Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Kerakli jihozlar va reaktivlar: 
MBR-1 mikroskop, okulyar, ob’ektiv, immersion moy, 
buyum va qoplagich oyna, bakteriologik halqa, mikrobiologik ob’ekt, steril ozuqa muhit, 
dezinfiktsiyalovchi modda, termostat. 
NATIJA:_________________________________
_________________________________________
_________________________________________
_________________________________________
_________________________________________
_________________________________________ 


30 
Laboratoriya ishini bajarishda rioya qilinadigan texnika xavfsizlik qoidalari: 
Laboratoriya mashg’ulotlarini bajaruvchi hamma talabalar texnika xavfsizligi bo’yicha 
yo’riqnoma talablari bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim. Mazkur ishni bajarishda 
talabalar 
turli 
mikroorganizmlarni, 
asbob-uskunalarni 
zararsizlantirish, ya’ni 
mikroorganizmlardan xoli qilish usullari, sterilizatsiya amalga oshiriladigan asboblarning 
tuzilishi haqida 
ma’lumotlarga 
ega bo’lishlari kerak. Shuningdek talaba o’qituvchi 
yoki laborantning ruxsatisiz turli moddalarni, asbob-uskunalarni o’zboshimchalik bilan 
ishlatishi mumkin emas.
Ishning bajarilishi: 
Sterillash (lotincha sterilis - naslsiz) fizik va kimyoviy usullar 
yordamida mikroorganizmlarni o’ldirishdir. Mikrobiologiya amaliyotida sterillash eng 
asosiy va zarur usullardan biridir. U faqat sterillanayotgan ob’ektning sirtidagi 
mikroorganizmlarni o’ldiribgina qolmay, balki ob’ekt ichidagi mikroorganizmlarni ham 
o’ldiradi. Oziqli muhitlar, idishlar, har xil asboblar va boshqa narsalar sterillanadi. Klinik 
va profilaktik tibbiyot uchun sterillashning ahamiyati katta. Mikroorganizmlarni o’ldirish 
oziq moddalarni konservalashning asosidir. Sterillashning turli usullari bor: bug’, havo, 
kimyoviy, ion nurlanish va boshqa usullar. Qaysi usulni tanlash o’rganilayotgan ob’ekt, 
uning qo’llanilishi va qanday apparatura borligiga bog’liqdir. Sterillash usuli asosan 2 
guruhga bo’linadi: issiq sterillash, sovuq sterillash.
Issiq sterillash: a) flombirlash - olovda qizdirish, 
b)quruq issiq ta’sirida sterillash,
v) qaynatish - ayrim buyumlar (metall asboblar, filtrli membranalar) ba’zan distillangan 
suvda uzoq qaynatish davomida sterillanadi,
g) o’tuvchi par yordamida bug’lash - bu usulda sterillash me’yoridagi bosimda Kox 
apparatida amalga oshiriladi,
d) pasterizatsiya - qisman sterillash yoki to’liq bo’lmagan sterillash bo’lib, uni birinchi 
bo’lib Paster tavsiya qilgan, 
y) avtoklavda bosim ostida to’yingan bug’ yordamida sterillash (avtoklavlash). Bu 
usuldan amalda keng foydalaniladi, hususan meditsina va mikrobiologiya amaliyotda 
keng qo’llaniladi. Avtoklavlash asosan materiallarni termik kamerada, atmofera bosimi 
yuqori bo’lgan to’yingan bug’ yordamida qizdirishga asoslangan. 
Sovuq sterillash usullari:a) filtrli sterillash mikrobiologiya amaliyotida keng
qo’laniladi:Zeytts filtrlari, shamberlan, shishadan qilingan filtrlar, membranali filtrlar),
b) ultrabinafsha nurlar,
v) gazli sterillash(ular turli gaz aralashmasi yordamida maxsus germetik yopiladigan 
apparatlarda olib boriladi,eng samarali aralashma etilen oksidi va metil bromiddir),
g) dezinfektsiya.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin