ega fenol va boshqa
moddalar hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: