O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universisteti


-MAVZU  BADIIY PUBLITSISTIK JANRLAR TARAQQIYOTI



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/63
tarix18.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#144996
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63
10-MAVZU 
BADIIY PUBLITSISTIK JANRLAR TARAQQIYOTI 
REJA: 
1.Jamiyat ma‘naviy taraqqiyotida publisistika va adabiy 
tanqidning o‗rni. 
2.Bugungi o‗zbek publisistikasida yoritilayotgan ijtimoiy-
siyosiy va ma‘naviy muammolar. 
3.Bugungi adabiy jarayonda suhbat janri, turlari va 
taraqqiyoti. 
4.Maqola janri va mavzu ko‗lami. 
5.Esse janri va uning o‗ziga xosligi. 
6.Ocherk janri va adabiy jarayon. 
Tayanch iboralar:
Publisistika, publisistik maqolalar, 
ocherk, pamflet, murojaatnoma, felyeton, janrlar taraqqiyoti.
Pamflet - biror ijtimoiy tuzum voqyeligi yoki siyosiy 
partiya faoliyati, programmasi, kamchiligi ustidan o‗tkir hajv 
orqali kuluvchi kichik satirik adabiy asar. 
Istiqlol davri o‗zbek publisistikasining diqqat markazida 
zamon va zamondoshimiz hayoti, intilish kurashlari bilan 
bog‗liq dolzarb ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy hamda maishiy 
muammolar ko‗ndalang turdi. Bu davr publisistikasida bozor 
iqtisodiga o‗tish masalalari bilan bog‗liq muammolarni yoritish; 
xalqimiz hayotidagina emas, balki butun jamiyatda qonun 
ustuvorligiga erishish yo‗lidagi kamchiliklarni, «soyalarni» fosh 
qilish; ekologiya masalalarini dadil ko‗tarib chiqish; jamiyatning 
ma‘naviy hayotini sog‗lomlashtirish bilan bog‗liq qator 
muammolarni tahlil qilish; insonning ruhiy, jismoniy va 
ma‘naviy sog‗lomligi uchun kurash ruhini ifodalash; diniy 
oqimlarga munosabat masalasini teran tahlil qilish yetakchilik 
qiladi. 


146 
Yoqubjon Xo‗jamberdiyev, Murod Abdullayev, Jumaniyoz 
Meliqulov, Karim Bahriyev, Abdunabi Haydarov singari qator 
ijodkorlar o‗zlarining o‗tkir publisistik ruhdagi maqolalari bilan 
jamiyatimiz ravnaqiga to‗siq bo‗layotgan illatlarni yo‗qotishga 
qaratilgan fikr-mulohazalarini ilgari surganliklarini kuzatish 
mumkin. 
Xususan, Murod Abdullayevning «Ulug‗ Temurga alla 
aytgan yurt» (2006 yil, 3 noyabr. 2-bet, 44-son // O‗zAS) 
navqiron o‗zbekning ham ko‗hna ham durdona shaharlaridan 
biri – Nasaf shahrining 27 yillik to‗yi munosabati bilan yozilgan 
bu maqolada obod, me‘moriy obidalarga boy shahar misolida 
respublikada amalga oshirilgan buyuk bunyodkorlik ishlari 
yoritilgan.
Sherali Turdiyevning «Qutbiddin domla qismati» (2006 
yil, 3 noyabr//O‗zAS) ta‘qib va quvg‗inlar ostida yashagan 
urgutlik ulamo va olim Qutbiddin domla Muhiddinovning hayoti 
va faoliyatiga oid qiziqarli mulohazalar, faktik ma‘lumotlar 
berilgan; 
U.Normatovning «Bir asar tarixi» rukni ostidagi 
maqolasida A.Qahhorning «Yoshlar bilan suhbat» asari bilan 
bog‗liq voqealar, adibning «ko‗rguliklari» haqidagi xotiralari 
yozilgan. 
Istiqlol davri o‗zbek publisistikasi karvonboshlaridan biri 
M.Abdullayev hisoblanadi. Uning rang-barang mavzudagi 
publisistik maqolalari janr ravnaqiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatdi, 
deyish mumkin. Uning «Dehqonboy boy bo‗lsa...» (2006 yil, 
17-noyabr. 
2-bet, 
46-son//O‗zAS) 
maqolasida Zangiota 
tumanidagi «Turkiston» jamoa xo‗jaligi hududidagi xitoylik 
mutaxassislar 
bilan 
hamkorlikda 
qurilgan 
uch 
gektar 
maydondagi 
issiqxonalarda 
yetishtirilgan 
bodring, 


147 
pomidorlardan tashqari Xitoydan keltirilgan nok, olma daraxtlar 
ham o‗stirilayotganligi haqidagi kuzatishlari yoritilgan bo‗lib, 
ilg‗or texnologiyalar asosida unumdorlikka intilgan xo‗jalik 
a‘zolarining samarali mehnati, izlanishlari ostida ezgu niyat: 
dehqoni boy yurtning xalqini farovon etish maqsadi yotganligi 
ochib berilgan. Maqolada minimal texnologiyalar va ixcham 
uskunalarni foydalanish orqali yuksak samaradorlikka erishish – 
elimizni farovon etish ekanligi ezgu tilak bilan mehnat 
qilayotgan zamondoshlarimiz timsolida yoritilgan. Jurnalist 
«Xavfni bartaraf etish mumkinmi?» nomli maqolasida Sarez 
ko‗li bilan bog‗liq ekologik muammoga jamoatchilik e‘tiborini 
qaratgan. Bu ko‗l Amudaryoning quyi qismida joylashgan 
bo‗lib, shu hududdagi shaharlar va 5 mln. dan ortiq aholi uchun 
katta xavf tug‗dirayotganligi; ko‗lning suv hajmi ortib 
borayotganligi natijasida qator ekologik muammolar yuzaga 
kelganligi; ko‗l suvini bosqichma-bosqich Bartang daryosiga 
oqizish muammolari haqidagi muallif qarashlari mintaqamizdagi 
ekologik muammolar butun sayyoramizga daxldor hayot-mamot 
masalalariga bog‗lanib ketishini kuyinish bilan yoritgan. 
Darhaqiqat, bugungi ekologik muammolar faqat ayrim davlatlar 
yoki mintaqalarga daxldor bo‗lmay, yer kurrasi va undagi 
insoniyat hayotiga tegishli masalalardir. Ko‗lning qurishi 
oqibatida insoniyat boshiga tushgan falokatlarni Orol ko‗li 
misolida eslashimiz mumkin. Tabiatning tabiiy muvozanatiga 
daxl yetsa, inson boshiga ham mislsiz falokatlar yog‗ilishini 
Mirzacho‗lning «o‗zlashtirilishi» oqibatlaridan ham ko‗rdik. 
Jurnalist M.Abdullayev o‗zining o‗tkir problematik maqolalari 
bilan o‗zbek publisistikasiga xos grajdanlik ruhini yanada 
chuqurlashtirishga erishayotir.


148 
«O‗zbekiston adabiyoti va san‘ati» gazetasining bosh 
muharriri Ahmadjon Meliboyev gazetaning 2006 yil 24 
noyabrdagi «Yo‗l madaniyati» nomli maqolasida respublikamiz 
viloyatlari va poytaxtimizdagi yo‗llarning ravonligini ta‘minlash 
uchun olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida to‗xtalib, 
zamonaviy shaharlarni tutashtiruvchi zamonaviy yo‗llar yo‗l 
madaniyatini egallagan zamonaviy qiyofadagi aholi uchun 
ekanligini ta‘kidlaydi. Afsuski, xalqimiz orasida yo‗l 
madaniyatini egallamagan odamlar ham uchrab turadi. Bu 
holatni zamonaviy transportlar o‗rindiqlaridagi xilma-xil 
yozuvlar, avtobus salonlaridagi beo‗xshov chiziqlar, axlat 
qoldiqlaridan kuzatish mumkin. Xo‗sh, bunday buzg‗unchilikni 
kim qilayapti? Xalqimiz va davlatimizning zamonaviy shaharlar 
va yo‗llar bunyod etish borasidagi orzu-umidlarini, sarf-
harajatlarini ayni shu shaharlarda yashayotgan hamshaharlarimiz 
yakson etayotirlar. Bu achinarli va foje holatni oldini olish 
uchun barchamizda yo‗l madaniyatidan tashqari ma‘naviy 
madaniyat shakllangan bo‗lishi zarur. 
Jurnalist Jumaniyoz Meliqulov o‗zining «Importlashayotgan 
ong yoxud globallashayotgan dunyo muammolari» nomli 
maqolasida respublikamizga xilma-xil vositalar orqali dunyo 
madaniyatining kirib kelayotganligini yoritgan. Muallif ilg‗or 
ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar, g‗oyalar va qarashlar bilan 
birga jamiyatimizga milliy zamindan uzoq bo‗lgan zararli axloq 
«eksport» qilinayotganligidan kuyunib fikr yuritadi. Xilma-xil 
televizion seriallar yoki adabiyotlar orqali millatimizga yot 
bo‗lgan 
axloqiy 
qarashlarning 
keng 
yoyilayotganligi 
tashvishlanarli holdir. Bugungi kunda O‗zbekistonni o‗ziga xos 
va o‗ziga mos taraqqiyot yo‗lidan dadil bormog‗i uchun g‗arazli 
eksportlardan millat ongu tafakkurini isloh qilish lozimligi, har 


149 
bir inson qalbining ezguliklarga yo‗g‗rilishida yuzaki taqlid 
emas, qalbning islohga yuz tutishi muhim ekanligi ro‗y-rost 
yoritilgan. Bunday maqolalar bugungi o‗zbek publisistikasining 
taraqqiyot xususiyatlarini belgilab berdi, deyishga xaqlimiz. 
Publisistika janri ham barcha adabiy janrlar qatori hayotimizni 
rang-barang jihatlardan tadqiq etib, taraqqiyotimizga yo‗l 
ochuvchi salmoqli fikr-mulohazalarni ilgari surayotganligi bilan 
diqqatga sazovor.
O‗zbek 
publisistikasi 
tarixining 
boshlanishi 
ba‘zi 
tadqiqotlarda o‗zbek tilida matbuot paydo bo‗lgan vaqtdan - 
1870 
yilda 
«Turkiston 
viloyatining 
gazeti» 
chiqa 
boshlaganidan hisoblanadi. Darhaqiqat, qator matbuotning 
paydo bo‗lishi bilan bog‗liqdir. 
Inson tafakkurining o‗ziga xos ifodalanish usullaridan biri 
publisistikadir. Publisistikaning bosh xususiyati - fikr-
tushunchani mantiqiy muhokamalar tarzidan ifodalashdan 
iboratdir. 
Bundan ko‗rinyaptiki, publisistika hayot, jamiyat, tuzumda 
ro‗y bergan, berayotgan, shuningdek, o‗z davlati va jahon 
siyosati, mafkurasi mohiyatini anglash, anglatishda juda 
samarali xizmat qilgan hamda qilib kelmoqda. Istiqloldan keyin 
publisistika oldida juda katta masala ko‗ndalang bo‗ldi. Bu щam 
bo‗lsa mustaqillik moщiyatini anglatish va murakkab bozor 
iqtisodi yo‗liga o‗tish davridagi murakkabliklarni aql-zakovat 
bilan hal qilishdir. Ma‘lumki, xatoliklarni, kamchiliklarni esa 
o‗tmish tajribalarini ijodiy o‗zlashtirmasdan bartaraf qilib 
bo‗lmaydi. O‗z-o‗zidan aniqki, bunga erishishda badiiy 
publisistikaning roli kattadir. Bugungi publisistikada quyidagi 
masalalar yoritilmoqda: 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin