10-MAVZU
BADIIY PUBLITSISTIK JANRLAR TARAQQIYOTI
REJA:
1.Jamiyat ma‘naviy taraqqiyotida publisistika va adabiy
tanqidning o‗rni.
2.Bugungi o‗zbek publisistikasida yoritilayotgan ijtimoiy-
siyosiy va ma‘naviy muammolar.
3.Bugungi adabiy jarayonda suhbat janri, turlari va
taraqqiyoti.
4.Maqola janri va mavzu ko‗lami.
5.Esse janri va uning o‗ziga xosligi.
6.Ocherk janri va adabiy jarayon.
Tayanch iboralar:
Publisistika, publisistik maqolalar,
ocherk, pamflet, murojaatnoma, felyeton, janrlar taraqqiyoti.
Pamflet - biror ijtimoiy tuzum voqyeligi yoki siyosiy
partiya faoliyati, programmasi, kamchiligi ustidan o‗tkir hajv
orqali kuluvchi kichik satirik adabiy asar.
Istiqlol davri o‗zbek publisistikasining diqqat markazida
zamon va zamondoshimiz hayoti, intilish kurashlari bilan
bog‗liq dolzarb ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy hamda maishiy
muammolar ko‗ndalang turdi. Bu davr publisistikasida bozor
iqtisodiga o‗tish masalalari bilan bog‗liq muammolarni yoritish;
xalqimiz hayotidagina emas, balki butun jamiyatda qonun
ustuvorligiga erishish yo‗lidagi kamchiliklarni, «soyalarni» fosh
qilish; ekologiya masalalarini dadil ko‗tarib chiqish; jamiyatning
ma‘naviy hayotini sog‗lomlashtirish bilan bog‗liq qator
muammolarni tahlil qilish; insonning ruhiy, jismoniy va
ma‘naviy sog‗lomligi uchun kurash ruhini ifodalash; diniy
oqimlarga munosabat masalasini teran tahlil qilish yetakchilik
qiladi.
146
Yoqubjon Xo‗jamberdiyev, Murod Abdullayev, Jumaniyoz
Meliqulov, Karim Bahriyev, Abdunabi Haydarov singari qator
ijodkorlar o‗zlarining o‗tkir publisistik ruhdagi maqolalari bilan
jamiyatimiz ravnaqiga to‗siq bo‗layotgan illatlarni yo‗qotishga
qaratilgan fikr-mulohazalarini ilgari surganliklarini kuzatish
mumkin.
Xususan, Murod Abdullayevning «Ulug‗ Temurga alla
aytgan yurt» (2006 yil, 3 noyabr. 2-bet, 44-son // O‗zAS)
navqiron o‗zbekning ham ko‗hna ham durdona shaharlaridan
biri – Nasaf shahrining 27 yillik to‗yi munosabati bilan yozilgan
bu maqolada obod, me‘moriy obidalarga boy shahar misolida
respublikada amalga oshirilgan buyuk bunyodkorlik ishlari
yoritilgan.
Sherali Turdiyevning «Qutbiddin domla qismati» (2006
yil, 3 noyabr//O‗zAS) ta‘qib va quvg‗inlar ostida yashagan
urgutlik ulamo va olim Qutbiddin domla Muhiddinovning hayoti
va faoliyatiga oid qiziqarli mulohazalar, faktik ma‘lumotlar
berilgan;
U.Normatovning «Bir asar tarixi» rukni ostidagi
maqolasida A.Qahhorning «Yoshlar bilan suhbat» asari bilan
bog‗liq voqealar, adibning «ko‗rguliklari» haqidagi xotiralari
yozilgan.
Istiqlol davri o‗zbek publisistikasi karvonboshlaridan biri
M.Abdullayev hisoblanadi. Uning rang-barang mavzudagi
publisistik maqolalari janr ravnaqiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatdi,
deyish mumkin. Uning «Dehqonboy boy bo‗lsa...» (2006 yil,
17-noyabr.
2-bet,
46-son//O‗zAS)
maqolasida Zangiota
tumanidagi «Turkiston» jamoa xo‗jaligi hududidagi xitoylik
mutaxassislar
bilan
hamkorlikda
qurilgan
uch
gektar
maydondagi
issiqxonalarda
yetishtirilgan
bodring,
147
pomidorlardan tashqari Xitoydan keltirilgan nok, olma daraxtlar
ham o‗stirilayotganligi haqidagi kuzatishlari yoritilgan bo‗lib,
ilg‗or texnologiyalar asosida unumdorlikka intilgan xo‗jalik
a‘zolarining samarali mehnati, izlanishlari ostida ezgu niyat:
dehqoni boy yurtning xalqini farovon etish maqsadi yotganligi
ochib berilgan. Maqolada minimal texnologiyalar va ixcham
uskunalarni foydalanish orqali yuksak samaradorlikka erishish –
elimizni farovon etish ekanligi ezgu tilak bilan mehnat
qilayotgan zamondoshlarimiz timsolida yoritilgan. Jurnalist
«Xavfni bartaraf etish mumkinmi?» nomli maqolasida Sarez
ko‗li bilan bog‗liq ekologik muammoga jamoatchilik e‘tiborini
qaratgan. Bu ko‗l Amudaryoning quyi qismida joylashgan
bo‗lib, shu hududdagi shaharlar va 5 mln. dan ortiq aholi uchun
katta xavf tug‗dirayotganligi; ko‗lning suv hajmi ortib
borayotganligi natijasida qator ekologik muammolar yuzaga
kelganligi; ko‗l suvini bosqichma-bosqich Bartang daryosiga
oqizish muammolari haqidagi muallif qarashlari mintaqamizdagi
ekologik muammolar butun sayyoramizga daxldor hayot-mamot
masalalariga bog‗lanib ketishini kuyinish bilan yoritgan.
Darhaqiqat, bugungi ekologik muammolar faqat ayrim davlatlar
yoki mintaqalarga daxldor bo‗lmay, yer kurrasi va undagi
insoniyat hayotiga tegishli masalalardir. Ko‗lning qurishi
oqibatida insoniyat boshiga tushgan falokatlarni Orol ko‗li
misolida eslashimiz mumkin. Tabiatning tabiiy muvozanatiga
daxl yetsa, inson boshiga ham mislsiz falokatlar yog‗ilishini
Mirzacho‗lning «o‗zlashtirilishi» oqibatlaridan ham ko‗rdik.
Jurnalist M.Abdullayev o‗zining o‗tkir problematik maqolalari
bilan o‗zbek publisistikasiga xos grajdanlik ruhini yanada
chuqurlashtirishga erishayotir.
148
«O‗zbekiston adabiyoti va san‘ati» gazetasining bosh
muharriri Ahmadjon Meliboyev gazetaning 2006 yil 24
noyabrdagi «Yo‗l madaniyati» nomli maqolasida respublikamiz
viloyatlari va poytaxtimizdagi yo‗llarning ravonligini ta‘minlash
uchun olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida to‗xtalib,
zamonaviy shaharlarni tutashtiruvchi zamonaviy yo‗llar yo‗l
madaniyatini egallagan zamonaviy qiyofadagi aholi uchun
ekanligini ta‘kidlaydi. Afsuski, xalqimiz orasida yo‗l
madaniyatini egallamagan odamlar ham uchrab turadi. Bu
holatni zamonaviy transportlar o‗rindiqlaridagi xilma-xil
yozuvlar, avtobus salonlaridagi beo‗xshov chiziqlar, axlat
qoldiqlaridan kuzatish mumkin. Xo‗sh, bunday buzg‗unchilikni
kim qilayapti? Xalqimiz va davlatimizning zamonaviy shaharlar
va yo‗llar bunyod etish borasidagi orzu-umidlarini, sarf-
harajatlarini ayni shu shaharlarda yashayotgan hamshaharlarimiz
yakson etayotirlar. Bu achinarli va foje holatni oldini olish
uchun barchamizda yo‗l madaniyatidan tashqari ma‘naviy
madaniyat shakllangan bo‗lishi zarur.
Jurnalist Jumaniyoz Meliqulov o‗zining «Importlashayotgan
ong yoxud globallashayotgan dunyo muammolari» nomli
maqolasida respublikamizga xilma-xil vositalar orqali dunyo
madaniyatining kirib kelayotganligini yoritgan. Muallif ilg‗or
ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar, g‗oyalar va qarashlar bilan
birga jamiyatimizga milliy zamindan uzoq bo‗lgan zararli axloq
«eksport» qilinayotganligidan kuyunib fikr yuritadi. Xilma-xil
televizion seriallar yoki adabiyotlar orqali millatimizga yot
bo‗lgan
axloqiy
qarashlarning
keng
yoyilayotganligi
tashvishlanarli holdir. Bugungi kunda O‗zbekistonni o‗ziga xos
va o‗ziga mos taraqqiyot yo‗lidan dadil bormog‗i uchun g‗arazli
eksportlardan millat ongu tafakkurini isloh qilish lozimligi, har
149
bir inson qalbining ezguliklarga yo‗g‗rilishida yuzaki taqlid
emas, qalbning islohga yuz tutishi muhim ekanligi ro‗y-rost
yoritilgan. Bunday maqolalar bugungi o‗zbek publisistikasining
taraqqiyot xususiyatlarini belgilab berdi, deyishga xaqlimiz.
Publisistika janri ham barcha adabiy janrlar qatori hayotimizni
rang-barang jihatlardan tadqiq etib, taraqqiyotimizga yo‗l
ochuvchi salmoqli fikr-mulohazalarni ilgari surayotganligi bilan
diqqatga sazovor.
O‗zbek
publisistikasi
tarixining
boshlanishi
ba‘zi
tadqiqotlarda o‗zbek tilida matbuot paydo bo‗lgan vaqtdan -
1870
yilda
«Turkiston
viloyatining
gazeti»
chiqa
boshlaganidan hisoblanadi. Darhaqiqat, qator matbuotning
paydo bo‗lishi bilan bog‗liqdir.
Inson tafakkurining o‗ziga xos ifodalanish usullaridan biri
publisistikadir. Publisistikaning bosh xususiyati - fikr-
tushunchani mantiqiy muhokamalar tarzidan ifodalashdan
iboratdir.
Bundan ko‗rinyaptiki, publisistika hayot, jamiyat, tuzumda
ro‗y bergan, berayotgan, shuningdek, o‗z davlati va jahon
siyosati, mafkurasi mohiyatini anglash, anglatishda juda
samarali xizmat qilgan hamda qilib kelmoqda. Istiqloldan keyin
publisistika oldida juda katta masala ko‗ndalang bo‗ldi. Bu щam
bo‗lsa mustaqillik moщiyatini anglatish va murakkab bozor
iqtisodi yo‗liga o‗tish davridagi murakkabliklarni aql-zakovat
bilan hal qilishdir. Ma‘lumki, xatoliklarni, kamchiliklarni esa
o‗tmish tajribalarini ijodiy o‗zlashtirmasdan bartaraf qilib
bo‗lmaydi. O‗z-o‗zidan aniqki, bunga erishishda badiiy
publisistikaning roli kattadir. Bugungi publisistikada quyidagi
masalalar yoritilmoqda:
Dostları ilə paylaş: |