Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Modernizm adabiy oqimimng hozirgi adabiy jarayonga
ta‘siri va xususiyatlari.
2.Faxriyor she‘riyatida modern ohanglari va badiiy ifodasi.
3.Abduvali Qutbiddin she‘riyatida sharq mumtoz
an‘analariga yangicha yondoshuv va modern talqinni izohlang.
4.Bahrom Ro‘zimuhammad she‘riyati va modernizm
an‘analari.
5.Go‗zal Begim, Oydiniso she‘riyatida modern talqin
xususiyatlari.
Adabiyotlar:
1.Норматов У. Бугунги насримиз йўллари. Қаранг:
Умидбахш тамойиллар. – Тошкент, 2000. Маънавият, 29-67-
бетлар.
2.Йўлдошев Қ. Кичик жанрдаги катта ютуқлар.
Қаранг: Ёниқ сўз. Адабий ўйлар. – Тошкент, 2006. 130-152-
бетлар.
3. Холбеков М. ХХ аср модерн адабиѐти манзаралари.
Мақолалар тўплами. – Тошкент, ―Мумтоз сўз‖, 2014. 14-40-
бетлар.
4.Жўраев Т.Онг оқими модерн. – Фарғона ―Фарғона‖
нашриѐти, 2009. 3-28-бетлар.
5.Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М.
Адабиѐтшунослик луғати. – Тошкент, ―Академнашр‖, 2010.
176-179-бетлар.
65
5-MAVZU
HIKOYACHILIK TARAQQIYOTI VA
RAMZIY TALQIN
Reja:
1. Bugungi davr adabiyotida hikoya janrining xarakterli jihatlari.
2. Bugungi o‗zbek adabiyotida ramziy majoziy hikoyalarning
badiiy poetik xususiyati.
3.X.Do‗stmuhammadning ―Jajman‖ hikoyasida ramziy-majoziy
talqin.
4. Nazar Eshonqulning ―Maymun etaklagan odam‖, ‖Shamolni
tutib bo‘lmadi‖ hikoyalarida inson qismati va fojiasi talqini.
5.A.Yo‗ldoshevning ―Puankare‖ hikoyasida inson va davr
talqini
Tayanch so‘zlar:
glaballashuv jarayoni va adabiyot,
jarayon, talqin, ifodalash, o‗zbek hikoyalari, poetik tafakukur,
mavzu, ramziylik, majoziylik.
Mustaqillik davrida yaratilgan hikoyalarni o‗rganar
ekanmiz, o‗zbek hikoyanavisligi alohida shaxslar olamini,
ularning o‗ziga xos tuyg‗ularini aks ettirish borasida qator
yutug‗larni qo‗lga kiritganligiga amin bo‗lamiz. To‗g‗ri, har bir
odamning o‗zi alohida shaxs. Ayni chog‗da, u o‗zigagina xos
olamga, intellektual – ruhiy holatga ega. Shu jihati yuksalgan
sayin inson o‗ziga xos xislatlarini, o‗z individualligini yanada
teranroq, yorqinroq aks ettiradi. O‗zbek yozuvchilari ana shu
hayot haqiqatini o‗z ruhiyatini taftish etib, o‗zligini anglashga
intiladigan qahramonlar yaratish orqali badiiy haqiqatga
aylantirishga erishayotganliklarini Erkin A‘zam, Xayriddin
Sultonov, Xurshid Do‗stmuhammad, Nurillo Otaxonov, Olim
Otaxonov, Salomat Vafo, Zulfiya Qurolboy qizi yaratgan
hikoyalar orqali kuzatish mumkin.
66
Insonni kutilmagan holatlarga tushib qolishi va avval sira
kechirmagan
kechinmalarni
his
qilish
kabi
murakkab
vaziyatlarni tasvirlash E.A‘zamning «Bizning tog‗a» va
«Ta‘ziya» hikoyalariga ham xos. Hikoyada bolaligidan
izzattalab bo‗lib o‗sgan, hammani o‗zi bilan hisoblashishga
majbur qilishga urinadigan tog‗a obrazi birda mehr, birda
nimkulgu bilan tasvirlangan. Uning asl maqsadi noma‘lum va
tushunarsiz, uni to‗la-to‗kis anglash g‗oyat mushkul. Tog‗aning
o‗ziga yarasha fe‘li, mol-holi, yashash tarzi mavjud. Shunday
bo‗lsa-da, jiyani Amir bilan bir umr kelisha olmaydi, uning
alamini oshirish, qolaversa, jiyanidan bir pog‗ona «yuqori»
ekanini anglatib qo‗yish maqsadida qasdma-qasdiga ko‗shkli
imorat tiklashga urinadi.
Kezi kelganda bor kibr - havosini, jiyaniga «raqiblik»
tuyg‗usini unutib, «jigarchilik» yo‗lini tutadi. Amirning saroyiga
o‗t tushganida o‗g‗liga atab qurayotgan imoratini ham chala
qoldirib, jiyanining vayron bo‗lgan joyini tiklashga kirishadi,
unga ich-ichidan achinib mehribonlik ko‗rsatadi. Bunday
o‗rinlarda, yozuvchi o‗zbek xalqiga xos odamiylik, saxovat,
bag‗rikenglik kabi ulug‗ fazilatlarni ma‘naviy qadriyat tarzida
millat ongiga, ruhiyatiga singib ketganligini haqqoniy
gavdalantirgan. Voqyea – hodisalar silsilasida tog‗a yana shuni
anglab yetadiki, odam qadrini boshqa odamning anglashi g‗oyat
qiyin ekan, o‗z qadringni o‗zgalarga majburan anglatish esa
undan mushkul. Odamlar hamisha bir-birlariga suyanib
yashaydilar, o‗zlari bilib – bilmagan holda bir – birlaridan
madad, mehr – oqibat kutadilar. Faqat boshlariga fojea tushgan
kezlardagina bu hayot haqiqati oldida bosh egadilar, o‗zgalar
mehriga zoriqishni his qiladilar. Asardagi tog‗a va jiyan
munosabatlari ayni shu haqiqatni ifoda qiladi. Muhimi, yozuvchi
67
o‗z qahramonlarini «g‗oya tashuvchi» vositaga aylantirmagan,
o‗ziga xos xislatlari, fazilat-u nuqsonlari bilan Haqqoniy va
tabiiy gavdalantirishga erishgan. Tog‗aning har bir xatti–
harakati o‗z qiyofasi mantig‗iga mos, tabiatidan kelib chiqadi. U
barchani va barcha hodisalarni o‗z ko‗zi bilan ko‗rib, o‗ziga xos
mushohada qiladi.
Hodisalarga, odamlarga ham boshqalar kabi emas, o‗ziga
xos munosabat bildiradi. Aynan shu betakror jihati bilan u
kitobxon qalbidan joy oladi. Yozuvchi o‗z qahramoni orqali
atrofdagi odamlarni o‗zimizga ma‘qul kelish yo kelmasligiga
qarab emas, balki boricha, qanday yaratilgan bo‗lsa
shundayligicha, ziddiyatli va murakkab inson sifatida qabul
qilish zarurligini, muhimi, insonni anglash ekanini ta‘kidlaydi.
Zotan,
bu
xususiyat
milliy
mustaqillik davri o‗zbek
hikoyachiligi taraqqiyotini ta‘minlovchi muhim xususiyatdir.
Shunisi ham borki, insonni tushunishga da‘vat etish insonni
anglash falsafasini talab qiladi. Insonni tasvirlash orqali esa ana
shu hayot falsafasi yaratiladi. Zotan, adabiy janr taraqqiyotining
yangi davrida hodisalarga va inson shaxsiga yondoshish
tamoyillarining o‗zgarib, takomillashib borishi tabiiy va zaruriy
jarayon hisoblanadi. Ammo, badiiy ijodning azaliy qonunlari
barcha davrlar uchun o‗zgarmasdir: yozuvchi voqeanavis emas,
insonshunos sifatida ish ko‗rib, inson qalbi haqida aytilmagan
haqiqatlarni badiiy kashf etsagina, u yaratgan asar estetik
qimmat kasb etadi. «Ta‘ziya» hikoyasida yozuvchi Erkin A‘zam
davr tazyiqlari ostida ichi boshqa-yu, surati boshqa, qo‗rqoq
odamga aylanib qolgan inson fojeasini butun dahshati bilan
tasvirlashga erishgan. «Ta‘ziya» hikoyasida odam va u
tushungan g‗oya, zamona va uning yo‗rig‗iga yurish
mashaqqatlari aks ettirilgan. O‗zini Hammadan ko‗ra dahriyroq
68
ko‗rsatishga intiladigan Salim qarorning, aslida, xudojo‗y va
taqvodorligi, sirli hayoti, nomunosib o‗limi kabi holatlar asarda
ota-bola suhbatdoshlar hamda ovul kishilari munosabati
asnosida ko‗rsatiladi. Shunisi borki, garchi Salim qaror
hikoyachining xotirasi orqali o‗quvchilarga yuzma-yuz
keltirilsa-da unga xos jihatlar bir muncha ta‘sirli tasvirlangan.
Hikoyada e‘tiqodini yashirib yurishga majbur bo‗lgan, ichi
va tashi boshqa bo‗lgan qo‗rqoq odam fojeasi ancha mahorat
bilan chizilgan. Mustaqillik yillarida yaratilgan hikoyalar
orasida Xurshid Do‗stmuhammadning «Jimjitxonaga yo‗l» asari
ham e‘tiborga sazovar. Bu asar o‗zbek hikoyachiligida nazira
sifatida bitilgan birinchi asardir. Hikoya orqali inson
tuyg‗ulariga
xos
jilvalarni
nozik
ilg‗aydigan
mohir
yozuvchining qalb harakatlari sezilib turadi.
«Nusxakashning merosxo‗ri» hikoyasida hayoti fojeali
burilish pallasini kechirayotgan shaxsning murakkab, tahlikali
holati mahorat bilan aks ettirilgan. Badiiy ijod – bu nusxa
ko‗chirish ham, yashash vositasi ham emas, balki yurakdagi
dardni
ifodalash
ekanligi
asardagi
murakkab
taqdirli
qahramonlar misolida ko‗rsatilgan.
Yozuvchi Xurshid Do‗stmuhammad o‗z hikoyalari orqali
xilma-xil epik tafakkur namunalarini yaratishga erishayotgan
iste‘dodli ijodkorlardan biridir. Uning «Jajman» nomli hikoya
va qissalar to‗plamiga kirgan ―Mahzuna‖ fsidagi o‗zbek ayoli
obrazi milliy qiyofasi fikrlash tarzi xususiyatlari bilan tom
ma‘nodagi pokizalik ramzi oyoq osti qilinayotgan, yuz
o‗girilayotgan tabiiylik, halollik, poklik, ayol sha‘ni, qadru
qimmati haqida o‗ylashga undaydi.
Erining «kollektivi» bilan ziyofatda uchrashgan Mahzuna
zamonaviy ayollarning behayolarcha o‗yin tushishi-yu, kap-
69
katta erkaklarning yoshiga nomunosib yengiltakliklarini ko‗rib
hushidan ayrilayozdi. Bo‗ri Sobitovichning bezbetlarcha
tikilishi, ayollarga yalpoqlanib, takalluf ko‗rsatishi, ayolu
erkaklarning mast-alast gap so‗zlari Mahzunaning ko‗z oldini
qorong‗ulashtiradi. «Bu orada u paltoni kiyib ulgurdi. Mahzuna
chap yelkasida qo‗lansa isni tuydi, paltoni kiyib ulgurmay, ikki
kaft ikki yelkasidan qisib ushlaganini, boyagi qo‗lansa is
purkayotgan
og‗iz
yonog‗iga
tekkudek
yaqinlashib,
«qo‗ng‗iroqlashamiz» deganini eshitdi... Mahzuna orqasida
o‗lim sharpasi g‗oyadek turganini, u sovuq barmoqlari bilan
hademay bo‗g‗a boshlashini oldindan bilganday va taqdirga tan
berganday ilkis bo‗shashdi – qo‗l–oyog‗idan mador ketdi,
boshidan xushi uchdi».
Xo‗sh, nima sababdan Mahzuna bunday ruhiy iztirobni
boshdan kechirdi? Boshqa ayollar kabi befarq, loqayd holda
atrofdagilarga sirtdan xushmuomalalik, takalluf ko‗rsatib,
indamay ketaversa bo‗lmasmidi? Yoki ziyofatdagilarning
o‗zlarini tutishlari hali «yosh, hayot ko‗rmagan» ayolga
botmadimi? Balki Bo‗ri Sobitovich yoki uning rafiqasi
aytganiday, bunday o‗tirishlarga tez-tez kelib tursa, ko‗nikib
ketar? Ular kabi bezbetlashib, behayo lo‗ttibozlarning,
andishasiz laganbardorlarning biriga aylanar? Balki shu
ma‘noda yoshi ulug‗ bo‗lsa-da, suyuq ongli rahbar unga
«telefonlashamiz» degan taklifni shipshigandir? «O‗shandagina
Mahzunaning miyasida yashin chaqnagandek bo‗ldi, indamay –
netmay hiring–hiringlab qo‗lini unga tutayotgan ayollardan
nafratlandi, o‗zini Maqsudjon akasining panasiga oldi»...
«...sharillab oqayotgan suv ostiga boshini, yuzini, yelkasini,
chap yonog‗ini tutgunga qadar chidadi... ichidan qattiq o‗qchiq
keldi, yo‗taldin va chiroq nurida simobdek yiltirab tushayotgan
70
suvga, oppoq vannaga, oppoq devorga... oppoq badaniga
qarashdan uyalib kaftlarini yuziga bosgancha o‗ksib-o‗ksib,
xo‗ngrab yubordi... «Kelishganmish!.. Turqing qursin, sovuq!..
Suyuq!.. o‗lganim yaxshimasmi!. E!..». Yo‗q, Mahzuna singari
ayollar hayo pardasidan nariga chiqmaydi, o‗lsa ham o‗z
sha‘nini, ayollik or-nomusini bulg‗amaydi. Agar aksincha holat
yuz bersa-chi? Barcha ayollar erkaklarga taqlid qilib kiyinsa,
ziyofatlarda xushiga kelganicha cho‗qishtirib ichsa, istagan
erkak bilan hech bir tortinmay, seskanmay raqs tushsa, begona
erkakka yelka tutsa, qo‗l cho‗zsa va bularni «zamonaviylik»
pardasiga o‗rab, loqayd erga bepisand xotin bo‗lib
yashayversa?! Yozuvchi kitobxonni xushyor torttiruvchi
savollarni Mahzunaning iztirobli xo‗ngrab yig‗lashlari tarzida
ko‗ndalang qo‗ydi, uning alamli hayollari orqali ifoda etadi.
Ogoh bo‗l, inson! o‗zligingni unutma, diyonatdan, poklikdan
yuz o‗girma, bu mo‗tabar tushunchalarni xatlab o‗tma!
Ezgulikni mahv etishga uringan mahluq – Jajman haqidagi
hikoyasida esa yozuvchi Xurshid Do‗stmuhammad uzoq o‗tmish
va bugungi kunni bog‗lovchi nuqtalarda turib tasvir yaratganga
o‗xshaydi. Zardo‗sht bobo bilan uning atrofidagi olamon,
tekinxo‗r balo Jajman go‗yo biz yashaydigan davr illatlarining,
ezgulik va yovuzlikning ramziy timsollari. o‗z kunini o‗zi bozor
rastalarida Jajman paydo bo‗lishi bilan o‗g‗irlik, vahima, dod-
faryod yuz beradi. Keksa Zardo‗sht bobo yuz berayotgan
hodisalarni kuzatar, xudolarga iltijo qilib ogohlik tilar,
Jajmanning xiylalari esa kundan-kun ortar edi.
Yozuvchi ramzlashtirish san‘atidan foydalanib, xalollikka
aralashgan xaromdan qutilish, uning oqibatlarini daf qilish
nechog‗lik mushkul ekanini ro‗y-rost tasvirlaydi. Jajmanni tutish
va o‗ldirishga chog‗langan olamonning holati, mahluqning
71
uddaburonligi, Zardo‗sht boboning anduhli o‗y-kechinmalari
hikoyada nihoyatda ta‘sirchan manzaralar orqali tasvirlangan.
Ming mashaqqat bilan butun bir olamon bitta mahluqni arang
o‗ldirdi! Ammo olamonning o‗pishgan, yig‗lashgan Holdagi
sevinchi uzoqqa cho‗zilmadi. «Shu ko‗zlar, shu nigohlar o‗ngida
to‗zon bosildi, bosildi va devorning tepasida o‗raning og‗zidek
qora tuynuk ko‗rindi... qanday hodisa yuz berayotganiga fahmi
yetmagan olamon hang-mang bo‗lganicha qotib turar, biron zot
qilt etishga jur‘at topolmasdi o‗zida... Ana shunda qora
tuynukdan bir juft bahaybat hovuch ko‗rindi... hovuchlar
ichkariga suqilib kirdi-yu, ulardan hozirgina bazo‗r, ming bir
azobda o‗ldirilgan Jajmanga ikki tomchi suvdek o‗xshash
boshqa bir Jajman sakrab yerga tushdi».
Hayotimizga
aralashib,
sezdirib,
sezdirmay
kirib
kelayotgan Jajmanlar – tekinxo‗rlik, balo, ofat, xaromxo‗rlik
timsolidir. Ular juda tezlik bilan odamlarni o‗z domiga ilintirib,
o‗zi kabi tekinxo‗r va xaromxo‗rga aylantirib qo‗yadi. Eng
dahshatlisi, odamlar orasidan ularni quvib solish yoki mahv
etish g‗oyat mushkul. Bu yovuzlik zurriyotlari asrlar, davrlar
osha ezgulik farzandlari bilan kurashib, ular orasiga vahima,
ishonchsizlik kabi turli xil nifoqlar solib kelmoqda. Bugungi
kunda esa ular odamlarni halol va xaromni ajrata olmaydigan
qilib qo‗yishganday. Zardo‗sht bobo kabi «har daqiqada: Ogoh
bo‗l, inson! - deya bong urishi darkor, chunki bir muddat
ogohlikni unutsak, o‗nglab Jajmanlar bizni haq yo‗lidan
adashtirishi mumkin!
Demak, shaxslikning mohiyatini yangicha uslub va talqinda
berish tendensiyasi bugungi nasrimiz, xususan, o‗zbek
hikoyalarida bor buy-basti bilan namoyon bo‗lmoqda. Bugungi
72
kun hikoyalari qahramoni o‗z-o‗zini taftish etib, o‗z borliqini
rang-barang jihatlardan namoyon qilmoqda. (D.Saidovaning
«Kunlarning birida» hikoyasi qahramoni Munira) hayotning o‗ta
chigal jumboqlariga o‗zgacha munosabat bildirish, ilohiy-
falsafiy haqiqatlarga qaytish, «muhabbatsiz», «tutqun»
turmushga ko‗nikish, o‗z manfaatlaridan yuksakroq insoniy
burch hamda ma‘suliyat oldida, aziz rishtalar qarshisida,
binobarin, taqdirga bosh egish, hayot hamisha chigalliklar,
ziddiyatlar, kam-ko‗stlari», kemtiklari bilan hayot ekanini tan
olish – hikoyalarda yangicha yechimning yuzaga kelishi insonga
yangicha yondashuv natijasi ekanini anglaymiz.
Mustaqillik davri hikoyalarini o‗rganar ekanmiz, F.Kafka,
A.Kamyu singari XX asr jahon adabiyotining buyuk
yozuvchilari ijodidan ta‘sirlanish, ayrim hollarda ularga taqlid
natijasida o‗zbek nasrida yangicha uslubdagi hikoyalar dunyoga
kelayotganligini kuzatamiz. Xususan, Nazar Eshonqulning
«Muolaja» hikoyasi Kafkaning «Jazo kaloniyasi»ni esga soladi;
«Bevaqt chalingan bong», «Istilo», «Tobut» hikoyalari esa ifoda
tarzi va talqini jihatidan o‗zbek nasrida yangi hodisa bo‗ldi.
Milliy adabiyotdagi bu kabi jiddiy xodisalarning sabablari-yu
ildizlarini qayerdan izlamoq kerak? – degan savolga
adabiyotshunos va munaqqid U.Normatov quyidagi javobni
berganlarida tamomila xaq edilar: ―Milliy adabiyotdagi har bir
jiddiy hodisaning sababini tashqi omillardan emas, avvalo shu
miliiy zaminning o‗zidan, real voqyelikdan, zamona
ehtiyojlaridan izlamoq darkor. Absurd adabiyotining bir muhim
xususiyati shundaki, unda aql-idrok etish, taftish qilish ustuvor,
shuning uchun ham unda fojiaviylik kuchli. Inson zoti o‗zining
haqiqiy ahvolini anglab yetmasa, uning uchun hech qanaqa fojia
yo‗q. Inson o‗z mehnatining ma‘nisiz ekani, ahvol-holati va
73
hayoti absurddan iborat ekaninianglab yetgan daqiqalardan
uning uchun fojia boshlanadi. 80-yillar oxiri, 90-yillarning
boshlaridagi vaziyat bizda absurd adabiyotining absurd inson
obrazining tug‗ilishi uchun zamin tayyorladi. Yetmish yillik
va‘da, orzu-umidlarning puchga chiqishi, jahonda eng adolatli,
baxtli boqiy tuzum deb jar solingan tuzumning istiqbolsiz, eng
ilg‗or, birdan-bir to‗g‗ri qarash sanalgan markscha-lenincha
ta‘limotning yaroqsiz bo‗lib chiqishi ko‗plarni sarosimaga solib
qo‗ydi. Bu hol hayotni, bor zakovatini shu ma‘nisiz ta‘limotga,
yo‗lga tikkan, adashgan, endilikda aqlini tanib mudroq vujudi
uyg‗ongan odamlar uchun mislsiz fojia bo‗ldi. To‗g‗ri, avvallari,
chunonchi turg‗unlik yillarida ham sovet davri hayotining salbiy
jihatlarini, adolatsizlik va shavqatsizliklarini ko‗rsatuvchi, fosh
etuvchi asarlar yaratilgan edi. Biroq butun boshli ijtimoiy
tuzumning, shu tuzum uchun hayotini tikkan shaxs faoliyatining
bema‘niligini izchil tarzda tag-tugi bilan ochib beruvchi
asarlarning paydo bo‗lishi uchun mana endi sharoit yetildi.
Hatto ijodiy yo‗nalishi mohiyat-e‘tibori bilan hayotbaxsh,
tasdiqlovchi ruhda bo‗lgan yozuvchi, shoirlar bisotida ham
absurdni eslatuvchi asarlar ko‗rina boshladi. A.Oripovning
―Fojia‖, E.Vohidovning ―Vatan umidi‖ she‘rlari shular
jumlasidan.
Murod
Muhammad
Do‗stning
―Lolazor‖,
O‗.Hoshimovning
―Tushda
kechgan
umrlar‖,
Sh.Xolmirzayevning ―Olabo‗ji‖, O.Muxtorning ―Ming bir
qiyofa‖ romalarida personajlar umri faoliyatining, ular amal
qilgan aqidalarning, yashagan muhitning bema‘niligiga alohida
urg‗u berilgan. Bu tamoyillar ayniqsa Nazar Eshonqul ijodida
yaqqol
namoyon
bo‗lmoqda‖
(У.Норматов.Умидбахш
тамойиллар. Т.: Маънавият, 2000. - 6-7-бетлар). Olimning
o‗zbek nasrida absurd tamoyili mavjudligi haqidagi fikrlarini
74
munozarali deb hisoblagan holda bugungi nasrdagi yangicha
uslubiy izlanishlarni realizm bag‗ridagi yangi uslubiy yo‗nalish
sifatida baholash zarur deb hisoblaymiz.
Darhaqiqat, xodisalarga salbiy munosabat, inkor ruhi kuchli,
hodisaning dahshatli manzarasini keskin, qabariq tarzda chizib
berish, xodisa mohiyatini bor ziddiyatlari bilan kitobxonga xis
qildirish aynan ana shunday uslubdagi asarlarda yetakchilik
qiladi. Bunday asarlarga xos xususiyatlarni, fazilatlarni tilga
olish bilan birga ulardagi tasviriy bo‗yoqlar, o‗zgarmas ohang,
ayrim hollarda serjilo, rang-barang hayot haqiqati va alohida
inson dunyosini to‗la-to‗kis gavdalantirib berolmaganday
taassurot tug‗diradi. Shunday bo‗lsa-da, shaxs tabiatining ayrim
jihatlarinigina qalamga oluvchi asarlar bilan bir qatorda inson
ruhiyati, borliqiga xos umumiy xususiyatlardan alohida
chizgilarga o‗tuvchi tasvir uslubini namoyon qiluvchi yo‗nalish
inson ruhiyatining hech bir qolip-u andozalarga tushmaydigan,
chegara bilmas turfa holatlarini badiiy kashf etishga urinish
singari ijodiy intilishlar har jihatdan qo‗llab-quvvatlanishga va
ilmiy tadqiqu tahlilga sazovor, degan xulosaga olib keladi. Zero,
san‘at va adabiyot ravnaqini belgilovchi asosiy estetik
tamoyillardan biri – hayot hodisalari va inson shaxsini yangi
tomonlardan, rang-barang jihatlardan kashf etish hisoblanadi.
Ijodkor mahorati esa hayot va inson haqida yaratgan yangi
badiiy konsepsiya timsolida, uni ifodalash tarzida namoyon
bo‗ladi. Mustaqillik yillarida hayotga, inson shaxsiga
munosabatning o‗zgarganligi sabab an‘anaviy realizmga mansub
asarlar ifoda tarzida, shaklida ham qator yangiliklar, xususan,
modernizm
alomatlari
ko‗zga
tashlanmoqda.
Shukur
Xolmirzayev, Murod Muhammad Do‗st, Tog‗ay Murod
yaratgan hikoya va qissalar orqali ayni shu xususiyatni
75
ko‗ramiz. Ular qatorida yozuvchi Nazar Eshonqul ijodi shu
uslubdagi izlanishlar hamda ularning natijalarini, bu yo‗nalish
istiqbollarini o‗rganishda boy manba bo‗lib xizmat qiladi.
Yaxshi bilamizki, so‗z san‘ati rivojida
yaratilgan
asarlarning soni emas, sifati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Shu ma‘noda bugungi nasrimizning ichki rivojida ham hayot,
inson va uning qalbi haqidagi haqiqatni kashf etish, yangi
tasviriy ifodalarni ixtiro qilish bobida ham kator yangi
alomatlarni kuzatish mumkin. Adabiyotdagi ushbu yangilik va
xodisalar yozuvchi Nazar Eshonqul hikoyalarida o‗zgacha
ma‘no-mazmun kashf etgan holda namoyon bo‗layotganini
adabiyotshunos olimlar, adabiy jamoatchilik va munaqqidlar
allaqachon sezishgan.
Professorlar
U.Normatov,
N.Xudoyberganov,
K.Yo‗ldoshev,
munaqqidlar
A.Rasulov,
R.Qo‗chqorov,
A.Ulug‗ov, M.Mansur, B.Axmedov; ijodkorlardan Xurshid
Do‗stmuhammad yozuvchi yaratgan hikoyalarni tadqiq etuvchi
maqolalar, ilmiy tadqiqotlar yaratganlar. «Jahon adabiyoti»
jurnali sahifalarida mazkur muammo tevaragida jiddiy bahs-
munozaralar ham bo‗lib o‗tdi. Shunday bo‗lsada, ijodkorning
«Shamolni tutib bo‗lmaydi», «Maymun yetaklagan odam»,
«Hayot tuzog‗i», «Tobut», «To‗zon», Og‗rik lazzati» kabi
hikoyalarini har jihatdan ilmiy-estetik tahlil va tadqiq qilish, ular
orqali o‗zbek hikoyachiligida g‗arb modern adabiyotiga xos
xususiyatlarning shakllanishi va o‗ziga munosib o‗rin egallash
jarayonini
o‗rganish
mumkin.
Yozuvchi
asarlaridagi
qahramonlarga xos milliylik, voqealarning sirli tarzda vositalar
orqali, ba‘zan sahna ortida imo-ishoralar bilan ko‗rsatilishi, eng
asosiysi, asarlaradagi voqealar «men» tilidan hikoya qilinishi va
doimo o‗zini-o‗zi taftishu tahlil etib borishi, o‗z gunohlariga
76
iqrorligi adabiyotdagi, nainki milliy mustaqillik davri o‗zbek
hikoyachiligi, balki butunicha nasrimizdagi yangicha uslubiy
yo‗nalish sifatida o‗rganishga sazovordir.
Atoqli ingliz adibi Jorj Oruell o‗zining 1941 yilda yozilgan
«Adabiyot va totalitarizm» maqolasida shunday fikr bildiradi:
«Totalitarizm bizni bu tasavvurimiz tumandek tarqab ketishini
tan olishga majbur etayotir. Totalitarizm fikr erkinligi shunaqa
hamla qildiki, buni hech qachon xayolga keltira olmasdik. Tan
olish kerakki, uning fikrni nazorat qilishi faqat ta‘qiqlash
maqsadlari emas, balki nimalar haqida o‗ylash lozimligini
uqtirib turadi; shaxs qabul qilishi lozim bo‗lgan mafkura
yaratiladi. Uning his-tuyg‗ularini boshqarishga tirishadi va ahloq
namunasini belgilab beradi. Mafkura shaxsni iloji boricha sun‘iy
muxitga solish, taqqoslash imkonidan mahrum etish uchun
tashqi olamdan ajratib, o‗rab tashlaydi. Totalitar davlat, albatta,
o‗z fuqarolarining fikr va tuyg‗ularini xuddi ularning hatti-
harakatlarini nazorat qilgandek nazorat ostiga olishga urinadi».
Adib maqolasini davom ettirib, o‗z oldiga «Biz uchun
muhimi, ana shunday muhitda adabiyot yashay oladimi, degan
muammodir», deya haqli savol qo‗yadi va oddiy qilib
«nazarimda javob lo‗nda va aniq bo‗lishi lozim: yo‗q! Agar
totalitarizm umumbashariy hodisaga aylansa, uzluksiz davom
etsa, biz bilgan adabiyot yashashdan to‗xtaydi», degan qat‘iy
qarorga kelgan edi.
Inson yoki biron jonzot jisman tutqunlikka ko‗nikishi
mumkin. Biroq uning eng inja tuyg‗ulari, o‗ziga va faqat o‗ziga
tushunarli o‗y-hayollari, orzu-armonlarini o‗zida mujassam
etgan, uni asirlikdan, do‗zoxiy azoblardan ozod, erkin va baxtli
xis qildira oladigan fikrdan, orzu qilish tuyg‗usidan mahrum
77
qilishsa, bunga ham chegara yoki devor tiklashsa, unda bu –
insonning, insoniyatning, tanazzuli. J.Oruell buning natijasini
quyidagicha izohlaydi: «Axir ijod bu eng avvalo tuyg‗u,
tuyg‗uni esa abadiy nazorat qilish mumkin emas. Ayni daqiqa
uchun ko‗rsatmalarni tushunish oson. Lekin qandaydir qadr-
qimmatga ega bo‗lgan adabiyot, yozuvchi yozayotgan narsasi
haqqoniyligi xis etgan sharoitdagina mavjud bo‗ladi; agar bunga
imkon bo‗lmasa ijodiy instink yo‗qoladi. To‗plangan barcha
tajribalar ko‗rsatadiki, totalitarizm o‗z tarafdorlaridan talab
etuvchi keskin ehtirosli o‗zgarishlar psixologik jihatdan amalga
oshirib bo‗lmaydigan ishlarki, avvalo ana shu sababdan,
menimcha, biz bilgan adabiyotning, agar dunyoning hamma
joyida totalitarizm o‗rnatiladigan bo‗lsa, kuni bitadi».
Darvoqye, sarobga qurilgan imoratning qulashi, cho‗qqida
quyosh nuridan oltin misol tovlangan yaltiroq shishaning oddiy
shishaligi hammaga ayon bo‗lgach, unga hech kimning e‘tibor
bermasligi tayin. Kuch va yolg‗on va‘dalar bilan tiklangan sobiq
Ittifoq davlati ham tanazzulga uchradi. Bu davr adabiyoti
haqida o‗z fikrini bildirgan professor Q.Yo‗ldoshev shunday
deydi: «XX asrdagi adabiyotimizda qiyofasizlik keng yoyildi.
Chunki undan muayyan shaxs tabiatini har jihatdan tasvirlash
emas, shaxsni muayyan ijtimoiy qatlamning vakili sifatida
ko‗rsatish talab etildi. Badiiy adabiyot konkret insondagi o‗ziga
xoslik, alohidalikni emas, balki odamning qaysi bir ijtimoiy
qatlamga mansub belgilarini eks ettirishi kerak edi. Shu sababli
adabiyotda tip yaratishga e‘tibor kamayib, tipik obrazlarni
tasvirlash, ommadan ajralib turmaydigan, olomonga singishib
ketadigan qiyofasiz kimsani eks ettirish tajribasi keng yoyildi.
XX asring qariyb yetmish besh yili adabiyotni qoliplarga
78
tiqishtirish davri bo‗ldi. Natijada adabiyotda qiyofasizlik, bir
xillik avj oldi»
(
Dostları ilə paylaş: |