93
U –
faqat manfaatni, har bir gapi, xatti-harakatidan foyda
chiqarishnigina o‘ylaydigan, xijolat bo‘lishdan
mahrum
tuyg‘usiz bir kimsa. Otashqalb bilan birga o‘qiganmiz deb da‘vo
qilgan, aslida, shoirning otini ham tuzukroq eslay olmaydigan
fan arbobi – turli bahonada o‘zini ko‘z-ko‘z qilib, e‘tiborga
tushish ilinjidagi foydaxo‘r kimsa. Mafkuraxonim o‘zi
mutasaddi sanalgan sohalardagi muammolarni hal qilish bobida
mutlaqo avom bo‘lsa-da, siyosiy manfaatni ilg‘ash, haq gapni
aytadiganlarning yo‘lini to‘sish borasida ustomon.
Muallif
odamlarni emas, balki ularning yaxshi-yomon
xatti-harakatlarini tasvirlash yo‘li bilan ularning insoniy
qiyofalarini namoyon eta olgan.
Fojia bilan kulgi omuxta bo‘lib
ketgan bu asarning
o‘qishliligini, yuqumliligini ta‘minlagan asosiy omil roviyning
tilidir. E.A‘zam tilning tovlanish imkoniyatlarini g‘oyat puxta
biladi. Uni
inson tabiatining eng yashirin, ichki jihatlarini ham
ocha biladigan tarzda ishlatadi.
Demak, mustaqillik yillarida yaratilgan o‘zbek qissalariga
xos yetakchi tamoyillaridan yana biri bu an‘anaviy
realizm
yo‘nalishidan bir oz farq qiluvchi ijtimoiy hayot oqimining
shaxs tabiati, ruhiyatiga ta‘sirini badiiy tadqiq va tahlil
qilishdagi yangicha yondashuv orqali namoyon bo‘lmoqda.
Yozuvchilar ijtimoiy hayot muammolari yoki ma‘naviy-axloqiy
yo maishiy hayotga oid muammolarni ko‘tarib,
ularning inson
hayotiga, ruhiyatiga ta‘sirini badiiy tadqiq etishdan ko‘ra
odamlar qismatining fojiy nuqtalarini tadqiq qilishga bor
imkoniyatlarini safarbar etayotirlar va o‘ziga xos badiiy
kashfiyotlar yaratmoqdalar.