Istiqlol davri romanlari
Ana‘naviy romanlar:
―Adolat manzili‖,
―Osiy banda‖,
―Jaziramadagi
odamlar‖, ―Sabo va
Samandar‖,
―Muvozanat‖
Modern romanlar:
―Ayollar mamlakati va
saltanati‖, ―Kapalaklar
o‗yini‖, ―Muhabbat
o‗limdan kuchli‖ va
boshq.
Ramziy-majoziy
romanlar: ―Isyon va
itoat‖, ―Bozor‖,
―Ovoraning ko‗rgan-
kechirganlari‖ va
boshq.
115
Inson ko‗nglini anglashning yangi shakl va vositalaridan
foydalanishga intilishni biz iste‘dodli ijodkorlardan biri –
Ulug‗bek Hamdamning «Yolg‗izlik» nomli qissa va hikoyalar
to‗plami (1998), «Tangriga eltuvchi isyon» she‘riy to‗plami,
«Muvozanat» va «Isyon va Itoat» romanlari misolida ham
kuzatamiz. Yozuvchining har bir asari qatidagi mohiyat uning
sarlavhasidanoq anglanadi. Inson hamisha o‗z ehtiyojlarini
qondirish uchun intiladi. Butun hayoti shu ehtiyojlarga «qul»
qilinganday. Munosabatlariga zid holatlar yuzaga kelganda u
yaratgandan ham, hayotdan, umridan ham noliydi. O‗z istaklari
qamrovi toru keng bo‗lishidan qat‘i nazar, istak va ehtiyojlar
nuqtai nazaridan shukur qilish o‗rniga hamisha norozilik
ustunlik qiladi. Kamdan kam odamlargina hayotning asl
ma‘nosini, insonlikning ma‘nosi imon, e‘tiqod orqali o‗zlikni
anglash va o‗zligini topish ekanini tushunadilar. «Isyon va Itoat»
romanida yozuvchi ayni shu jarayon, ya‘ni har bir insonning o‗z
hayoti davomida o‗zligini va yaratuvchisi bo‗lmish Ollohni
anglash jarayonida sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan Isyon va bu
isyonning intihosi Itoatning mazmun-mohiyatini yoritishga
harakat qilgan. Bu asarga adabiy jamoatchilik o‗z munosabatini
bildirdi. O‗zbekiston adabiyoti va san‘ati gazetasining 2005 yil
20 maydagi sonida mustaqillik davri o‗zbek nasri tahlil qilinib,
davra suhbati ishtirokchilari «...bugungi nasriy asarlarning
qahramonlari faqat faoliyat odamigina emas, balki o‗y va
mushohada kishisi sifatida ham tasvirlanadigan bo‗ldi.
Odamning asl mohiyatini faoliyatidagina emas, balki tin olib
turgan yoki o‗ylayotganda ham namoyon etishi mumkinligi
badiiy tasvir tajribasiga kirib kela boshladi. Shuning uchun ham
Ulug‗bek Hamdamning «Isyon va Itoat» romanidagi «...
Qachonki uning bag‗rida gurillab yongan isyon gulxani o‗chgan,
116
g‗ofillik ham uni qiynamay qo‗ydi....qaytaga, isyon o‗rnida
tug‗ilgan o‗sha kayfiyat - o‗sha itoat... ruhida qandaydir ma‘rifat
bor edi. Ma‘rifatki, g‗ofillikni, uning olamini yuvib yuborishga
qodir... Endi uning ko‗zlarida, bag‗rida, butun borlig‗ida itoat
nuri hokim, itoatki, mislsiz isyondan so‗nggina «to‗qiladigan,
itoatki, isyondan ming kara, million kara yuksakroqqa
eltadigan!» «tarzidagi falsafiy mushohadalar o‗quvchiga o‗rinsiz
donolik bo‗lib tuyulmaydi, balki o‗z mohiyatini anglamoqchi,
o‗zini topmoqchi bo‗lgan insonning ruhiy to‗lg‗onishlari tarzida
ta‘sir qiladi» - kabi asosli fikrlarni ilgari surdilarki, bu qarashga
biz ham qo‗shilamiz.
Darhaqiqat, romanda insoniyat paydo bo‗lgandan beri uning
qalbida yashab kelayotgan Isyon va Itoat, imonu e‘tiqod
masalalari tahlil va tadqiq qilingan. Bilamizki, Shayton Allohga
itoat etmagani uchun farishtalar safidan chiqarilib, jannatdan
quvilgan.
Allohning
habibi
inson-chi?
Inson
yaratgan
parvardigorining og‗ir va mashaqqatli sinovlariga bardosh
berolmay, uning amriga qarshi bordi, natijada unga Isyon qildi.
Holbuki, inson Isyondan Itoatga yetib borguncha behisob yo‗l
bosib, xilma-xil sinovlardan o‗tishi darkor. Itoat maydoniga
yetib borgandagina inson barcha azoblardan forig‗ bo‗lib,
insonlik qismatining mohiyatini anglaydi va Itoatga tomon yuz
tutadi. Bu jarayon asardagi Akbar qismatida ham, ustozi tabib
taqdirida ham takrorlanadi. Yozuvchi xilma-xil taqdirli
qahramonlar Hayotidan so‗zlab, odamlarning taqdiri,
dunyoqarashi betakror, barmoq izlari kabi farqli bo‗lgani bilan
ularning Isyondan Itoatga tomon borish yo‗llari bir xil ekanini
ta‘kidlaydi. Ana shu haqiqatni go‗yo hayotning ma‘nisi,
insonlikning ma‘nisi nimada? – degan savolni o‗z-o‗ziga berib
yashaydigan,
qalbida
adolatsizliklar,
noxaqligu
117
zo‗ravonliklarga qarshi isyon tuyg‗usini tuya olgan odamgina
tushunadi. Shunday odamgina odamlikning, unga berilgan
hayotning va sinovlarning, yana ko‗p narsaning asl mohiyatini
anglab yetadi. Romandagi tabib obrazi ana shunday insonlarning
biri bo‗lsa, Nurmat faqat o‗z manfaati uchungina yashovchi
kishilar timsoli. Ayni chog‗da shuni alohida ta‘kidlash lozimki,
yozuvchi bu obrazni badiiylik va hayotiylik mezonlari asosida
maromiga yetkazib tasvirlay olmagan. Asarning g‗oyasini
muallif publisistik uslubda yoritishga berilgan. Tursunboy
taqdiri bilan bog‗liq fojia ham asarning g‗oyaviy-estetik tasvir
qamroviga, epik tafakkuriga singishib ketmagan.
Yozuvchi Luqmon Bo‗rixonning «Jaziramadagi odamlar»
romani ham badiiy tilining jozibadorligi bilan kitobxon diqqatini
tortadi. Romanda yozuvchi kichik hayotiy hodisani tasvirlash
orqali katta ijtimoiy ma‘naviy muammoni badiiy tadqiq qilgan.
Bu borada yozuvchi o‗ziga xos yo‗ldan borgan: asar voqealari
qahramon tilidan hikoya qilinadi, hodisalar Samad nazaridan
o‗tkazilib, tahlil qilinadi, hukm chiqarish esa kitobxonga
havola qilinadi. Asar voqealari tugundan – Ashurning qamoqdan
chiqqanligi haqidagi xabar bilan boshlanadi. Asarga qamrab
olingan voqealar tabiiylikni bo‗g‗ib bo‗lmaslikni, tabiatning
tabiiy muvozanatini buzish og‗ir fojiaga olib kelishni
tasvirlashga yo‗naltirilgan. Cho‗lni o‗rinsiz o‗zlashtirishning
ayanchli oqibatlari insonlar hayotiga ham chang solganligini
asar qahramonlaridan Lolaxon taqdiri misolida ham kuzatish
mumkin. Jazirama cho‗lga Lola guli yot bo‗lgani kabi, cho‗l-
quvurlar ichida «Faxriy deputat» Lolaxonning umri, ayollik
nazokati-yu latofati ham cho‗ldagi qumga tushgan suv tomchisi
kabi izsiz, qadr topmay yo‗qoladi. Yigirma uch yoshli beva
Lolaxonning umri xilma-xil majlislarda o‗tadi, mavqyei va
118
amali tufayli u hamisha jiddiy qiyofada bo‗lishga, tabiiy his-
tuyg‗ularini jilovlab, omma ko‗z oldida «faxriy deputat»
qiyofasiga mos ko‗rinishda yurishga majbur. «Jonli
qo‗g‗irchoq»qa aylanib qolgan bu baxtsiz ayol o‗z taqdiriga
ko‗nikib yasholmaydi, tabiiy ravishda baxtga, visolga, insoniy
tuyg‗ularga intiladi. Ulash agronomning o‗ziga atalgan she‘rini
eshitganda
«bir
seskanib»
ketadi.
Unga
majburlab
yopishtirilayotgan shon-shuhratning oqibati fojia ekanligini
deputat – kampirni ko‗rganda anglab, dahshatga tushadi. Bir
umr bevalik yukini ko‗tarishga bardoshi yetmagan Lolaxon
Samad bilan tuyg‗udosh bo‗lishni istaydi, ammo yashirin
xirsning qurboniga aylanadi. Bu o‗rinda yozuvchi ijtimoiy-
ma‘naviy illatga e‘tiborni tortadi. Shaxs fojiasining yuzaga
kelishiga olamonning ta‘siri: mish-mishlar, fisqu fasodlar,
insonni tahqirlovchi «aybnomalar» ayni olamon qo‗lidagi
mudhish qurol ekanini ayovsiz fosh etadi. Lolaxonning ayanchli
qismati yolg‗onlarga, soxtaliklarga to‗la hayotning fojiali
xotimasidir.
Xo‗sh, asar cho‗lquvarlar hayotini tasvirlash orqali
tabiatning tabiiy muvozanatini buzish og‗ir ekologik fojialarga
olib kelishini tasvirlashga yo‗naltirilgan bo‗lsa, Lolaxonning
taqdiri bilan bog‗liq manzaralar, hayotiy tasvirlar bu
muammoga qaysi jihatdan bog‗lanadi? Gap shundaki, yozuvchi
Lolaxon obrazi orqali ham tabiiylikni bo‗g‗ish yoki unga qarshi
turish, tabiiy his-tuyg‗ularni «soxtalashtirish» ham insonga
bitmas tuganmas musibatu fojialar keltirishini haqqoniy
tasvirlash orqali asarning yaxlit epik tafakkur tarzini yaratgan.
Ayni chog‗da, yozuvchi Lolaxon, Ergash, Samad kabi o‗z
taqdiriga ega insonlarning ruhiy olamlari ham betakror ekanini,
ayni «o‗ziga xos olam»i bilangina odamlar shaxslik darajasini
119
zabt etishlari mumkinligini yozuvchi Luqmon Bo‗rixon
«Jaziramadagi odamlar»ning ruhiyati tahlili va tasviri orqali
(garchi asarda Zumrad kabi qiyomiga yetmagan, faxriy kampir
kabi sxematik obrazlar uchrasa-da...) yoritib bera olgan. Shu
jihatlari bilan ushbu roman o‗zbek romannavislari shaxs
fojiasining badiiy tasvirida mahoratning alohida bosqichiga
ko‗tarilib borayotganliklaridan darak beradi. So‗nggi yillarda
yaratilayotgan o‗zbek adiblarining xilma-xil mavzudagi
romanlarini tahlil qilish orqali kitobxonlar millatning dili va
tilida aks etgan quvonchu iztiroblarni his qilishlari aniq.Milliy
ruh, o‗zbekona bag‗rikenglik, mardlik, o‗zlikni anglab millat
istiqlol uchun kurash mustaqillik davri adabiyotining bosh
mavzusidir. Milliy ongni, o‗zlikni anglatuvchi asarlar yaratgan
ijodkorlar orasida Tog‗ay Murod o‗ziga xos ovozi bilan ajralish
turadi.
Tog‗ay Murod jahon adabiyoti durdonalarini o‗qib –
o‗rganib milliy adabiyotimiz an‘analarida shaklanib ildiz
otgan zabardast yozuvchilar. Yozuvchi ijodida umumbashariy
adabiyotga xos bo‗lgan talqin o‗zbek milliy ruhi bilan
uyg‗unlashtirib yuborilganining shohidi bo‗lar ekanmiz,
nazarimizda bunday uslub go‗yo faqat o‗zbeklarga yoki faqat
Tog‗ay Murod qalamigagina mansubdek tuyuladi. Yozuvchi
qalamga olgan har bir voqea, obraz orqasida millat taqdiri,
oddiy xalq qiyofasi jonlanadi.
G‗oyaviy pishiq, betakror qissalari bilan 80-yillar o‗zbek
nasfi rivojiga katta hissa qo‗shgan Tog‗ay Murod o‗z ijodida
romanga xos tafakkurni shakillantirdi va o‗ziga xos uslubda
―Otamdan qolgan dalalar‖ romanini yaratdi.
Bo‗ri polvon, Ziyodulla chavandoz, Qoplon bobo,
Oymomo kabi ko‗p qiralli go‗zal obrazlarni yaratib qalami
120
charxlangan Tog‗ay Murod ―Otamdan qolgan dalalar‖
romanidan o‗zbek dehqonining tipik obrazini yaratdi. O‗zbek
millatining taqdiri, o‗tmish va kelajagi Dehqonqul obra zi
timsolida badiy jonlantirilgan bo‗lib, talqin sodda, baxshiyona
uslubning qo‗llanilishi romandagi obrazlilikni oshiradi va xalq
tilining rang –rang nozik qirralarini ochib berishga xizmat
qiladi.
Tog‗ay Murod avvalgi qissalarida davlat olib borgan
mafkuraviy siyosatning ayrim salbiy oqibatlari, turg‗unlik
davrida avj olgan buzuqlik va munofiqlikni qalamga olgan
bo‗lsa (―Yulduzlar mangu yonadi‖da raisning inahs yo‗lga
kirishi, ―Ot kishnagan oqshom ‖da zotdor otlarning
go‗shtgatopshirilishi, ―Oydinda yurgan odamlar ‖da kotib
olamdan o‗tgan odamlarning nafaqasini olishi va h.k.). ―Otam
dan qolgan dalalar‖ romanidan sobiq sho‗rolar tuzimi
tomonidan olib borilgan mustamlakachilik siyosatining
illatlari, milliy ozodlik kurashining parokandalikka uchrash sa
bablari, paxta yakkahokimligining oqibatlari, milatning
qatag‗on qilinishi o‗zbek xalqi taqdiri misolida ochib beradi.
―Otamdan qolgan dalalar‖ asari zamonaviy roianga xos
xususiyatlarni o‗zida mujassamlashtirgan bo‗lib, yangi o‗zbek
romani mezonlarini ham birmuncha oydinlashtirdi.
Tog‗ay murod qahramonlari zaminni, zilol suvlarni
jannatmakon bog‗ – rog‗larni yaratgan egamning tuhfasi suyub
ardoqlagan, qadrlagan oddiy odamlar bo‗lib, ular har bir
qarich yerga mehrini beradi, bolasiday avylab asraydi, padari
buzrukvoriday, volidan mutaramasiday e‘zozlaydi. Romanda
tasvirlangan Jamoliddin ketmon yurt no tinch langa ch,
sharqona an ‗a na lar ning ye vropacha ma‘naviy –ru xiy mu
xit bi lan al mash tiri li shi ga, ma vjud tar tib larga putur ye
121
tishiga befarq qarab tu ra o lma y di. Fvrg‗o nadan Denovga
ko‗ chib ke tadi . ja mo li ddin dagi go‗ zallik mehna t kash
likda, so dda d i llikda , xudojo‗ylikda, dunyo voqealariga
bee‘ tiborlik da, taqdir ga ri z o lik da ko‗ rinadi. Biroq shu
mo‗ min chol zo limdan necho g‗ lik nafrat lan masing, un
dan yir oqroq yurish ga ur unmasin, noi lojlik dan pi choqni
qinidan sug‗u rish ga cha bo rib ye ta di.
Yosh ligidan oq Chor xu kumati siyosvtidan qoni q
may, zo‗rayib bo ra yot gan mi li tari zmdan nafrat lanish ruhi
da o‗ s gan to‗ n g‗i ch o‗g‗il Aqrab o‗z-o‗zi ni ich ki bir
tuyg‗u bilan bo s qin chi lar to‗ dasi dan qa sos o lish ga
chog‗lay di. ―Bo tar tunning o tar tonggi bo‗ ladi‖, - deb bil
gani bois yurt ni yo g‗iy b osi b yot gani da muqaddas zamin,
din diyo natni asr ash adolatni t iklashdek oliy maqsad lar yo‗
lida ku rash ga ki radi. Aq rab qo‗rboshi ba‘ za n ex tiroslar
ga beriladi. Bunday dam larda u xayot dagi no rasoliklar,
xalqi boshiga bo sqin si lar tomoni dan yog‗ diril gan balolar
ollo x ning iro dasi bi lan gi na sodir i e til ganiga ish on g isi
kelmaydi. ―Xudo dan-da o‗tdi, bandadan – da o‗tdi ‖- qabilida
fikrlagan qahramon ko‗p o‗tmay, No‗g‗ay Chanishevga qarata:
―Ayb senda-da bo‗lmadi, ayb menda-da bo‗lmadi. Bari
xudodan bo‗ldi‖- deya taqdirga tan berishga majbur bo‗ladi.
Darhaqiqat, mo‗min-musilmon Sharq odami hamisha taqdir
kishisidir. Aqrab ham itoatkor muslim. Shunga qaramasdan,
so‗zsiz, harakatsiz, taqdir xukimga bosh egib ketaveruvchi
qo‗yday yuvvosh ham emas. U ko‗ksi baland, g‗ururi yuksak
o‗zbek o‗g‗loni. Aqrab qo‗rboshi bor haqiqatni mardona tan ola
biladi. U o‗z o‗ligining-da beqadr bo‗lishini, begona yerlarda
qolib ketishini istamaydi. Aqrabdagi jur‘at, jasorat,
vatanparvarlik, g‗urur o‗zini ajabtour jasur deb bilgan , o‗ziga
122
bino qo‗ygan polkovnikni ham shoshirib qo‗yadi. Polkovnik
Chanishevdagi bu mulzamlik roman salmog‗i va ta‘sir kuchini
yanada oshirib yuboradi.
Qo‗rquv va hadiksirash ruhida, og‗ir mehnat ostida o‗sgan,
bolaligi o‗g‗irlangan Dehqonqul qalbida ham tizginsiz nafrat
mujassam. Ma‘naviy – marifiy inqirozning yangi davrdagi
qurboniga aylangan avlod fojeasi ulardagi shijoatning
so‗ndirilishi, itoatkorlikning teranlashuviga borib taqaladi.
Itoatkorlikka qo‗rkitish orqali erishiladi. Ziyod Cho‗liboyev kabi
yoshlar xudbinlik va loqaydlik, milliy qiyofasizlikning qurboni
bo‗ladilar. So‗z va ijro birligiga amal qilmaydigan Mavlonov,
firqa ishiga sadoqatli bo‗lishga intilgan maktab direktori, fizika,
geografiya, adabiyot muallimlari Chingiz Aytmatov ta‘kidlagan
―manqurt‖ lashgan: mehr-muruvvatdan, insoniy his-
tuyg‗ulardan, o‗y-fikr va andishadan yiroq kimsalardir. Ular
xatto g‗amli kunda bir mo‗min o‗z dindoshiga qanday tasalli
berish kerakligini-da bilishmaydi, balki buni unutishadi,
qo‗rquv ularni vijdonan cho‗ltoq qilib qo‗ygan.
Tog‗ay Murod talqinidagi inson o‗zligining yo‗qolishida,
e‘tiqodi asoslarining chok-chokidan so‗kilishida paxta yakka
xokimligi yetakchi sabablardan biridir. Xalol mehnati bilan
ilg‗or brigadir darajasiga ko‗tarilgan Dehqonqul tuhmat balosiga
uchrab, bir yildan ortiq xo‗rliklar ko‗rgach sakkiz yilga
qamaladi. O‗sha og‗ir kunlarda qahramon ayanchli hayotining
sabab va mohiyatini izlab, o‗ziga, kechmishiga baho beradi. Bu
o‗rinda adib qahramonni o‗z-o‗zini ruhiy badiiy tahlil etish
usulidan nihoyatda unumli foydalanadi. Kelajakka ishonch,
yorug‗ kunlarga umid tuyg‗ulari bilan romanga nuqta qo‗yiladi.
Muallif ko‗proq e‘tiborini insonning real hayotiga, tajribalardan
123
so‗ng yetib kelgan hayotiy xulosalariga, yaratuvchanlik,
bunyodkorlik faoliyatiga qaratadi.
―Bu dunyoda o‗lib bo‗lmaydi‖ romanida esa T. Murod
Esonov (Botir firqa) ni o‗liklar va tiriklar diori o‗rtasiga qo‗yib,
o‗zining so‗nggi manziliga hozirlik ko‗rayotgan vaziyatda
tasvirlaydi. Vijdon qarshisida tanho qolgan qahramon nafaqat
o‗z- o‗zining, balki butun bir avlodning hayot yo‗lini xayolidan
o‗tkazadi, idrok etadi, tahlil qiladi. Iymon musaffoligi, e‘tiqod
teranligi, insoniy samimiyat, yaratish va bunyod etish baxti,
umuman, insoniy qadriyat va inson qadri masalalariga teran
nigoh tashlaydi. Botir firqa ham ma‘naviy ruxiy poklanish
umididagi inson. Yorug‗ olamdan ketar chog‗ida qanday g‗oya
uchun yashagani, butun hayoti, kuch - quvvatiyu iqtidorini
nimaga bag‗ishlaganligini muhokama qilar ekan, alal –oqibat
o‗zini qanday poklanishni bilmagan, adashgan avlod vakili deb
bilaadi. Adib uning qiyofasida adashgan avlod simosini
gavdalantirishga muvaffaq bo‗ladi.
Muallif insoniyatga cheksiz mehr bilan boqadi. Hayot
go‗zalligigi, yashash zavqini, yaratuvchanlik shkuxini, insoniy
mehr-oqibatni, e‘tiqodga sadoqatni ulug‗laydi. Yozuvchininng
bosh poetik niyati mute‘ylik va tobelik falsafasining paydo
bo‗lish sabablarini teran tahlil etishga qaratiladi. Natijada,
zaminga muhabbat qadriyatlarga sadoqat, iroda, bardosh
tuyg‗ularining e‘zozlanishi yanada kuchliroq ahamiyat kasb
etadi.
XX asrning oxirgi 20yilligidagi o‗zbek badiiy prozasi
favqulodda o‗ziga xos va original hodisa ekanligi bilan ajralib
turadi.Undagi yangiliklar dastavval badiiy nutq shakllarining
rang-barangligida ko‗rinadi.Xalq jonli so‗zlashuv tilining mo‗l-
ko‗l qo‗llanilishi, muallif va personaj ovozlarining o‗zaro
124
chatishuvi,
polifonik(ko‗p
ovozli)nutqning
o‗ziga
xos
ko‗rinishlari hamda ohanglar rang-barangligi bu davr
prozasining asosiy belgilariga aylandi.Yozuvchining tilga
munosabati o‗zgarayotganligi tufayli badiiy tasvirda jiddiy
ijobiy siljishlar ro‗y berdi, asarda til, nutq muammosi oldingi
o‗riga chiqdi.Zero, nutqda adibning o‗ziga xos uslubi,
materialdan foydalanish mahorati, uni ma‘lum shaklga sola
bilish qobiliyati ochiq namoyon bo‗ladi.Endilikda so‗zga faqat
tadqiqot sifatidagina emas, balki voqyelikni vujudga keltiruvchi,
uni tushunarli bayon qiluvchi, badiiy asar imoratini bunyod
etuvchi qurilish materiali sifatida qarash istagi ham paydo
bo‗ldi.
Hozirgi zamon nasri nutqi poeziya bilan yaqinlashdi (bu
usul, ayniqsa, Tog‗ay Murod ijodida yaqqol ko‗rinadi), ayni
chog‗da, folklorlarga xos ko‗p ma‘nonilik, xalq qo‗shiqlari
ohanglaridan foydalanish kuchaydi.Yozuvchilarimiz endilikda
nasriy asarlariga ongli ravishda she‘riyatga xos tamoyillar-ritm,
turoq, vazn va lirik takrorlarni ham kiritmoqdalar(bu usul Omon
Muxtor ijodida ko‗p uchraydi).Ho‗zirgi adabiy jarayonda ritm
prozaik nutqning eng muhim stixiyasi bo‗lib qoldi.Shu bilan
birga, rivoyat, afsona va miflardan unumli foydalanilyapti.
O‗zbek nasri olamga yuz tutdi, dunyo tafakkuridan oziqlana
boshladi, jahon adabiyoti bilan bellasha oladigan asarlar paydo
bo‗ldi.Men A.Muxtorning ―Chinor‖.O‗.Hoshimovning ―Ikki
eshik orasi‖, M.Do‗stning ―Lolazor‖, O.Muxtorning ―Ko‗zgu
oldidagi odam‖, ‖Tepalikdagi xaroba‖ kabi asarlarini bemalol
dunyo xazinasidan o‗rin oladigan durdonalar qatoriga qo‗shgim
keladi. Chunki bu yozuvchilarning asarlarida so‗zning o‗zi
gapiradi, turli ohanglarda kuylaydi, rang-barang bo‗yoqlar bilan
jilvalanadi, bayon kitobiylikdan mutlaqo xoli.
125
Istiqlol
davri
adabiyotining
nutqiy
jarayonlarini
quyidagichatasnif
etish
va
o‗rganish
maqsadga
muvofiq:1)monologik
qissaxonlik
uslubi;
2)ikki
ovozli
hikoyanavislik
uslubi;3)ko‗povozli(polifonik)bayonchilik
uslubi;4)ohangning har xilligi – patetik, oratorlik, qo‗shiq,
deklamasiya uslubi;5)iboralarning qurilishi jihatidan – kesik,
zarbli, yoyiq va ritmik uslub;6)leksik jihatdan arxaizm va
neologizm bilan to‗yingan avtor nutqi uslubi va hokazo.
M.Do‗stning ―Lolazor‖romanida hikoya qilishning yangicha
shakllariga duch kelamiz.Unda birato‗la uchta hikoyachi
namoyon bo‗ladi:muallif, Nazar Yaxshiboyev va Saidqul
Mardon.Agar ularning roman voqealarini bayon qilish nuqtai
nazaridan tutgan mavqyeini belgilaydigan bo‗lsak, qissanavis
Saidqul Mardon birinchi o‗ringa chiqadi.Chunki uning bayoniga
muallif mutlaqo aralashmaydi.Zero, Saidqul Mardon ham xuddi
M.Do‗st singari yozuvchi va u romanda mustaqil fikrlash,
munosabat bildirish, muhokama qilish huquqiga ega.Buning
ustiga, yozuvchi o‗zi hikoya qilayotgan voqea-hodisalarning
bevosita guvohi ham.
Romanda ikkinchi hikoyachi –Nazar Yaxshiboyev.Asarning
―Bemor‖deb nomlangan yetti bobida Nazar Yaxshiboyev
o‗quvchiga o‗zini o‗zi tanishtiradi, uning ong oqimi
beriladi.To‗g‗ri, Nazar Yaxshiboyevning ana shu o‗ylari orasiga
ba‘zan izohlovchi, sharhlovchi sifatida muallif ham kirib
keladi.Nazar Yaxshiboyev bemor bo‗lganligidan vaqti bemalol,
shuning uchun ko‗p xotiraga beriladi, o‗xzgalar bilan
suhbatlashadi.Bularning barchasida u o‗zini baholaydi, taftish
qiladi, munosabat bildiradi.
―Lolazor‖da badiiy nutqning retrospektiv shaklidan ham
unumli foydalanilgan.Asarda aks ettirilgan real vaqt Saidqul
126
Mardon nutqida ma‘lum uzluksizlikka, qat‘iy chegaraga ega
bo‗lsa ham Nazar Yaxshiboyev o‗ylarida u ko‗pincha cheklanib
qoladi.Ya‘ni voqealar tasvirlanayotgan vaqtning ko‗lami bilan
doim ham mos kelavermaydi.Shu sababdan bayonning
uzluksizligi ―buzilib‖, ayni paytda retrospektiv bayon roli
oshadi.Retrospektiv bayonda xotiradagi voqealar qahramon
ongidan qalqib chiqib, ayni paytdagi hodisalar bilan
assosiasiyaga kirishadi, ular o‗rtasida ichki bog‗liqlik vujudga
keladi.Retrospektiv bayonda muallif kichik bir maydonda ko‗p
yillik voqealarni personaj xarakterining rivojlanishi bilan
bog‗liq suratda markazlashtiradi.
Lekin asarga retrospektiv bayonni haddan ziyod kiritish
unda ifodalanayotgan voqyelik va harakatlar izchilligini buzishi,
bayonda‖zigzag‖shaklini
vujudga
keltirish
ham
mumkin.‖Bemor‖boblarida xuddi shunday holat ko‗zga
tashlanadi.Nazar Yaxshiboyev hozirgina suhbatlashib o‗tirgan
xotini, o‗g‗li yoki biror shogirdi qolib, uzoq o‗tmish xotirasiga
beriladi.Bunday xotiraga berilish jarayoni uzoq vaqtga
cho‗ziladi va natijada suhbatdosh Nazar Yaxshiboyevning ham,
yozuvchining ham, o‗qituvchining ham esidan chiqadi.Albatta,
bunda yozuvchi retrospektiv bayon bilan perspektiv bayon
o‗rtasidagi me‘yorni buzmaslikka, ular o‗rtasidagi ichki
bog‗liqlikni ta‘minlashga alohida e‘tibor beradi.Lekin ayrim
boblarda xotiraga asoslangan bayon bilan ayni paytdagi voqea
bayoni o‗rtasida biroz uzilish ro‗y berganligi seziladi.Bu
kamchilikni qissanavis Saidqul Mardon hikoyasi to‗ldirib ketadi.
Har qanday badiiy asarda badiiy zamon talqini yetakchilik
qiladi va asar kompozisiyasidan o‗rin oladi. Shuning uchun
badiiy asarda zamonni aks ettirish o‗sha davr muhitini, tarixiy
sharoitini, obrazlar tizimini, badiiy xarakter va ruhiyatni
127
haqqoniy talqin etish uchun asos bo‗ladi. Zamonni yoritish
yozuvchidan davr muhitini, tarixiy shaxslar siymosini haqqoniy
aks ettirish uchun tarixiy faktlarga ma‘lum darajada asoslanib,
ularning badiiy siymosini aks ettirishni talab etadi.
Xulosa qilib aytganda, badiiy talqinda makon va zamon
talqini tarixiy shaxs obrazlarini badiiy tadqiq etish uchun asosiy
vosita bo‗lib xizmat qiladi. Davrning murakkab voqyealarini,
inson ruhiyatidagi kechinmalarni yuzaga chiqargan. Ayniqsa,
xarakter badiiyati, muhit va jamiyat o‗rtasidagi ziddiyatlarni,
shaxsning psixologik murakkabliklarini davr nuqtai nazaridan
talqin etishga asos bo‗lgan. Shu ma‘noda, tasvir xronotopi Odil
Ëqubov romanlari poetikasida muhim o‗rin tutadi. Badiiy
makon va zamon yaxlitligi aslida ifoda yig‗iqligini ta‘minlab,
adabiy talqinni batafsillik va bir xillikdan muhofaza etadi.
Binobarin, ijodiy uslub takomilida badiiy muhokama rang-
barangligi muayyan o‗rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: |