1
Усмон Азим. Сайланма. Шарқ³ нашриѐт матбаа концерни. –Т.: 1995. 405-бет.
58
Va erk senligingni bilmaganim-chun»
2
.
Insonni poklash, olamni tozartirish, oq va qora ranglar
zamiridagi ma‘nolar: ezgulik va yovuzlik o‗rtasidagi azaliy
ziddiyatni ko‗tarib, uloqtirib tashlashga qodir kuch bormi?
Bugun insoniyat ongini zabt etgan savol alomatiga qanday
ma‘nolar singishgan? Muammo yechimi qanday? Olamni inson
bolasi yaratgan yovuzliklardan saqlab qolish mumkinmi? Ana
shu savolga javob izlab, «oxir zamon» alomati-yu zalolatlari
haqida,
gunohlarga
burkangan
kurrani
shoir
Bahrom
Ro‗zimuhammad quyidagicha tasvirlaydi:
«...ayni paytda taftish kuchi bois
o‗z o‗qidan chiqib ketdi yer shari
chiqib ketdi quyosh sistemasidan.
ayni paytda tong ila tun
ola bula shamoyilga kirdi
zulmda o‗zgartirib rangu tusini
oq olma pishayotgan chog‗
qorbo‗ron o‗ynab yurdi bolalar.
yozga qo‗shildi qishning uch kuni.
ayni paytda tug‗ilgan go‗dakning
soch-soqoli oqardi birdan
onasini emdi munkaygan chol.
ayni paytda quyosh nurini
qayga sochishni bilmay turdi-da
kuydirib yubordi oyni daf‘atan...»
1
.
2
Баҳром Рўзимуµаммад. Соялар суҳбати. Шеърлар тўплами. –Т.: Зарқалам нашриѐти. 2006. барча
кўчирмалар шу тўпламдан олинди.
59
Nega? Nima uchun? Bu savollarga shoir «Qarg‗algan»
nomli she‘ri orqali javob qaytargan:
Sen ulug‗ ibtidodan nariroqda bir qadam bosding
Shu bois Allohning qahri keldi
Payg‗ambar qarg‗adi seni
Shaytoni Laindan-da battarroq bo‗lding
biroq sening ruhiyatingni to‗ldirgan zavqu-shavq
ikki dunyoda ham yo‗q faqat senda bor
ey, abadiy yig‗i, ey abadiy kulgu, ey abadiy jimlik.
Shoir sirli-sehrli dunyo sarhadlaridan-da nariroqqa, bu
dunyo chegarasidan tashqariga «qarashga», idroki, o‗y-hayollari
ila u tomonga «bir qadam tashlashga» botingan insonga shu
gunohi uchun qarg‗ish yopishgan. Bu shakkoklik evaziga shoir
qalb iztirobi-yu bezovta ruhning mangu azobiga duchor etilgan.
Ammo insoniyat dardini kuylab yig‗lash, ezgulik nurlariga
chulg‗angan olam go‗zalliklari-yu odam kulgusidan zavqlanish
faqat shoirlarga nasib etmishdir. Ayni chog‗da, o‗z ojizligini tan
olib, Olloh irodasiga bosh egib, abadiy «jimlik» sari inson sukuti
ham olam-olam ma‘nolarni ifoda etadi. Bu xususiyat realistik
tasvir uslubi bag‗rida yuzaga kelgan «yangilik» sifatida e‘tirof
etilayotgan «o‗zbek modern she‘riyati» alohida estetik tamoyil
ekanligini asoslaydi. Modern yo‗nalishidagi she‘rlar ijodkoru
kitobxonning XXI asrdagi tabiiy ma‘naviy-ruhiy ehtiyojlariga
monand yuzaga keldi. Bunday she‘rlar inson shaxsi va hayotini,
uning ko‗ngil olamini ijodkorning tasavvurlar olami orqali
kuzatish orqali har ikki olam uyg‗unligi yoki o‗zgachaligini
anglash mumkin bo‗lgan ma‘nolarini tasavvur voqyeligiga
1
Баҳром Рўзимуҳаммад. Соялар суҳбати. Шеърлар. –Т.: Зарқалам нашриѐти. 2006. 9-10-
бетлар.
60
aylantirib (his-tuyg‗ular va idrok birligi) badiiy talqin qilish
natijasidir. Ijodkorlarning bunday she‘rlari bir qarashda milliy
she‘riyatimiz uchun noan‘anaviydek tuyuladi. Hijo, tuyuq va
qofiyadan uzoq xalq jonli tiliga yaqin sarbast she‘rlarni bir
o‗qishda tushunish qiyin, ammo har bir so‗z, har bir satr
muayyan obrazli ifodaga, ramziy ma‘noga va ichki ohangga
egaki, bu xususiyatlar shoir mahorati orqali betakror poetik
manzaralar va badiiy umumlashmalar yaratilishiga asos bo‗lgan.
Bunday she‘rlar o‗zi va o‗zgalar olamini yangi jihatlardan idrok
etishga intilayotgan zamondoshimizning ma‘naviy-ruhiy
ehtiyojlarini to‗la qondirmoqda.
Jahon adabiyotiga xos «modernizm» va syurrealizm haqida
so‗z yuritib, adabiyotshunos Andre Bretona quyidagilarni
alohida ta‘kidlaydi: «Uning maqsadi og‗zaki, yozma yo istagan
boshqa bir yo‗l bilan fikrning real amal qilishini ifodalashdir.
Syurrealizm muayyan assosiativ shakllarning oliy realligiga
ishonishga asoslanadi. Syurrealizmga qadar bu shakllarga
beparvo qarab kelishgan. Syurrealizm xayolotning qudratiga,
fikrning beg‗araz o‗yiniga, ishonchiga tayanadi. U boshqa Har
qanday psixik mexanizmlarni uzil-kesil barbod qilib, hayotning
asosiy muammolarini hal qilishda ularning o‗rnini egallashga
intiladi»
1
. «Demak, - deb yozadi professor, Hakimjon Karimov
Andre Breton qarashlariga tayanib: - syurrealistlar aqlga
suyanadi, uning qudrati bilan ish ko‗radi. Chunki aql kuchigina
odam va olam mohiyatini to‗g‗ri anglashga imkon beradi.
Modernizmning yo‗nalishi va maqsadi ham shunda»
1
. Shoir
Bahrom Ro‗zimuhammad esa masala mohiyatiga yanada
chuqurroq kirib borib, modernizmni realizmga qarshi qo‗yib
bo‗lmasligini asosli tarzda ta‘kidlaydi: «Modernizmni realizmga
Dostları ilə paylaş: |